Turk tili tarixi


Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari


Download 232.73 Kb.
bet6/11
Sana22.01.2023
Hajmi232.73 Kb.
#1110642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur

Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari
Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991-yil dekabr, 1994-yil iyun va 1997-yil noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻldi. 1998-yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida „Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida“gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan BMTning „Ming yillik“ sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7 % oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3 % oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4 % ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan „KosonsoyTekmen“ qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning „AySel“, „Ulus inshaat“, „Oʻqan xolding“, „Emesam“ firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100 % turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida „SamKochavto“ (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), „Papfen“ (paxta tolasidan ip yigirish), „Koxis“ (savdovositachilik faoliyati, „MetroMarket“ supermarketa), „SharqMir LTD“ (chakana savdo), „Mejik Plast“ (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa „Beta Algoritm“ (choy qadoklash), „Dilek Interprayzis“, „Aylin gida sanai va anonim shirkati“ (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70 % ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25 % dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995-yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
1993-yil Turkiyada Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994-yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi „Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari“ doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shahrilarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda „Uzbekistan— Turkiya“ doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Gallery











  1. Turk tilining tarixi


Turk tili (TiirkDili. Tiirkqe) Turkiva Respublikasining davlat tili boiib, bugungi kunda 70 milliondan ortiq kishi ushbu tilda so‘zlashadi.


Turkiy tillar oilasiga mansub hozirgi zamon turk tili (Cagdas Tiirkqe) o'g‘uz lahjasining o'g'uz-saljuq kichik guruhiga mansub boiib, unga xos asosiy genetik va tipologik xususiyatlar, leksikada
- asosiy so‘z zahirasining mushtarakligi, fonetikada - turkiy tillarga xos singarmonizm qonuni. morfologiyada - so'z yasalishi. o'zgarishi, so'z oxiriga qo'shimcha qo'shib yangi shakl va so'zlar yasalishi va sintaksisda - so'z birikmalari va gap bo'laklarining joylashish tartibida namoyon bo'ladi. Sanab o‘tilgan umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda hozirgi turk tili boshqa turkiy tillardan, jumladan. o'g'uz guruhiga mansub tillardan ajralib turuvchi ba'zi farqli xususiyatlarga ham ega.
Hozirgi turk tili X - XI asrlarda (Trta Osiyodan Onadoiu yarim oroliga ko'chgan va XII asrda Saljuqiylar davlati, XIV asming boshlaridan Usmoniylar imperiyasini barpo etgan o`g`uz-saljuq qa- bilalari tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasida vuzaga kelgan.
Turk tili o'zining butun tarixi davomida turli tizimdagi tillar. xususan, flektiv arab tili va analitik tillardan biri bo'lgan fors tili, XVIII asrdanboshlab esa, Yevropa tillarining iiddiy ta'siriga uchragan. Sanab o’tilgan tillar. xususan, arab va fors tillari bilan o'zaro munosabatlar natijasida, xususan, devon adabiyoti orqali turk tiliga juda ko'p arabcha va forscha so'z va atamalar o'zlashib qolgan. Bu so'zlaming salmoqli qismi hozirgi kungacha turk tilida saqlanib qolgan. Masalan. turkcha goz 'ко 'z' so'zi - arabcha ‘ayn ’ - forscha ‘chashm’ dir; yoki turkcha ak (bevaz) 'oq 'so’zi - arabcha heyazturkcha sit ‘suv’ so‘zi
- forscha 'ob ' dir.
Turk tili leksikasining shaldlanishiga Saljuqiy va Usmoniy turklari Kichik Osiyoni istilo qilgan davrda ular tomonidan assimilatsiya qilingan xaiqlarning tillari ham jiddiy ta'sir ko’rsatgan. Jumladan. o‘tmishda yirik jahon sivilizatsiyalaridan biri sanalgan Vizantiya imperiyasining tili - yunon tilini alohida ta'kidlash joiz. Turk tiiiga yunon tilidan o‘zlashgan so‘zlarni Kichik Osiyo va 0‘rta Yer dengizi mintaqalarining toponimlari. shuningdek. XI - XV asrlar yunon madaniyati, dehqonchilik, dengizchilik. baliqchilik va boshqa sohalari bilan bogiiq atamalar tashkil etgan (lodos janubdan esnvchi kuchli sharnoV, korfez ‘ko'rfaz’. firm pech' va h.). Ba’zi so'zlar slavyan tillaridan o'zlashgan: pulliik ‘plug', masa '.s/o/’(rumin tilidan). palaska ‘portupeya, qillch osiladigcm kamar ' (venger tilidan). Ilk o’zlashmalardan bir qismini arman. kurd, italyan va o’rta asrlarda turlclar bilan vaqin munosabatda boMgan boshqa xaiqlarning tillaridan o'zlashgan so'zlar tashkil etadi.
O'zlashish natijasida j'uzaga kelgan so‘zlar talaffuz gilinayotganda turk tilining fonetik qoidalari (turkiy singarmonizm qonuni) ko'pincha buziladi. Turkchaga xos bo‘lmagan unli va undosh tovushlar ketma-ketligi va shunga o'xshash fonetik hodisalar kuzatiladi. Morfologik nuqtai nazardan. arab va fors tillarining ta'siri ba'zi o'zlashgan grammatik kategoriyalarda (bogiovchilar, old qo'shimcbalar. feT-masdarlar, sifatdoshlar) namoyon bo’ladi.




  1. Download 232.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling