Turk tili tarixi
Hozirgi zamon turk adabiy tilining o'ziga xos xususiyatlari
Download 232.73 Kb.
|
Turk tili tarixi- Abdualimov Bobur
Hozirgi zamon turk adabiy tilining o'ziga xos xususiyatlari.
Turk tilida so'z yasalishining uch turi ajratiladi: 1. Otdan (ot yasovchi qo'shimchalar qo'shilib) ot yasalishi: ycima-ci (yamoqchi), goz-liik-qu (ко 'zoynak yasovchi yoki imi sotuvchi), iij-qi-lik (ishchilik), avukat-hk (advokatlik) kabi. 2. Otgan feT yasovchi qo'shimchalar qo'shilib fe’l yasalishi: iz- le-mek (ta’qib etmoq, tomosha qilmoq). bigak-la-mak (pichoqlamoq). firca-la-mak (cho‘tkalamoq. tozalamoq) kabi. 3. Fe'lga ot yasovchi qo'shimchalar qo'shilib (fe'ldan) ot yasalishi: sat-ici (sotuvchi), bil-im (bilimj, kur-um (imiassasa) kabi. Undan tashqari, turk tilshunosligida fe’l shakllarining yasalishi ham so'z yasalishining bir turi hisoblanadi. Shu boisdan so'z yasalishmingto'rtinchituri ham ajratiladi (fe'l yasovchi qo'shimchalar qo'shilib (fe’ldan) fe’l shakllari yasalishi): sez-dir-mek (sezdirmoq), gdr-u-tur-mek (ko'rishtirmoq. uchrashtirmoq) kabi. So'zning o'zak va qo'shinichalandagi o'zgarishlar xususida shuni aytish kerakki, turk tilida so'zning yasalish vaqti juda muhim. Chunki so'zning o’zagi ham, qo'shimcha ham jonli unsurlar bo'lib. ular vaqt o'tishi bilan o'z shakli va ma'nosini o'zgartirishi mumkin. Qoiaversa, tilda qo'llanmay qolgan, eskirgan o'zak va qo'shimchalar ham talaygina. Shu bilan birga, birdan ortiq ma’noga ega boMgan o'zak va qo'shimchalarning qaysi ma’noda kelayotganini yaxshi biiish kerak. Chunki so'z shundan kelib chiqqan holda ma’no kasb etadi: ya (yosh, toza), (yasharmoq), (keksa), yashlanmuk (keksaymoq, qarimoq) kabi. Turk tilida asl fe’llar fe'l o'zagining ma'nosini o'zgartiruvchi bir qancha qo'shimchalar vositasida yuzaga keladi. Grammatika nuqtai nazaridan bunday o'zgarishlar fe'l nisbat cjo'shimchalari qo'shilishi natijasida yuz beradi. Lug'aviy ma'noda mustahkam o'zgarish yuzaga keltirgan va yangi so'zlar yaratuvchi fe’l qo'shimchalarini turk tilshunoslsri so'z yasovchi qo'shimchalar deb atashadi. Lekin umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan fe'ldan fe’l yasalishi mumkin emas. Fe’ldan faqat fe'l shakllari yasalishi mumkin. Fe'l nisbat qo'shimchalari fe'l o'zagi ma'nosini o zgartirgan holda yangi shakllar hosil qiladi. Faqat bo'lishsiz fe'l negizlari yangi shakllarda rivojlanmaydi. Shu bois nisbat (qati) qo'shimchalari ham ko'zdan kechiriladi. Fe’l shakllari yasovchi qo'shimchalar orasida tarixiy kirishuv ro‘y berib kelgan. Bugungi kunda turk tilshunoslari tomonidan yasovchi qo'shimcha sifatida qabul qilingan qo'shimchalardan ko'pchiligining qadimda nisbat qo'shimchalari yoki qo'shma shakllar ekanligini ta'kidlamoq kerak.
Download 232.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling