Turk tili tarixi


Turk tilining shakllanishdagi islohatlar


Download 232.73 Kb.
bet7/11
Sana22.01.2023
Hajmi232.73 Kb.
#1110642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur

Turk tilining shakllanishdagi islohatlar.


Turk tilining shakllanishi tarixiga nazar tashlanganda, tilga tashqaridan ta'sir. asosan, XX asrning 20 - yillarigacha boigan davrda kuzatilgan. Bu davrgacha juda ko'p sinovlar, turli islohatlarni boshdan kechirgan turk tili o‘sha davrda jamiyatda amalga oshirilgan islohatlar orasida muhim о Tin olgan «Til inqilobi» (Dil Devrimi) natijasida yangi davrga aadam qo'ydi. Bu inqilobning asosiy maqsadi turk tilining [u'g’at zahirasini qayta tiklash. grammatik va uslubiv me'yorlar, imlo qoidalarini tartibga solishdan iborat edi. Yangi ijtimoiy munosabatlar adabiy tilning elitar mazmuniga barham berish, j'ozuv me'yorlarini demokratlashtirish va og'zaki nutqqa yaqinlashtirishni taqozo etar edi.


Til islohatining yana bir muhim maqsadi usmoniy turkchasi (Osmanli Tiirkcesijn'mg turk tili (Tiirkge, Turk Dili) deb o'zgartirilishi va arab yozuvidan turk tilining tovush tarkibiga to-la mos keluvchi yangi turk yozuvi (lotin alfaviti)ga o'tilishi edi. Til islohatining asosiy ilmiy va tashkiliy markazi bo'lgan Turkiva til tashkiloti (Turk Dil Kurumu) turk tili leksikasini ajnabiy unsurlardan tozalab, yangi turk leksikasi va atamashunosligini barpo qilishdan iborat edi.
Yangi turk leksikasi. yozuvda keng qo’llanib kelayotgan arxaizmlarning o‘mini egallashi va yangi tushunchalarni ifodalash uchun vosita boTishi kerak edi. Shu tarzda turk tili leksikasi va atamashunosligini qayta yaratish. tilni begona unsurlardan tozalash (6zle§me) yo‘li bilan umummilliy adabiy til me'yorlarini ishlab chiqishga kirishildi. Bunda turk tili va qardosh turkiy tillaming ichki zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanildi. Birinchi navhatda, XIII asrdan keyingi turk vozma adabiy yodgorliklaridagi genetik turkiy leksika asos olindi. Agar bu jarayonni uchga bo'ladigan bo'lsak, bulardan birinchisi, neologizmlar sifatida olingan faol arxaik leksika- ning bir qismi zamonaviy turk adabiy tilining lug'at tarkibiga kiritildi va ular arabcha, forscha so‘zlarning muqobillari sifatida tildan o‘rin oldi. Masalan: konuk (ar. misafir) 'mehmon'. tamk (ar. §ahit) ‘guvoh. shohid\ orart (ar. nispet) ‘nisbat’, kez (ar. defa) 'kez. marta'. somtg (ar. netice) matija’ va h. Ikkinchisi. turk tilining lahja va shevalariga xos qator so‘zlar lug'at tarkibiga kiritildi. Masalan: ддтде 'vog‘och qoshiq; kichik cho‘mich\ divlek ’pishmagan qovun’, gekel ’kichik omoch’ va h. Uchinchisi, so'z yaratishning samarali usuli - sof turkiy affikslar yordamida va boshqa yo’llar bilan yangi leksik birliklar yuzaga keltirildi. Masalan: gozliik 'ko'zoynak'. ogretmen ‘o'qituvchr, bcikan ‘vazir\yiizyil *asr. yuz yil\ cmayasa ‘konstitutsiva' kabi.
Turk tili leksikasi, grammatikasi va uslubshunosligini qayta qu- rish borasida olib borilgan tadbirlar natijasida adabiy til va og’zaki nutq me’yorlari orasida mavjud boigan jiddiy farqlar barham topdi. Leksika tubdan boyidi, tilning ijtimoiy vazifasi kengaydi. Bugungi kunga kelib hozirgi zamon turk adabiy tili to'la sbakllandi va hozirda turk tilining uslubiy va atamashunoslik tizimlari me’yorlashtirilmoqda. Lekin shuncha samarali ishlar olib borilayotganiga qaramay, tilning ba’zi vazifadosh uslublarida, ayniqsa. professional uslublarda -tibbiyot. huquqshunoslik, harbiy va ilm-fanning boshqa sohalarida hozirgi zamon turk tiliga xos so'z va atamalar. baynahninal aiamalar bilan parallel shaklda juda ko'p arxaik arabcha-forscha so'z va atamalarning ham qoilanilayotgani maium.
Sanab o'tilgan dalil va xususlarning hisobga olinishi hozirgi za­mon turk tilidagi so‘z turkumlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘z boyligi (Kelime Dagarcigi)
Har til o‘zining asosiy so'z boyligiga ega. Vaqt o'tishi bilan bu boylik yangi so‘zlarning yasalishi va boshqa tillardan so‘z o'zlashtirilishi yo'ii biian yanada boyiydi. Til tirik organizm kabi vaqt taqozosi biian o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda so'z yasash. boshqa tillardan so'z o’zlashtirish yo'li bilan o‘z zahirasini boyitib borar ekan, ba’zi so‘zlar eskirib. istermoldan chiqib boradi. Shu nuqtai nazardan. so'z boyligi o'zgarib va yangilanib boruvchi manaviy xazitia hisoblanadi.
Qadimgi turkiy til (Eski Tiirkqe). Ba’zi tillarning asosiy so'z xazinasi qadimdan turli manbalar evaziga shakllanib, yashab kelgan (fransuz. ingliz tillari). Ba'zi tiliarda esa bunday holat kam uchraydi. ya’ni til o‘z sofligini saqlab qolgan bo'ladi (turkiy tillar, nemis tili). Bu tillarning grammatikasida uchraydigan farqliliklar xalqlarning tarixda boshdan kechirgan til hodisalari bilan bogiiq.
Xunlardan kelib chiqqan xalqlar Yevropa va Osiyo qiralari bo'ylab yoyilib ketganliklari uchun ham turkiy (xun) tillarga boshqa tillar o'z ta’sirini o'tkazgan. Turklar islom dinini qabul qilmaslaridan oldin Xitoy va Hind-Evropa tillaridan so'zlar o'zlashtirganlar. Shar- qiy turkcha ta’sirida ko'pgina din va davlat boshqaruviga oid ba'zi atamalar eski o'g'uz tiliga o'tgan. Bular: sanskritchadan o'zlashgan bed (asal. bol), yunonchadan o'zlashgan bez (bo'z. latta), xitoychadan o'zlashgan inci (inju). forschadan o‘zlashgan $eker (shakar). bag (bog'), кати (jamiyaf), so'g'dchadan o'zlashgan kagit (qog'oz) va h.
Sharqiy turkcha xitoy tili ta’sirida qolgan bo;lsa, g'arbiy turkcha qadimdan g‘arb tillaridan so'zlar o'zlashtirgan. XI asrda o'g‘uz turkchasi maTum darajada fors tili ta’siriga uchragan. O'sha davrda ikki lahja orasidagi ba'zi so‘zlar hind-yevropa tillaridan o‘g'uzchaga kirib qolgan bo‘lishi mumkin: bal / an yagi (bol / ari yog‘i). pamuk/ yiin (paxta /jun). a flab i / kumgan (qumg‘on, oftoba) kabi.
0‘rta turkcha (Orta Tiirkqe). Turklar forslar bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda musulmonlikni qabul qilgan va kevinchalik Eronda o‘z davlatlarini barpo etganlar. Shu bois islom diniga oid ba’zi tushunchalar forscha so‘zlar orqali o'rganilgan. Bunday so'zlardan ba’zilari turk tilida hozirgacha saqlanib qolgan: aptest (tahorat), namaz (namoz). orug (ro'za). peygamber (payg‘ambar). giinah (gimoh) kabi. Arab tilining turk tiliga ta'siri kevinchalik yanada ortgan.



Download 232.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling