Erik Raude (Malla) (950-1003). Yangi Dunyoni ochgan Kolumbdan qariyb 500 yil ilgari shimoliy Yevropalik vikinglar Shimoliy Amerikani kashf etishgan, va hatto, u erda birmuncha vaqt yashashgan ham. Ammo 10-asr sharoitida vikinglarning bu kashfiyoti uzoq Grenlandiya muzliklarida noma’lumligicha qolib ketgan. Keyingi vaqtlarda esa bu tarixiy haqiqat birmuncha tiklanib, Shimoliy Amerikaga birinchi bo‘lib borgan Yevropaliklar qatorida Skandina viyalik vikinglar, jumladan, Erik Raude (malla)ning nomi ham tilga olinmoq da.
Mahmud Qoshg‘ariy (1029-1101). Mahmud Qoshg‘ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug‘ilgan. Manbalarga ko‘ra, u Janubiy-G‘arbiy Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan, Bag‘dodda ham yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olim ko‘p yillar davomida” Rumdan Mochingacha”-O’rta er va Qora dengizlari bo‘ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan erlar, shahar va qishloqlarni kezgan. Uning “Devoni lug‘otit turk” (Turkiy so‘lar lug‘ati)-“Devon” dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun ham sharqshunos N. Baskakov Maxmud Qoshg‘ariyni-“turkiy tillarni qiyoslash borasida yo‘lchi yulduz”-deb atagan bo‘lsa, yana bir taniqli sharqshunos olimni “11 asrning Radlovi”-deya tarif lagan edi.
Idrisiy (1100-1165). Idrisiy Marokashning Seut shahrida tug‘ilgan. U 16 yoshidayoq Kichik Osiyoga sayohat qilgan. Tarixchilarning manbalari bo‘yicha Al-Idrisiy Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, bu mamlakatlarning 11-12 asrlar dagi hiyoti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni qoldirgan dastlabki arab olimlaridan hisoblanadi. Marokashning Janubiy-G‘arbiy Yevropaga geografik jihatdan yaqinligi bois sayyoh 1120 yillar davomida Portugaliya, Fransiya, Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, va G‘arbiy Germaniyaga bir necha bor sayohat qilgan. Shuning dek, sayyoh Polsha, Vizantiya, Bolqon yarim oroli, Shimoliy Afrika va Sharqiy Yevropadagi ba’zi davlatlar haqida boy geografik ma’lumotla to‘pladi. U o‘z asarlaridagi matnlarda 6000 ta, ilova qilingan xaritalarida esa 2500 dan ortiq geografik ob’ektlar nomini keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |