Turizmda xaritalashtirish va turistik marshrutlarni ishlab chiqish
Kurs ishining ob’ekti va predmeti
Download 128.02 Kb.
|
Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. XALQARO TURIZM BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI. 1.1. Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari.
- Chjan Syan (
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. O`zbekistonda xalqaro turizm faoliyatini o’rganish ob’ekti bo’lsa, uni rivojlantirish usullari kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi xalqaro turizmni O`zbekistonda rivojlantirish va uni mukammal o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat. Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi: Xalqaro turizm faoliyatini o’rganish; O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari o’rganish; Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 40 bet, shundan asosiy matn 26 bet. Matnda jadval, 1 ta rasm joy olgan, 20 nomdagi adabiyotlar va 5 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan. I BOB. XALQARO TURIZM BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI. 1.1. Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari. Chet ellik sayohatchilar marshrutlari ham nisbiy deb olindi. Chunki, chet ellik sayohatchilarning barcha sayohatlarini keltirishning ham iloji yo‘q. Shuning uchun ham chet ellik sayohatchilarning eng mashhurlari, ularningyangi dunyoni kashf qilishidagi jasurlik bilan amalga oshirilgan sayohatlari marshrutlari jahon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sirlar ko‘rsatganlliklari e’tiborga olindi. Masalan, dunyo qit’alarini, bu qit’alarda yashovchi xalqlarni eramizdan oldigi 1-asrlarda birlashtirgan “Buyuk ipak yo‘li”ning ochilishi va asrlar davomida faoliyat ko‘rsatishini bir kishi-Xitoylik mashhur razvedkachi, olim, jasur sayyoh va ko‘plab davlatlarda elchi nomini olgan Chjan Syan nomi bilan bog‘liq. Chjan Syan (miloddan oldingi 103 yil). “Buyuk ipak yo‘li”ning ochili shida miloddan avvalgi 2-asrda yashagan xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syanning xizmatlari katta. Aynan, shu xitoy diplomati birinchi bo‘lib Tyan-Shan tog‘lari osha Xitoydan O‘rta-Osiyoga sayohat qilgan. Chjan Syanning bosib o‘tgan yo‘lidan Yevropa va Xitoy o‘rtasida qatnaydigan savdo karvonlari keng foydalana boshlagan. Ma’lumki, Xitoy qadim zamonlarda chetga ko‘plab miqdorda ipak chiqargan va shuning uchun ham keyinchalik bu yo‘l “Buyuk ipak yo‘li” nomini olgan. Chjan Syan miloddan avvalgi 138 yilda Xitoy imperatori U Dinning topshirig‘iga binoan, muhim diplomatik missiyani amalga oshirish maqsadi da Pekindan O’rta Osiyoga sayohat qilgan. Ushbu sayohat natijasida sayyoh birinchi bo‘lib O’rta Osiyo, Pomir va Tyan-Shan tog‘lari, Amudaryo va Sirdaryo, Lobnor ko‘liga quyiluvchi Torim daryolari haqidagi ma’lumotlarni Xitoyga olib kelgan. Tarixchilar beda, uzum, anor, bodring, yong‘oq va boshqa ko‘plab madaniy o‘simliklarning Xitoy hududlariga kirib kelishini ham Chjan Syan nomi bilan bog‘laydilar.Miloddan avvalgi 118-115 yillar o‘rtasida Chjan Syan Tyan-SHan tog‘lari orqali O’rta Osiyoga ikkinchi sayohatni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda xitoylik tarixchi Sima Syan “ushbu sayohat natijasida Xitoy o‘zidan shimoli-g‘arbda joylashgan mamlakatlar bilan aloqa yo‘llarini ochdi”, deb yozgan edi. Download 128.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling