Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Turizm (sayyohlik) va sayohat
Download 402 Kb.
|
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Turizm (sayyohlik) va sayohat
Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi sayyohlik va sayohat maqsadida amalga oshiriladi. Bular bir-biri bilan oʻta yaqin va uzviy aloqada boʻlgan inson faoliyati va harakati bilan bogʻliq tushunchalardir. Ammo ular bir-biridan maʼlum belgilari bilan farq ham qiladi. Sayyohlik va sayohat orqali odamlar bir qancha faoliyat turlarini bajaradilar. Bularga: boshqa joyda dam olish; sport bilan shugʻullanish; atrof-muhitni bilish va oʻrganish; salomatlikni tiklash, davolanish; yaqinlarinikida mehmonda boʻlish; savdo-sotiq ishlarini bajarish; ishlab pul topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga borish; ziyorat qilish kabi faoliyatlar kiradi. Ushbu harakat va tushunchalarning deyarli hammasi sayohatga kiradi. Turizm esa sayohatdan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. U sayohatning bir turi boʻlib, boshqa joyda ishlash, savdo-sotiq yoki boshqa ishlar bilan pul topish maqsadi boʻlmasligi kerak. Bu ikki tushunchani bir-biridan maʼlum darajada farq qiladigan holatlar aynan shulardir. Mazkur tushunchalarni toʻliq tasavvur qilish uchun ularning taʼrifini keltirish kifoya, deb oʻylaymiz. Yuqorida koʻrganingizdek turizm tushunchasi berilgan. Endi sayohat tushunchasiga quyidagicha taʼrif beriladi. Sayohat deganda odamlarning maqsadi, yoʻnalishi, harakat vositasi, vaqtidan qatʼiy nazar zamon va makondagi harakati tushuniladi. Bu odamlarning barcha harakatlarini oʻz ichiga oladi. Agar bir kishi tijorat yoʻli bilan pul ishlash maqsadida yoki ishlab kelish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga bersa ham sayohat hisoblanadi. Ammo bu maqsaddagi odamlarning harakati sayyohlikka, yaʼni turizmga kirmaydi. Shu tufayli sayyohlik (turizm) va sayohatni farqlamoq lozim. Sayyohlik va sayohatni bir-biridan aniq farqlash uchun quyidagi jadvalni tavsiya qilamiz (1-jadval). Download 402 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling