Turizmda xaritalashtirish va turistik marshrutlarni ishlab chiqish


Xalqaro tashkilotlarining O‘zbekiston turizmini


Download 128.02 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi128.02 Kb.
#1515650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Chet ellik olim sayohatchilarning marshrutlari KURS ISHI

2.3 Xalqaro tashkilotlarining O‘zbekiston turizmini
rivojlantirishdagi o‘rni.
Turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari – turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalari; respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini – mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish
xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo‘llanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ‘ibot qilish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmog‘idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan turizm sohasida mamlakatimizning
turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 
Xalqaro turizm ko‘pgina konvensiyalar, xalqaro shartnom alar va bitimlar bilan tartibga solinadi. Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo‘lgan, dam olish va bo‘sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi bitimga erishildi. 1948-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BM T) Bosh Assambleyasi tom onidan qabul qilingan inson huquqlari U m um jahon Dekleratsiyasining 24-moddasida shunday deyiladi: «H ar bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta ’tilni olishi, dam olishi va bo‘sh vaqt huquqiga egadir». 1966-yil BM T Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt (bitim )ga imzo chekkan davlatlar har bir insonning «dam olish, bo‘sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta ’tii hamda bayram kunlari uchun to ‘lov» huquqmi ta’minlash majburiyatini zimm alariga olganlar. Bu nizom lar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizm ning jadal rivojlanishi turistik faoliyatni tartibga soluvchi m e’yorlar o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xalqaro turistik huquq tashkil topishining eng asosiy yo‘naiishlaridan biri term inologiya va ta’riflar to ‘g‘risidagi bitim tuzish edi. Turistik terminologiya ustida ishlash bilan M illatlar Ligasi statistika qo‘mitasi shug‘ullanadi va 1937-yil Xalqaro turizm atamasiga birinchi marta ta’rif beriladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ushbu m asalani ishlab ch iq ish bilan Rasm iy T u ristik Tashkilotlaming Xalqaro Ittifoqi shug‘ullanadi (International U nion o f Official Travel Organizations— IU O TO ). 1950-yil atam alarga ekskursant, tranzit turist tushunchalari kiritildi. 1954-yil esa BM T komissiyasi tom onidan turistga yangi ta ’rif berildi. K eyinchalik bu ta ’rif 1963-yil BM Tning xalqaro tu rizm va sayohat b o ‘y ich a Konferensiyasi (Turizm ta ’riflari bo‘yicha Rim Konferensiyasi)da to ‘la aniqlandi. 1976-yil BMT tom onidan birinchi m arta turistik atam alar ta ’riflari ro‘yxati nashr qilindi. Unda turistik statistika qoidalari uchun mo‘ljallangan deyarli barcha m uhim atam alar m avjud (P rovisional Guidelines on Internati nal Tourism . UNCTAD). Xalqaro ham jam iyatda turizm ning rivojlanishi to ‘g‘risidagi muhim hujjat 1975-yil 1-avgustda im zolangan Xelsenki bitim idir. Unda YYevropa xavfsizlik va ham korlik bo‘yicha Majlisining so‘nggi AKTi imzolanib, BMT qoshida Jahon Turistik Tashkiloti — JT T tashkil etildi. Ushbu tashkilotning asosiy m aqsadi - xalqaro ham jam iyatda turistik ayirboshlashni yengillashtiruvchi m e’yor va qoidalarni ishlab chiqish boldi. 1985-yil Jahon Turistik Tashkiloti (bundan buyon — JTT) Bosh Assambleyasining 6-sessiyasida «Turizm xartiyasi va turist Kodeksi» qabul qilindi. JTT m e’yoriy hujjatlarining katta qismi asosiy yetakchi tillarda chop etiladi (ingliz, nem is, fransuz, ispan, so‘nggi paytlarda xitoy va rus tillarida ham ). Bugungi kunda xalqaro turizm o ‘z faoliyatini asosiy xalqaro kelishuvlarga binoan olib b o rad i: G aag a (1989-yiI, G a a g a , N iderlandiya) va Manila (1980-yil, M anila, Filippin) bitim lari, turizm vazirliklarining Osaka konferensiyalari yo‘riqnomalari (1994- yil, Osaka, Yaponiya). Hududiy qonunlar va m e’yoriy aktlam i-ham ta ’kidlab *o‘tish muhim. YYevropa iqtisodiy hamjamiyati ushbu ittifoqqa kiruvchi mam lakatlar turistik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bir qator qonunlar va m e’yoriy aktlar qabul qilgan. Masalan, yagona vizali hudud, turistik xizm atlar to ‘g‘risidagi Shengen shartnomasi (El Direktivasi № 90 G “ 134 13-may 1995-yil. «Turistik agentlik va mijoz o‘rtasida imzolanishi kerak bolgan namunaviy shartnoma», «Sayohat qilish shartnom asi bo‘yicha Xalqaro Konvensiya», 1970- yil 22-oktabrda FUAAV (FUAAV — turistik agentliklar uyushmasi Butunjahon Federatsiyasi) ning Bosh Assambleyasida qabul qilingan «Mehm onxona egalari va turistik agentliklar o ‘rtasida bitim lar tuzishga tegishli Xalqaro mehmonxona Konvensiyasi», 1979-yil 15- iyunda MGA FUAAV tom onidan qabul qilingan «Bojxona bojlarisiz savdo qiluvchi m agazinlar faoliyatini tartibga soluvchi me’yorlar» va hokazo. YoMovchilar va ularning yuklarini xalqaro havo, avtomobil va dengiz transportida tashish alohida tartibga solingan. Havo transporti Varshava Konvensiyasi bilan (1929-yil Varshavada qabul qilingan), avtomobilda yolovchilar va yuklarni tashish Berlin Konvensiyasi bilan (1975-yil, Berlin), dengiz transportida yo‘lovchilarni tashish esa Afina Konvensiyasi bilan boshqariladi.
Mamlakatimizda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy – huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmokda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’luqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya Vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini va turizm bozori sub’ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish, fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidan iborat.
Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida amalga oshiriladi, avvalambor mintaqa alohida sub’ektlar darajasida, undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Davlatning turizm siyosati xalq xo‘jalik majmuasini rivojlantirish va aniq maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlarining yig‘indisidan iborat.
Turizmni rivojlantirishda boshqarish strategik tizimi samaradorligini oshirishga muayyan choralar majmuasining ishlatilishini qo‘llash orqali erishish mumkin. Hozirgi paytda respublikada 20 dan ortiq mahalliy va respublika darajasida turizmni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar yaratilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining Markazlashgan Ma’muriy Boshqaruv tizimi 1971–1991- yillar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko‘zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maqsadidagi ob’ektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo bo‘la boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha bo‘lgan barcha xizmatlar fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan. Joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari bilan birga hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko‘rsatish talab darajasida bo‘lmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifatsiz bo‘lgan. ‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishni shartli ravishda to‘rtta bosqichga ajratsak bo‘ladi.
Birinchi bosqich. Mustaqillikka erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda Respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini va mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini e’lon qildi. Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin, turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:

  • birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi;

  • ikkinchi jarayon: turoperator va turagent sifatida nomlangan yangi tashkilotlar tuzildi;

  • uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi.

1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining 87,8 foiz turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarilgan edi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi Farmoni2 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘iloniy, Buxorodagi Chor Bakrlar kabi allomalarimizning maqbaralari tamirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda Xalqaro turistik ko‘rgazma tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi.
Bu bosqichda O‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi masalalari amalga oshirildi:

  • davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;

  • yangi xorijiy investorlarni jalb qilish;

  • tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘llarini izlash;

  • xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);

  • turistik korxonalar va sayohatchilarning manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;

  • turistik yo‘nalishlarning rang-barangligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish;

  • O‘zbekiston mehmonxonalarida xorijiy menejmentni qo‘llash;

  • kichik mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish;

  • turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim bosqichida);

  • xorijiy tajribalarni o‘rganish;

  • ilmiy loyihalar tayyorlash;

  • BTT tadqiqot guruhining O‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar;

  • turfirmalarning nodavlat va koorporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘rniga samarali ishlovchi yangi korxonalar tashkil etildi.
2000-yildan boshlab, Respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001-yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000-yildan boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o‘lkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi.
O‘zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan ulkan ishlarini hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati markazi deb e’lon qildi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‘ldi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor yo‘g‘i 4 ta xususiy turistik firma bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda turizm xizmatlarining nodavlat sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu jumladan umumiy sig‘imi 30 ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300 ga yaqin turoperator va turagentlar faoliyat olib bormoqdalar.3

XULOSA

Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to`g`ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda, uning sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. O`zbekiston sharoitida turizmni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish uchun etarlicha turistik resurs imkoniyatlari mavjuddir. Turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etishda, ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish yo`llari, ularga ta`sir etuvchi omillar va ularni aniqlash, hamda turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash, iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatdan o`rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi:


1. O`zbekistonda turizm resurslari salohiyatini yuqoriligi, ya`ni bu erda madaniy – tarixiy yodgorliklarning mavjudligi, boy tarixiy merosi, diniy, ekologik, ilmiy, hamda o`ziga xos an`analari va boshqa xislatlari turizmni rivojlanishini zamon talablari asosida yo`lga qo`yishni taqozo etadi. Ayniqsa turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiy jarayonning faol kechishiga sababchi bo`lib, uning imkoniyatlari respublikamiz olimlari tomonidan etarli darajada o`rganilmagan. SHunga ko`ra, respublikamizda ushbu mavzuda ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, uning ko`plab nazariy va amaliy masalalari bo`yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi lozimdir.
2.Ayni vaqtda milliy iqtisodiyotimizda turizmning o`rniga nazar tashlaganda, shu narsa ko`rinadiki, mavjud resurslardan har doim ham samarali foydalanishga erishilmayapti. Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to`g`ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda uning sifatini yanada yaxshilashga to`g`ri kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi turizm sohasi bilan ham bog`liq. SHuning uchun ham, bozor iqtisodiyoti asosida xo`jalik yuritishga o`tayotgan mamlakatlarda halqaro turizmga katta e`tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
3.Turistik resurslar muhim ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, ayniqsa ulardan samarali foydalanish mahalliy aholi hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu ijobiy xususiyatlar quyidagilar orqali asoslanib berildi: ish o`rinlarining yaralishi;

  • daromadning ko`payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi;

  • ijtimoiy va madaniy jarayonlarning tezlashishi;

  • mahalliy madaniyat o`choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an`analari,

  • udumlarining rivojlanishi;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga

  • talabning oshishi;

  • mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

  • tabiiy komplekslarning kengayishi;

  • mintaqa jozibadorligining oshishi;

  • mahalliy madaniy hayotning jonlanishi va boshqalar.

O`zbekistonning turistik salohiyati dunyo mamlakatlari orasida o`rtacha ko`rsatkichdan baland hisoblanadi. Demak, mamlakat eksportida va YAIMda turizmning ulishi yuqori bo`lishi kerak. Lekin hozirgi kunda O`zbekiston YAIMda turistik xizmatlarning ulushi kam. Bu ko`rsatkich ham mavjud turistik resurslardan samarali foydalana olmayotganligimizni bildiradi. Tadqiqotlar natijasi ko`rsatdiki, turistik resurslarga boy bo`lgan mintaqa iqtisodiyotida turizm boshqa tarmoqlar bilan bir qatorda rivojlanib, boshqaruvchi, etakchi tarmoqqa aylanish imkoniyatlari bor. Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo`jalikka ega bo`lib, asosiy mehnat resurslarimiz qishloq xo`jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz rekreatsiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini rivojlantirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o`tuvchi mamlakatlar uchun moliyaviy resurs manbalari o`ta zarur hisoblanadi. SHu jihatdan oladigan bo`lsak, agroturizm yuqori daromad keltiruvchi xizmat ko`rsatish sohasi hisoblanadi. Qishloq joylarimiz turizmni rivojlantirish resurslariga boy ekan, faqat undan samarali foydalanishda 46 turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport xizmatini ko`rsatish, umuman olganda xizmat ko`rstish sohalarini shakllantirish asosiy omil hisoblanashi izlanishlar natijasida ilmiy asoslandi. 6. Bozor munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasining ichki turizmini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu boisdan, ichki turistlarni ya`ni, o`sha hududda istiqomat qiluvchi aholini jalb etish, maxsus turpaketlar yaratish ichki turizm uchun muhim omil sanaladi. Ichki turizmdan keladigan foyda tashqi turizmga qaraganda ikki barobarni tashkil etadi va unga ketayotgan xarajatlar xalqaro turizm xarajatlaridan 5-10 barobar kam hisoblanadi. SHuning uchun milliy iqtisodiyotda ichki turizmning o`rni yuqori bo`lib, O`zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishni ommaviy tus olishi uchun turistik ta`lim, tarbiya, targ`ibot, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish kerakligi tadqiqotlar natijasida ko`rsatib berildi. Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur`atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. O`zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o`simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko`paytirish muammolarini hal qilishga, hamda mahalliy aholini ish bilan ta`minlab milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishga katta hissa qo`shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib, uni alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
O`zbekistonning tabiiy sharoiti va ularning ekologik holatini inobatga olib, turistik ob`ektlarni o`rganish va aniqlash, turistik yo`nalishlarni belgilash, ularning hududiylik va majmuaviylik jihatlaridan kelib chiqqan holda xizmat ko`rsatish sohasini yo`lga qo`yish shu kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida byudjet kamomadi mavjud bo`lganligi sababli ekoturizmning iqtisodiy roli yuqori ahamiyatga ega. Shunisi ham muhimki ekoturizmning rivoji qimmat va keng infrastrukturasi talab etmaydi. Demak ekoturizm bo`lajakda kichik xarajatlar hisobiga, katta foyda keltiradigan manbaga aylanishi mumkin. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turizmni iqtisodiyotning muhim tarmog`i sifatida shakllantirish uchun hozirgi kundagi qilinadigan xarajatlar albatta kelajakda 47 o`z samarasini beradi. Albatta, bunda O`zbekistonga keladigan sayyohlarning qancha vaqt turishi yoki davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Turistlar sonini oshib borishi bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham oshib boradi. O`z navbatida turistlar sonini oshishi turistik qiziqishni orttiradigan ob`ektlarga, ya`ni turistik resurslarga bog`liqdir.
Demak xulosa qilish mumkinki, turistik resurslarni aniqlash va undan samarali foydalanish turistik infratuzilmani shakllantirish va turistik marshrutlarni kengaytirish, turistik xizmatlarni yaxshilash kabi ko`plab muammolarni hal etishimiz kerakligi ko`rsatib o`tildi. .Turistik resurslardan samarali foydalanishning asosiy yo`llaridan biri bu turistik bozorni rivojlantirishdir. Turistik bozorning rivojlanishida xususiy tadbirkorlikka keng o`rin berish, katta iqtisodiy samara beradi. Hozirgi kunda O`zbekistonda turizm industriyasi shakllanayotgan davrda turistlarga xizmat ko`rsatish asosan xususiy firmalarga to`g`ri kelmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud resurslar asosida raqobatdosh taristik mahsulot yaratish o`ta muhimdir. Bu jarayonda marketing tadqiqotlarini jonlashtirish, ya`ni turistik mahsulotlarga bo`lgan talabni har tomonlama o`rganish, tahlil etish katta ahamiyatga ega.
Shunga ko`ra mutaxasislar tomonidan O`zbekistonning turistik mahsulotlariga bo`lgan xorijiy va mahalliy talabni o`rganish katta ahamiyatga ega. 10.Milliy iqtisodiyotda turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda tabiat resurslaridan oqilona foydalanish lozim. Tabiatdan hamda milliy merosdan foydalanishda va muhofaza qilishda turli shakllardan foydalanish samarali hisoblanadi. Masalan, AQSHda 20 xil kategoriyadagi muhofaza qilish hududlari ajratilgan. Ularga milliy bog`, milliy rezervat, milliy tarixiy joy, milliy yodgorlik, milliy tarixiy bog`, milliy tarixiy yodgorlik, milliy memorial va boshqalar kiradi. SHu kabi bizda ham ayrim qo`riqxonalarni milliy bog`larga aylantirish turizm faoliyatini rivojlantiradi.

Download 128.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling