Turizmda marketing xizmatini tashkil etish


turistik korxonalar marketingi


Download 53.87 Kb.
bet4/14
Sana13.02.2023
Hajmi53.87 Kb.
#1195460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'ralov Ramazon kurs ishi

turistik korxonalar marketingi, turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi.

  • turistik mahsulotlar ishlab chiqarish marketing, xizmatni taqdim etuvchi tashkilotning maqsadi iste’molchilar ehtiyojini kuchli qondirishga mo’ljallangan va xizmat ko’rsatishning samaraliroq shakl va uslublarini qo’llash hisoblanadi.

  • hudud va mintaqalar marketingi, turizm jozibadorligi uchun mamlakat yoki hudud imijini yaratish va qo’llab-quvvatlash maqsadidagi tadbirkorlik faoliyati

    Turizm sohasidagi barcha korxonalar marketingning ushbu darajalaridan foydalanadilar, lekin ushbu sohada marketing kontseptsiyasini amalga oshirishning asosiy bo’g’ini turistik firma hisoblanadi, turistlar uchun xalqaro va ichki parvozlarni ta’minlaydi, kerakli xizmatlar to’plamini, shuningdek turli xil vositachilik ishlarni bajaradi.
    Turizm marketingining asosiy vazifasi iste’molchilar uchun xizmatlarni qulay joy va vaqtda taqdim etishdan iborat. Xizmat ko’rsatish iste’molchi talab istagiga kuchli yaqinlashishi kerak, ya’ni qo’shimcha xizmatlar yaratish, ish jadvaliga o’zgartirish kiritish, sifatli xizmat ko’rsatish va boshqalar evaziga.
    Yuqorida aytib o’tilgan vazifalar turizm sohasida marketing faoliyatining asosiy funktsiya va ko’rinishlari hisoblanadi. Turizm marketingining asosiy funktsiyalari quyidagilar:

    1. Mijozlar bilan aloqa o’rnatish, turistlarni shunga ishontirish kerakki,, taklif etilayotgan turistik sayohat joyi va u yerda xizmat ko’rsatiladigan servis, diqqatga sazovor joylar va boshqa narsalar mijozning talab va istaklariga to’liq javob beradi.

    2. Turistik mahsulotni sotishning yangi imkoniyatlarini ta’minlash, potentsial mijozlarning istaklariga va iste’moliga mos keladigan takliflar ishlab chiqish.

    3. Turistik mahsulotning yoki xizmatning bozordagi faoliyati natijalarini nazorat tahlil qilish va ularni turizm sohasidagi bor bo’lgan imkoniyatlarini tekshirish, marketing xarajatlari, reklama xarajatlari va ko’rilgan daromadlarni tahlil qilish.

    Ushbu aytib o’tilgan funktsiyalar quyidagi faoliyat turlariga ega:

    • Bozorni o’rganish va xaridorlar iste’molini tahlil qilish;

    • Turistik firmalar maretingini tahlil qilish va ularning o’zgaruvchanlikka moslashuvini imkoniyatini o’rganish;

    • Marketing tadqiqotlari va turizm bozorini segmentlashtirish;

    • Tanlangan segmentga mos keladigan turistik mahsulot ishlab chiqish;

    • Tovar xususiyatiga va unga bo’lgan talabga mos keladigan maqbul narxlarni aniqlash;

    • Mahsulotlarni sotishni yo’llarini va uslublarini tanlash;

    • Turistik firma marketingining stratergiyalarini va rejalarini ishlab chiqish

    Turizmda marketingning asosiy tamoyillari quyidagilar:

    • Mijozning manfaatlari va iste’moliga turistik mahsulot ishlab chiqishning bog’liq bo’lishi;

    • Uzoq muddatli istiqbollar hisobidan iste’molchilar talabiga, turistik xizmatlarning kuchli moslashuvi va bozor tahlili;

    • Iste’molchilar talabiga marketingdagi mos dastaklarni qo’shish yo’li bilan bozorga ta’sir ko’rsatish.

    Turizm bozori murakkab tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, quyiudagi komponentlarni o’z ichiga oladi: iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, huquqiy. Turizm ushbu sohalarni hammasiga ta’sir qiladi. Turizm bozorining maqsadi – bu turistik xizmatlarga bo’lgan mijozlar talabini qondirishni ta’minlash omillarini aniqlash hisoblanadi. Turistik bozorning birinchi navbatdagi vazifalari bo’lib turistlarning iste’mollari, bozor tadqiqotlari hisoblanadi, shuning uchun har kuni mahsulotlar va xizmatlarning kata tanlovi paydo bo’ladi.


    Turizmda marketing orqali ishlab chiqarishning uzluksiz boshqaruv tizimi, turistik mahsulotning sotuvi va bozorda talab bo’lgan xizmatlarga xuddi o’sha xizmatlarni taklif etish tushuniladi. Zamonaviy turizm turistik mahsulot, servis va ishlab chiqarish tashkiloti tavsifi nuqtai nazaridan qator muhim xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, turizm sanoati tizimiga maxsuslashtirilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kiradi: joylashtirish xizmatini taklif qiluvchi turistik firmalar, korxonalar, ovqatlantirish korxonalari, transport korxonalari va boshqa ko’plab korxonalar. Turistik mahsulot ishlab chiqarish va servis ko’rsatish bo’yicha, turizm sohasida marketingdan foydalanish 4 darajaga bo’linadi:
    1.Turistik korxonalar marketingi – tadbirkorlik faoliyati va iste’molchilar so’rovi imkoniyatlari jarayoni, turistik xizmatlarni taqdim qilish, ularni iste’molini qondirish va korxonaning foyda olishi turistik korxonalar marketingining natijasi hisoblanadi.
    Turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining marketingi – iste’mol tadqiqotlari majmuasi va ko’rsatilayotgan xizmatlar talabi.
    2.Turistik tashkilotlar marketingi – ijobiy jamoatchilik fikrini o’zgarishi yoki saqlab qolish, yaratish uchun ishlanadigan faoliyat.
    3.Hududlar va mintaqalar marketing – aniq aholi punkti, mintaqasi yoki butuin mamlakat bo’ylab mijozlar hatti-harakatini saqlab qolish yoki o’zgartirish, yaratish uchun ishlanadigan faoliyat.
    Marketing tadbirlari mahsulotni rejalashtirish va ishlab chiqish, narxni shaklllantirish, mahsulotni tarqatish uslublari, sotuvni rag’batlantirish hamda mahsulot va xizmatlarni rag’batlantirishni o’z ichiga oladi.
    Marketing dastaklari bozorning tuyrli tomonlariga, tashkilotning muhitiga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan harakatlarni o’z ichiga oladi. Marketing dastaklari mahsulot va xizmatga bo’lgan talab darajasini bahosini, bozor konyukturasi tahlilini va kompaniyaning reklama siyosatini o’z ichiga olishi mumkin.
    Marketing dastaklari quyidagi guruhlarga bo’linadi:


    1. Savdo belgisi, maqolalar, reytinglar, bosma mahsulotlar, suvenir mahsulotlari.

    2. Korporativ tadbirlar, ijtimoiy-madaniy voqealar, matbuot bilan aloqalar, xodimlar.

    3. Kompaniyaning missiyalari va qadriyatlari.

    4. Barcha marketing dastaklarining elementi bvo’lgan reklama.
      Marketingning ushbu dastaklari o’z nomlanishi va qo’llanilishiga ko’ra o’xshamasligi ham mumkin, lekin qoida bo’yicha, reklama har doim o’zgarmas element hisoblanadi. Barcha marketing dastaklari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’ladi.



    Download 53.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling