Turk tili tarixi


Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


Download 232.73 Kb.
bet5/11
Sana22.01.2023
Hajmi232.73 Kb.
#1110642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
2003-yil Turkiyada 3450 gazeta, jurnali va boshqa matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: „Hurriyat“ (1948-yildan), „Milliyot“ (1950-yildan), „Saboh“ (1985-yildan), „Jumhuriyat“ (1923-yildan), „Yangi nayel“ (1970-yildan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar — „Ekonomist“, „Aktual“, „Oto xabar“, „Tempo“, „Nuqta“; oynomalar — „Soʻfra“, „Kosmopoliten“: „Turkiya“, „Kapital“, „PC Magazin“ va boshqa Anadolu agentligi (AA) Turkiyaning yetakchi axborot agentligi; 1920-yil tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. Turkiya Radio va telekoʻrsatuv jamiyati 1964-yil 1 mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1968-yildan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat koʻrsatadi.
Adabiyoti
Turkiya ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, „Oʻgʻuznoma“ turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan „Erganakon“, Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-asr oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik „Gʻaribnoma“ dostoni va „Faqirnoma“, „Vasfi hol“ asarlari bor. 14-asrda Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. 15-asrdan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-asrgacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida „Xamsa“ yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-asrdan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-asrda Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va boshqa yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning „Moviy va Qora“, „Taqiklangan ishq“ romanlari, Mehmet Raufning „Sentyabr“ nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.
Birinchi jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, Turkiya madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-yillarda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining „Ichimizdagi shayton“ (1940) va „Moʻyna poʻstinli Madonna“ romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning „Inja Mamad“ romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-yillarda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va boshqa shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning „Fosforli Javriya“ romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va boshqa ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi.
1980-yillardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda Oʻrxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Soʻnggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning „Choliqushi“, Yashar Kamolning „Inja Mamad“, Suot Darvishning „Fosforli Javriya“ romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat sheʼrlari, Yavuz Bahodiroʻgʻlining „Xorazm oʻt ichida“ va „Alvido, Xorazm“ tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak sheʼrlari va boshqa koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Download 232.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling