Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Sohaga investitsiyalarni jalb etish
Download 402 Kb.
|
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakali kadrlar yetishtirish
- 776 nafari xalqaro seminar va treninglarda ishtirok etishgan Sayohatlarni tashkillashtirishni soddalashtirish
- Hamkorlikni rivojlantiruvchi bitim va undagi asosiy yoʻnalishlar
- Dunyodagi toʻrtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm
- 60 mingga yaqin turli mulkchilik
Sohaga investitsiyalarni jalb etish
Turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Tarmoqning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizdan oshgan. Soha boʻyicha qabul qilingan dasturlarga asosan 484 ta loyihani amalga oshirish uchun 260 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. 2012-2020-yillarga bagʻishlangan 5 ta davlat dasturi orqali 278 ta madaniy meros obyektlarida 260mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan. Malakali kadrlar yetishtirish 12 ta maxsus turizm kasb-hunar kollejlari (Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qarshi, Urganch va Xiva) soha uchun oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar yetishtirib chiqarmoqda. Beshta oliy oʻquv yurtlari, yaʼni Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining “Xalqaro turizm” fakulteti, Buxoro va Urgench Davlat universitetlaridagi shunday fakultetlar va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining Respublika ilmiy-oʻquv konsalting markazi tomonidan 2014-yil davomida 1350 nafar mutaxassislar oʻz malakalarini oshirishi tashkillashtirilgan boʻlib, ulardan 464 nafari maxsus malaka oshirish kurslarida taʼlim olgan, 776 nafari xalqaro seminar va treninglarda ishtirok etishgan Sayohatlarni tashkillashtirishni soddalashtirish Viza masalasini va turizm bilan bogʻliq boshqa byurokratik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish turistlar oqimini koʻpaytirishning asosiy omillaridandir. Tailand va Chexiya mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlarni viza olish jarayonlarini qisqartirishga erishildi; Elektron texnologiyalarni joriy etish, avia va temir yoʻl chiptalarini elektron xarid qilish, internet orqali “onlayn” rejimida sayyohlik yoʻnalishlari va mehmonxonalarni oldindan band qilish ham bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda. Hamkorlikni rivojlantiruvchi bitim va undagi asosiy yoʻnalishlar Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida mavjud tarixiy yodgorliklar va madaniy anʼanalari, sayyohlik imkoniyatlari haqida dunyo jamoatchiligini xabardor qilish boʻyicha hamkorlik va shu maqsadda turli xil tadbirlar oʻtkazish; Buyuk ipak yoʻli” brendi ostida mamlakatimizning tarixiy shaharlari, jumladan Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Toshkent, Qoʻqon va Termiz shaharlarining sayyohlik salohiyatini xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar, koʻrgazma va jahon OAV sida keng targʻib qilish va ushbu brendning dunyo turizmi boʻyicha investitsion imkoniyatlarini tadqiq etib borish; “Buyuk Ipak yoʻlida” brendini ommalashtirish boʻyicha marketing kampaniyasini tashkillashtirish, Oʻzbekiston sayyohlik infratuzilmasiga jahon standartlarini tatbiq etish, turizm boʻyicha qonunchilik va statistika tizimini takomillashtirish; YUNVTO jamgʻarmalari va dasturlari, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlardan moliyalashtirish imkoniyatlarini topish va grantlar asosida Oʻzbekiston turizm infratuzilmasini yaxshilash; Xalqaro turizmni rivojlantirish va oʻz ichiga sayyohlarni jalb qilish, ularni joylashtirish, trnsport vositalari bilan taʼminlash va boshqa masalalarni oʻz ichiga oluvchi “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish va yangi marshrutlarni yaratish. Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga juda katta eʼtibor berilmoqda. Dunyodagi toʻrtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining keng qatlamini faol hissa qoʻchishlarini, yaʼni ularni turli xil turistik xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan manfaatdorliklarini oshirishlarini taʼminlashda xususiy turistik korxona va tashkilotlarning oʻrni benihoya kattadir. Respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik koʻrinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami realizatsiya qilinadigan mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % toʻgʻri keladi. Maʼlumotlardan koʻrinib turganidek, Oʻzbekiston Respublikasida xususiy kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Boshqa sohalarda boʻlgani kabi turizmni rivojlantirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan xususiy turistik korxonalarni shartli ravishda ikki xilga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish, ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shugʻullanadigan firmalar hamda turizmni rivojlantirishga bilvosita taʼsir koʻrsatuvchi kichik va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoranlar kabilar kirsa, ikkinchi toifaga anʼanaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-oktyabr kuni Samarqand shahridagi “Forumlar majmuasi”da BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasida ishtirok etib maʼruzasida Download 402 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling