Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati


Turizm – iqtisodiyotning yuqori daromad keltiradigan va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri


Download 402 Kb.
bet14/17
Sana01.05.2023
Hajmi402 Kb.
#1419301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati

Turizm – iqtisodiyotning yuqori daromad keltiradigan va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri.
Mazkur soha dunyo mamlakatlari va xalqlarining madaniyat borasidagi amaliy muloqotida oʻziga xos robita vazifasini oʻtamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilgan “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi, turizm boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi kabi bir qancha meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi.
Prezidentimiz tomonidan 1992-yil 27-iyulda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining tashkil etildi. 1993-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning toʻlaqonli aʼzosidir. Dunyoning 24 mamlakati qatori yurtimiz BTTning “Buyuk ipak yoʻli” dasturida ishtirok etib kelmoqda.


1995-yildan buyon har yili tashkil etib kelinayotgan
Ipak yoʻli boʻylab turizm” deb nomlanuvchi
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini oʻtkazish anʼana tusini oldi.
Ayni paytda dunyoda 235 milliondan ortiq kishi ushbu sohada mehnat qilayotir.
BMT Jahon sayyohlik tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda sayyohlar oqimi har yili 4-5 foizga koʻpaymoqda. Jumladan, mamlakatimizga keluvchi sayyohlar oqimi muntazam oshib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimiz oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro konferensiyalar, nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilayotir.
Oʻzbekiston sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. Vatanimiz tarixiy qadamjolari koʻpligi boʻyicha dunyodagi yetakchi oʻn mamlakat qatorida turadi. Mamlakatimizda yetti mingdan ziyod tarixiy va madaniy yodgorlik bor. Eʼtibor bering: Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, yurtimizda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, ekstremal, tibbiy va madaniy yoʻnalishlari, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi koʻplab turlari rivojlanmoqda. 2011-2013 yillarda mamlakatimizga kelgan xorijlik turistlar soni 129,5 foizga oshdi. Sayyohlik xizmatlari hajmi 175,8 foiz, shunday xizmatlar eksporti 180,2 foiz oʻsdi. Mingdan ortiq sayyohlik tashkiloti, jumladan, 550 turoperator va agentlik, zamonaviy talablar asosida xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega oʻnlab mehmonxonalar, hamda 500 dan ziyod mehmonxona ularga jahon andozalari darajasida xizmat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonga 2013-yilda ikki milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.

Download 402 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling