Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati


Download 402 Kb.
bet16/17
Sana01.05.2023
Hajmi402 Kb.
#1419301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati

Ilmiy yondashuv

Jarayonli yondashuv, tarmoqli yondashuv va texnologik yondashuv

Loyihalar

Tizimli loyihalar (raqamli shahar, raqamli korxona, raqamli uy va boshqalar), bir-birini toʻldiruvchi koʻlamli loyihalar (raqamli resurslarni yaratish, raqamli platformalarni yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar asosidagi xizmatlar bozorini rivojlantirish va boshqalar)

Vositalar

Deming-Shuxart sikli asosida iqtisodiy jarayonlarni tavsiflash va modellashtirish, tarmoqli tuzilmalarni shakllantirish va tarmoqli tadbirkorlik modelini yaratish, raqamli platformalar.



Lyuks klass. Ushbu klass boʻyicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat koʻrsatish turkumi (razryadi) boʻyicha taqdim etiladi.
Birinchi klass–bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat koʻrsatish boʻlib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirish, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchishni, qimmatbaho restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistik klass. 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli boʻyicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat koʻrsatish turidir.
Iqtisod klass. Eng arzon xizmat koʻrsatish turidir. Odatda iqtisod klassdan talabalar va kam taʼminlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada boʻlmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni koʻzda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyili boʻyicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Mehmonxona industriyasi kishilarning oʻz uylaridan boshqa yerlarga sayohatlarga chiqib tunash, ovqatlanish kabi zaruriy ehtiyojlarini qondirishga moʻljallangan, tijoriy xususiyatga ega boʻlgan korxonalar faoliyatidir. Mehmonxonalarning dunyodagi ilk bor koʻrinishlarda boʻlishi, karvonsaroylar qurilishi miloddan keyingi x asrlarga toʻgʻri keladi. Bu vaqtlarga kelib sayyohlarning dam olish, ovqatlanish kabi ehtiyojlarini qondirish uchun karvonsaroylarda tunaganliklari aniqlangan.
Gʻarbda texnologik rivojlanish, temir yoʻllarining qurilishi va boshqa tarmoqlarga tarqalishiga mehmonxona industriyasining ham rivojlanishi va katta shaharlardan kichik tumanlarga tarqalishiga olib keldi. 1939-yilda Amerikaning Boston shahrida birinchi shahar mehmonxonasi qurilgandan keyin bu soha butun mamlakatlarga yoyildi. XX asrning boshlarida avtomobil yoʻllarining kengayishi, turmush harakatining ortishi kichik otellar qurilishiga sabab boʻldi. Faqat Yevropa aristorkratiyasiga mos keluvchi katta otel turlari va oʻrta sinfga mos boʻlgan oʻrta otel turlarini oʻz ichiga oluvchi industriya davomli va qoniqtiruvchi shaklda rivojlanmagan. Xalqaro mehmonxona industriyasi korxonalarining qurilishi va ishga tushirilishida Amerika investitsiyasi va texnologiyasining tobora koʻproq kiritilishi kuzatilmoqda. Hilton, Knott, Sheraton kabi trajmilliy korporatsiyalar vujudga kelmoqda.

Texnologiyaning rivojlanishi, yalpi daromadlarning koʻpayishi, turizm imkoniyatlarining ortishi, insonlarning yashash sharoitlarida oʻzgarishlar davom etar ekan, mehmonxona industriyasi kishilarning xohish — istaklarini, moddiy – maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishi uchun davlat tomonidan koordinatsiya qilinishi, tartibga solib turilishi va shu sohada mehnat qilayotganlarning fidokorligi maqsadga muvofiq boʻladi. Xalqaro turistlar koʻlamining yildan-yilga kengayib borishi turizm industriyasining rivojlanishiga yoʻl ochib bermoqda. Mehmonxonalar quyidagicha tasniflanadi:



  • joylashish oʻrniga koʻra;

  • koʻrsatiladigan xizmat turlariga koʻra;

  • mulkiy shakliga koʻra;

  • hujjatlashtirish shakliga koʻra;

  • tunash ehtiyojlarini qondirish shakliga koʻra;

  • ishlash davriga koʻra;

  • kattaligiga koʻra mehmonxonalar.

Kattaligiga koʻra mehmonxona xoʻjaligi dunyo miqyosida 4 guruhga boʻlinadi:

  • juda kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tagacha;

  • kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tadan 99 tagacha;

  • oʻrta mehmonxonalar: xonalar soni 100 tadan 299 tagacha;

  • yirik mehmonxonalar: xonalar soni 300 va undan ortiq.

Bundan tashqari, mehmonlarning yaxshi dam olishlari uchun quyidagilar mavjud:


1. "Milliy" restorani (200 oʻrinli).
2. "Tungi" barlar bistrosi (100 oʻrinli).
3. Sogʻlomlashtirish klubi jumladan:
a) 2 ta sauna (1 soat uchun 30 AQSH $);
b) massaj xonasi (1 soat uchun 5-15 AQSH $);
v) dush xonalari;
g) trenajyor zali;
4. Konferensiya zali (250 kishilik)
5. Biznes Markaz.
6. Avtomobil toʻxtash maydonchasi.

Xulosa
Turistlarni ovqat bilan taʼminlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bogʻliq. Ovqat bilan taʼminlash tartibi yoʻllanma, shartnoma, Vaucherda koʻrsatiladi. qoidaga koʻra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu oʻz-oʻziga xizmat qilish va assortimentda mavjud boʻlganlari oʻzlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda koʻpchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali boʻladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarim pansion” shakliga koʻra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. “Toʻliq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta boʻladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.

1950-yilning boshlariga eʼtiboran mehmonxona xoʻjaliklarida tatbiq qilina boshlangan faol nazorat tizimlari ovqat va ichimlik tannarxlarining pasayishiga imkon bergan, ishchilar maoshlaridagi ahamiyatli koʻpayishiga nisbatan koʻpayish koʻrsatmoqda. Ovqat tannarxi nazoratining 2 ta ahamiyatli uslubi mavjud.


1. Xorvat va Xorvat ovqat tannarx tizimi. Bu tizim menyu haqidagi har bir narsa tannarxining sotishlar bilan aloqasiga tayanadi.
2. Tannarxlarni proporsiyalashga tayangan nazorat uslubi. Bu uslub tannarxlarning va ovqat sotilishdan keyingisini emas, oldingi daromadlarning nazorati uchun qabul qilingan 2-3 kunlik vaqtdagi jami foyda va tannarxni taxminan koʻrsatadi. Bu tizim 2 ta asosiy guruhda jamlanadi.
1. Sotishlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.
2. Tannarxlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.



Download 402 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling