Turk tili tarixi


Turk tili dunyo madaniyat tillari hisoblangan yunon va italyan tillari bilan munosabatlari


Download 232.73 Kb.
bet8/11
Sana22.01.2023
Hajmi232.73 Kb.
#1110642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur

3.Turk tili dunyo madaniyat tillari hisoblangan yunon va italyan tillari bilan munosabatlari.

Turk tili dunyoning madaniyat tillari hisoblangan yunon va italyan tillari bilan ham yaqin munosabatda bo'lgan. Faqat ular boshqa alfavitga asoslangani uchun so'z o'zlashishi og'zaki yoT bilan amalga oshgan: temel (tamal, asos), tako: (\og'och pona), firm (duxovka, tandir). kaptan (kapitan, sardor), gumriik (bojxona) kabi.


Yangi turkcha (Yeni Tiirkge). Turklar XIX asrning boshlarida g'arbga ochila boshlagan. Shunda fransuz tili orqali g'arbcha tushuncha va atamalar to'g‘ridan-to:gTi turkchaga kirib kelgan. O'sha davrning adabiy tili sanalgan usmonli tili bir asr davomida bu so'zlarga yangi arabcha ekvivalentlar topib so‘z oqimining oldini to'sishga urindi, biroq zamonaviy milliy til sifatiga ega boTniagan usmonli tili imperiya bilan bir vaqtda inqirozga yuz tutdi. Shundan keyin zamonaviy tilning butun so‘z boyligini o'z manbalari asosida shakllantirishni da’vo qilgan Yangi turkcha maydonga kelgan.
So‘zlarning tuzilishi (Kelimelerin Yapisi)
So‘zlar bir yoki bir necha bo'g‘indan yuzaga kelgan ma’no birliklaridir. Ular lug‘atdagi boshlang'ich shakllariga ko‘ra lug'at so'zlari deyiladi (ta$ (tosh), nine (buvi), toprak (tuproq) va h. Gap ichida ularga so‘z o'zgartiruvchi, shakl yasovchi qo'shimchalar qo'- shilib, boshqa so'zlar bilan munosabat o'rnatiladi (Ali-nin, nine-den, toprag-a, getir-di). Bular grammatik shakllardir.
Lug'atlarda berilgan so'zlardan ko‘pchiligi bo‘linmas ma'no unsurlari hisoblanib. ularni yanada sodda parchalarga bo'lish mumkin emas: ba$ (bosh), su (suvj, ak (oq), kirk (qirq). sev- (sex-), deve (tuyci) va h. Bular so'zning o'zak qismidir. Ba'zilari esama’no o'zgartiruvchi. ma'no yasovchi qo'shimchalar bilan uzaytirilgan so'zlardir: Ьщ-hk, su-lu, sev-dir-, deve-ci kabi. Bular so‘zning negizidir. Turk tilida qo’shma va ajnabiy so'zlardan ham xuddi o'zaklardan yasalgan so'zlar kabi yasovchi qo'shimchalar qo'shilib negizlar yasalgan: can- siz (jonsiz), hasta-hk (xastalik). ayakkabi-ci (etikdo 'z) kabi.
Qo'shma va o'zlashgan so'zlardan ham xuddi o'zaklardan yasalgan so'zlar kabi yasovchi qo'shimchalar qo'shilibnegizlarvasalgan. Hamma holatlarda ham negizlar qaytadan yasovchi qo'shimchalar olib o'z ma’nolarini o'zgartirgan: su-lu-luk (suvlilik), m>akkabt-ci-/ik (etikdo 'zlikj, diifiin-ce-siz-ce (o 'ylovsiz, о'yiamasdan) kabi.
So‘z yasalishi (Kelime Yapimi)
Hozirgi zamon turk tilida qo'llanib kelinayotgan so'z va atamalar uch xii yo'l bilan yuzaga kelgan. Bulardan birinchisi. faollashtirilgan neologizmlar sifatida zamonaviy turk tiliga kirgan arab, fors va boshaa tillardan o'zlashgan so'zlarning muqobillaridir. Masalan: kusku - $iiphe (shubha, hadik), a lan - saha (maydon) kabi. Ikkinchisi. turk tiiidagi dialektlardan tanlash yo‘Ii bilan yuzaga kelgan: geke (kichik omoch), dixlek (pishmagan qovun). comge (yog'och qoshiq. cho‘mich) va h. Turk tilining dialektlar lug'atiga kiritilgan bu so'zlar badiiy asarlar orqali shevadan o'zlashtirilgan. Uchinchisi, turk tilining so'z yasash vositalaridan foydalanish yo'li bilan yaratilgan yangi so'zlar, neologizmlardir. Bu har qanday tilda so‘z yasalishining eng sermahsul yo'li hisoblanadi. Bunda mahsuldor affikslarning o'mi salmoqli: -li, -siz, -lik, -ce va b. Sof turkcha -ak, -men, -cil affikslari va boshqa tillardan o'zlashtirilib, turkchalashtirilgan -sel, -lay, -ex affikslari kam uchraydi.
Turk tilida so‘z yasalishida konversiya usuli ham keng qoi- lanadi: yazar (yozuvchi), bakan (vazir) kabi. So'zlarni qo'shish yo'li bilan ham qator so'zlar yasalgan: agirhaqh (og'ir-vazmin). dedikodu (g‘iybat), yiizyii (asr), onsoz (so‘z boshi), basmevi (bosmaxona) kabi.
So'z yasovchi qo'shimchalar va o'zaklaming to'rttadan turi mavjud. Aslida o'zak so'z yasalishining asosiv xom> ashyosidir. Shu bois uni so‘z yasalishi mavzusiga tegishli deymiz, ammo bu atama ancha sodda o'zaklarga nisbatan qo'llanadi.




  1. Download 232.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling