Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti
“Turizm va mexmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani ‒ iqtisodiyot fanlarining tarkibiy qismi va bilimlar sohasi
Download 49.9 Kb.
|
1-maruza
3.“Turizm va mexmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani ‒ iqtisodiyot fanlarining tarkibiy qismi va bilimlar sohasi. Fan tadqiqotlar faoliyati sohasining asosiy maqsadi tabiat, jamiyat va fikrlash to‘g‘risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Fan yordamisiz, atrofimizni o‘rab turgan dunyo to‘g‘risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Ilmiy o‘rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o‘zaro aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani aholi uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy iqtisodiy va ma’muriy xo‘jalik mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obyektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga, shuningdek, turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi bo‘lsada, mustaqil bilimlar sohasi hisoblanadi. Hozirgi kunda xizmat ko‘rsatuvchi korxona iqtisodiyotiga bo‘lgan qiziqish sezilarli ravishda o‘sgan. Gap shundaki, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi xizmat ko‘rsatish korxonalari bevosita xizmatlar iste’molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatuvchi korxona bu – avvalo mehnat jamoasi, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axloq normalari shakllanadi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, “Korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog‘liq bo‘ladi?”, “Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog‘liq?”, “Xizmatlar taklif etuvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlashi kerak?”, “Xizmatni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; xizmatlar sur’atini qanday oshirish mumkin?”, “Raqobatchilik kurashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?”, “Xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo‘lishi lozim?” va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir xizmatni qachon, qayerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu va shunga o‘xshash savollarga javob topishni amaliyotda xato va sinovlar usuli asosida amalga oshirish, hozirgi paytda nafaqat korxona uchun, balki butun jamiyat uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bunda korxonalarning bankrotga uchrashi va tugatilishi, xizmatlar sifatining pastligi va hokazolar guvohlik berishi mumkin. Xuddi shu qatorga to‘lovlarning amalga oshirilmasligi, muddati o‘tib ketgan qarzlar va korxonalar faoliyatidagi boshqa iqtisodiy kamchiliklarni ham kiritish mumkin. Bularning barchasiga asosiy sabab esa korxona rahbarlarning xo‘jalik yuritish usullarini bilmasliklaridir. Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. “Iqtisodiyot” atamasi qadimgi Gretsiyada: “oykos” – uy, xo‘jalik va “nomos” – qonun so‘zlarining birikmasi sifatida vujudga kelgan. Ushbu atamaning to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi uy xo‘jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani bilimlarning mustaqil sohasi va iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko‘proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan xizmatlardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitlarda xo‘jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o‘rinda har bir korxona yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko‘rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to‘g‘ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishida o‘z hissasini qo‘shishi, uchinchidan esa, iqtisodiyotningg har bir bo‘g‘inida yuqori samara va sifat ko‘rsatkichlariga erishish masalasi qo‘yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko‘nikmalarni, mablag‘ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda aholi turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalariga katta talablar qo‘ymoqda. Bir tomondan fantexnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning biznes-rejasini ishlab chiqarishga qodir, investitsion va boshqa xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Mashhur iborada aytilishicha “daraxtlarning ortida o‘rmonni ko‘ra olish zarur.” Malakali mutaxassis turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq?; qanday yo‘l bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko‘tarish mumkin?; korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to‘lash kerak?; ishlab chiqariluvchi xizmat (tovar)ga bo‘lgan talabni qay tarzda oshirish mumkin?; korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish mumkin? kabi savollarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob bera olishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, gap nazariy bilimlarning amaliy tajriba va ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashuvi, yosh mutaxassisning turli xo‘jalik sharoitlarida tez, to‘g‘ri va aniq qaror qabul qilishi haqida bormoqda. Faqat shu qobiliyatlarga ega bo‘lgan mutaxassisgina tezda jamiyatda o‘z o‘rnini topib, xizmat pillapoyasida olg‘a qadam tashlashi va yuqori lavozimlar sari harakatini boshlashi mumkin.
Download 49.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling