Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti
“Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fanining predmeti va o‘rganish usullari
Download 49.9 Kb.
|
1-maruza
4. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fanining predmeti va o‘rganish usullari. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fani xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o‘rinda o‘rganish funksiyasini bajaradi. Uning xizmatlar ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to‘lash va rag‘batlantirishning boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar 14 miqdori va bahoni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlarni o‘rganishi va izohlashi mo‘ljallangan. Bunda gap qandaydir omillarni oddiy tarzda konstatatsiya qilish haqidagina emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining mohiyatini anglash, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo‘llarini tanlash, baholash va tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va modellashtirish haqida ham boradi. Mazkur fanning tadqiqotlari obyekti turli mulk shaklidagi mikrofirma, kichik va yirik korxonalar hisoblanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan korxonalar “yelkasi” ga yuklatilmoqda. Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlashgan hamda samarali boshqaruv - menejment qo‘llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan xizmatlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad(foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Fanning predmeti turistik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini, shuningdek, ularning xizmatlar ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati samaradorligini reurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo‘llarini aniqlash bilan ifodalanadi. Turizm va mehmonxona xo‘jaligi iqtisodiyotining predmeti iste’molchi talabini qondirish uchun mo‘ljalangan turistik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan va rivojlanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
( bozor munosabatlarida korxonaning roli, o‘rni va hattiharakatlari hamda davlat idoralari bilan o‘zaro aloqalari; ( korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmi; ( ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish; ( korxonaning innovatsion va investitsion faoliyati; ( resurs korxonaning salohiyati va resurslardan foydalanish; ( xizmat ko‘rsatish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish; ( korxonaning tijorat sirlari va iqtisodiy xavfsizligi. Yuqoridagi va boshqa savollar o‘zgaruvchanlik dinamika asosida o‘rganilib, zamonaviy korxonalarni boshqarishning turli shakl va usullari vujudga kelishi va yo‘qolib ketishining tarixiy sabablari aniqlanadi. Bunday muayyan tarixiy yondashuv ushbu fanni o‘rganishning muhim metodologik holatlaridan biri hisoblanadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to‘ldirib va mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida vujudga keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo‘shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarini talab qiladi. Shu sababli olingan axborotlar, o‘rganilgan formula, atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to‘ldirib, fan va xo‘jalik amaliyotining so‘nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina amaliyotda qo‘llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi mumkin. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqbolli xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o‘rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning asoslari ishlab chiqiladi. “Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti” korxonalar faoliyati va butun milliy iqtisodiyot rivojlanishining miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlaridan ajralmagan holda o‘rganuvchi “Statistika” bilan, shuningdek, istiqboldagi xizmatlarni ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bir qator iqtisodiy fanlar bilan ham bog‘liq. Gap shundaki, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o‘rganishning iloji yo‘q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o‘zgarishlar nafaqat xizmat ko‘rsatish xususiyatlarida, balki ularni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish hamda xizmatlarning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o‘rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas. Xorijiy mamlakatlar amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko‘pchiligi menedjerlar va boshqa xodimlarning yuqori kasb malakasi va o‘z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo‘lmoqda. Shu sababli xizmat ko‘rsatish korxonalari iqtisodiyotini yaxshi bilishning o‘zi kamlik qilib, bo‘lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va uning milliy iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishini shakllantiruvchi boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti ikki darajaga ega: ( ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning tarmoqlararo kompleksi sifatidagi turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti; ( xo‘jalik yurituvchi subyekt-iqtisodiyoti (turistik va mehmonxona xo‘jaligi, korxona). Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti ilmiy fan hisoblanadi. U turizm va mehmonxona xo‘jaligi faoliyatida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiqot qiladi. Shuningdek, bu fan turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish, shakllantirish, ayirboshlash va iste’mol qilishda ro‘y beradigan jarayonlar va holatlarni ham o‘rganadi. Turistik va mehmonxona xo‘jaligi mahsuloti quyidagi bosqichlardan o‘tadi: ( ishlab chiqarish; ( shakllantirish; ( sotish; ( iste’mol qilish. Turistik va mehmonxona xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish turistik va mehmonxona xo‘jaligi industriyasi tomonidan shakllantiriladi. Turistik va mehmonxona xo‘jaligi faoliyati ko‘pchilik holatlarda davlatning umumiy holati va rivojlanishi, siyosiy holat, xavfsizlik masalalari, yakka iste’molchilarning axborot bilan ta’minlanishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu omillarning har biri turistik korxonaning moliyaviy barqarorligiga muhim ta’sir ko‘rsatishi (turistik oqimlarni kamaytirishi) mumkin. Turistik mahsulotni shakllantirish va uni turistik bozorda kelgusida sotish qiyin jarayon hisoblanadi. Har bir alohida turistik xizmat o‘z o‘zidan turistning barcha ehtiyojlarini qondira olmaydi. Bunday holatda turli turistik xizmatlarni yagona kompleksga kooperatsiyalashtirishning obyektiv zaruriyati vujudga keladi. Turistik mahsulot harakatidagi yakunlovchi bo‘g‘in – bu turistik mahsulot iste’molidir. Bu jarayon o‘z xususiyatlariga ega. Ma’lumki, moddiy ne’matlar − ishlab chiqarilgan joyidan bir qancha masofani bosib o‘z iste’molchisiga (iste’mol joyiga) yetkaziladi. Turizmda esa buning teskarisi, turistik mahsulot ishlab chiqariladigan joyga uning iste’molchisi, ya’ni turist keladi. Turistik mahsulot iste’molining ushbu xususiyati, uni iste’mol qilish joylarida industrial bazani (transport xizmatlari, turar joy, oziq-ovqat bloklari, mehmondorchilik tizimini) shakllantirishni, davolash, xordiq chiqarish ehtiyojlarini qondirishni, shuningdek, sog‘lom muhitni, xavfsizlik va hokazolarni yaratishni talab qiladi. Turistik mahsulotni iste’mol qilishning keyingi xususiyati − bu turist tashrifi vaqtining chegaralanganligidir. Bu turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini intensivlashtirishni, ya’ni turistik xizmatlarni ishlab chiqarish va boshqarishni yuqori darajada tashkil etish zaruriyatini vujudga keltiradi. 17 Ayrim turistik mahsulot turlari anglab bo‘lmaydigan, nomoddiy tavsifga ega bo‘ladi. Turistik mahsulot iste’molchisi, unga taklif etilayotgan turlar va xizmatlarning sifati bilan dastlabki tanishish imkoniyatiga ega emas. Turistik industriyada turistik mahsulot ishlab chiqarish, uni iste’mol qiluvchilarning didlari, kayfiyatlari va ehtiyojlariga bog‘liqligi ko‘zga tashlanadi. Turistik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar turistlar talablarini to‘liqroq qondirish maqsadida yangi ehtiyojlarini oldindan ko‘ra olishlari va shakllantirishlari zarur. Shu sababdan ham turizmni dinamik faoliyat yurituvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish lozim. U o‘z ichiga turistik mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qamrab oladi. Download 49.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling