Turk tili tarixi


Download 232.73 Kb.
bet3/11
Sana22.01.2023
Hajmi232.73 Kb.
#1110642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur

Qishloq xoʻjaligi
Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻyechki, 250 mln. tovuq boʻlgan. Baliq ovlanadi.
Transporti
Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95 % avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72 %, import yuklarning 95 % ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.
Tashqi savdosi
Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.
Tibbiy xizmati
Turkiyada oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002-yillarda kasalxonalardagi oʻrinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995-yildan beri oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, Turkiya sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish moʻljallangan.

Download 232.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling