Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari Reja


Download 20.2 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1118980
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari
Reja: 6.1. Turistlarni joylashtirish vositalari.
6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
6.3. Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.

Turistlarni joylashtirish vositalari. Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning umumiy qabul qilingan ta‘rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba‘zan) turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob‘ekt»larni shundaylar deb hisoblasa bo‗lishini ta‘kidlaydi


Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‗linadi:
- kollektiv (KJV);
- individual (IJV).
BTT ekspertlari fikricha, turistlarni kollektiv joylashtirish vositalari «sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab qolishga joy berishi mumkin bo‗lgan ob‘ekt» sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila birligi a‘zolari sonidan kam bo‗lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat tipidagi yagona rahbariyatga bo‗ysunishi lozim.
KJV mehmonxonalar va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa kollektiv binolarni o‗z ichiga oladi
Joylashtirish vositalari ma‘nosi turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi mumkin: bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi, ikkinchi bir davlatda umuman bo‗lmasligi mumkin. O‗zbekistonda 2000 yil yanvardan boshlab mehmonxonalar yulduzli klassifikatsiyasi qabul qilingan
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‗rtta guruhga ajratiladi:
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar:
- mehmonxonalar;
- pansionatlar; -
plyaj mehmonxonalari;
- nomerlari bor klublar;
- mehmonlar uchun uylar;
- boshqalar
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:
- turistik bazalar; - arzon (budjetli) mehmonxonalar;
- turistik kempinglar;
- turistik qishloq (uylar guruhi);
- bungalo;
- ijtimoiy turizm korxonalari;
- boshqa joylashtirish vositalari.
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari:
- davolash mehmonxonalari;
- mehnat va dam olish lagerlari;
- joylashtirishning transport vositalari;
- mehmonxona;
- boshpana, chaylalar;
- alpmehmonxona.
IV. Xususiy joylashtirish vositalari:
- xususiy uylar (mehmonxona);
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish;
- boshqalar.
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi BTT tomonidan tavsiya etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‗lib, turistlarga sayohat bilan bog‗liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki, turist oddiy mehmonxonadan foydalansa bo‗ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‗lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‗rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud:

  1. Joylashtirish; 2. Ovqatlantirish; 3. Hordiq chiqarish; 4. Maishiy xizmat ko‗rsatish

Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko„rsatishning texnologik sxemasi. Mehmonxonada turistlarga xizmat ko‗rsatishning yopiq texnologik sikli quyidagi asosiy xizmatlarni o‗z ichiga oladi:
1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati; 2. Nomer fondidan foydalanish xizmati; 3. Tijorat xizmati; 4. Texnik muhandislik xizmati; 5. Boshqaruv xizmati
Bu asosiy xizmatlarni yetkazib berish uchun zarur bo‗ladigan ta‘minlovchi xizmatlarning minimal to‗plamidir.
1.Qabul qilish va joylashtirish xizmati: qabul qilish, ro‗yxatga olish, turistlarni nomerlarga joylashtirish, hisob-kitoblar, joylarni bron qilish va turistlarni uyiga yoki boshqa joyga jo‗natishni ta‘minlaydi. Qoida bo‗yicha, xizmatni joylashtirish ishlarini menejer boshqaradi va unga ro‗yxatga olish byurosi, porte, administratorlar, xizmat ko‗rsatish byurosi, shveysarlar, garderobchilar, yuk saqlash kamerasi xodimlari, bron qilish xizmatlari bo‗ysunadilar.
2.Nomer fondidan foydalanish xizmati yashash va qo‗shimcha binolar ta‘miri hamda texnik xizmat ko‗rsatilishini, odam joylashtirishga tayyorlash, tozalash, kosmetik yoki rejali ta‘mirlash uchun nomerlarni foydalanishdan chiqarishni ta‘minlaydi. Ushbu xizmat menejeri nomer fondiga xizmat ko‗rsatish va ta‘minlash guruhini, qavat xizmatchilarini, farroshlarni, konferansiya boshqalarni boshqaradi.
Bron qilish tizimi dunyoning turli shaharlari bilan aloqada bo‗lgan va tarmoqqa birlashtirgan EHM kompleksini o‗z ichiga oladi. Kompleksning asosiy vazifasi quyidagilar:
 shu mehmonxona buyurtmasi bo‗yicha nomerlarni bron qilish;
 boshqa mehmonxonalar buyurtmasi bo‗yicha nomerlarni bron qilish;
 turli transport turlariga chiptalarni bron qilish;
 boshqa vazifalar
Ba‘zi hollarda bunday tizim asosiy mehmonxonadagi mahalliy (ichki) masalalarni ham yechadi:
 mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar;
 nomer fondini rejalashtirish;
 xodimlar ish haqini hisoblash;
 moddiy ne‘matlarni hisoblash, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.


Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling