Turk xalqaro tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti
Turk tilida egalik ma’nosi
Download 237.63 Kb.
|
Ot va uning turlari 3 чи мавзу(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlarda kelishik kategoriyasi
Turk tilida egalik ma’nosi egalik qo‘shimchalari qoilanmasdan ham ifodalanishi mumkin: benim ev, senin araba kabi. Oidlik qo‘shimchasi (Aitlik Eki) Turk tilshunosligida oidlik qo‘shimchasi egalik qo'shimchalaridan alohida kategoriya sifatida ajratiladi. Oidlikni ifodalovchi -ki qo‘shimchasi shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin kelishi, egalik qo‘shimchasi singari yordamchi -n- tovushi olishi va yana bir egalik vazifasini bajarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan uni egalik qo‘shimchasi sifatida qabul qilish ham mumkin: benim - ki, burada - ki, yerde - ki - n - den, seninki-n- de kabi. Oidlikni ifodalovchi -ki qo‘shimchasi unlilar singarmoniyasi qonuniga amal qilmaydi. U qaratqich kelishigi shaklida bo‘lgan ot, otlashgan so‘z va olmoshlar bilan birikib, mavhum oidlikni ifodalaydi. -ki oidlik qo‘shimchasi egalik olmoshlariga quyidagi shaklda birikadi: Birlik Benim ‘mening‘ benimki ‘meniki’ Senin ‘sening‘ seninki ‘seniki’ Onun ‘uning‘ onunki ‘uniki’ Ko‘plik Bizim ‘bizning4 bizimki ‘bizniki’ Sizin ‘sizning‘ sizinki ‘sizniki’ Onlarin ‘ularning‘ onlarinki ‘ularniki’ 28 www.ziyouz.com kutubxonasi -ki oidlik qo‘shimchasi ot va boshqa otlashgan so‘ziarga ham qo‘shilishi mumkin: KemaVinki (Kamolniki). dolaptaki (shkafdagi), kartjimizdaki (ro‘paramizdagi), istanbuVdaki ‘Istanbuldagi’ vah.
Otlarda kelishik kategoriyasi (Ad Durum Ekleri) Kelishik kategoriyasi, kelishiklar turk tilshunosligida ad durum ekleri deyiladi. Grammatikaga oid ba’zi kitoblarda kelishik qo‘shimchalari hal ekleri deb beriladi. Kelishik qo'shimchalari vositasida ot otga yoki ot fe’lga bog‘lanadi. Turk tilida kelishik qo‘shimchalari otni yordamchi so‘zlarga ham bogTaydi, faqat bunda ham asosiy maqsad otni yordamchi so‘z (masalan, bogTovchi) orqali feTga bogTashdir. Shundan kelib chiqib, kelishik qo‘shimchalarini ot va feT orasida munosabat o‘rnatuvchi vositalar deb atash mumkin: kalemin ucu (ruchkaning uchi), evin duvan (uyning devori), gar§ida gezmek (savdo markazida yurmoq, kezmoq), ev-e gitmek (ityga ketmoq), bize kar§i (bizga nisbatan) kabi. Turk tilshunosligida, asosan, olti kelishik ajratiladi va ular vazifasiga ko‘ra o‘zbek tilidagi olti kelishik shakliga to‘g‘ri keladi, bu: 1. Bosh kelishik (yalm hal) 2. Qaratqich kelishigi (ilgi hali) 3. Jo‘nalish kelishigi (yakla§ma hali) 4. Tushum kelishigi (yapma hali) 5. 0 ‘rin-payt kelishigi (bulunma hali) 6. Chiqish kelishigi (uzakla§ma hali) Turk tilshunosligida berilgan 6 kelishikka qo‘shimcha yana uchta kelishik shakli borligi ta’kidlanadi, bular: 1. Vasita hali (vosita shakli). 2. E§itlik hali (tenglik shakli) 3. Yon gosterme hali (yo ‘nalishni ko ‘rsatuvchi shakl) Otlar so‘z birikmasi yoki gaplar ichida ana shu kelishik shakllaridan birini olgan holda vazifa bajaradi. 1. Bosh kelishik (yahn hal) turk tili grammatikasiga oid kitoblardayahn durum yoki nominatifhali deb beriladi. Bosh kelishik ko'pchilik tillarda otning boshqa bir so‘zga tobe emasligini ko‘rsatadi. Otning birlik (kitap), ko‘plik (kitaplar) va egalik (kitabim, kitaplarim) shakllari ham bosh kelishikda boTadi va 29 www.ziyouz.com kutubxonasi qo‘shimchalar olib turlanadi. Bosh kelishikda turgan ot yoki otlashgan so‘z bii'lik va ko‘plik shaklida turgan holda gap ichida boshqa so‘zlar bilan tashqi munosabatda boimaydi. Egalik go‘shimchasi olgan holda bosh kelishikda turgan ot esa boshqa so‘zlar bilan bogiiq holda boiadi: ta§, yo 7, ta§lar, yo ‘llar, yo ‘llariniz kabi. Bu yerda ta§, yol so‘zlari bosh kelishik, birlik shaklida boisa, ta§lar, yollar bosh kelishik, ko‘plik shaklida, ta§im, yollarimiz egalikni ifodalab keigan bosh kelishik shakliga ega. 2. Qaratqich kelishigi (ilgi hali) turk tilshunosligida ilgi hali yoki tamlayan durumu, ba'zan genetifdeb, Turkiyadagi maktablarning o‘quv dasturlarida ‘nin hali ’ deb ham beriladi. Qaratqich kelishigi otning boshqa bir ot bilan munosabatda ekanligini ko‘rsatuvchi kelishik boTib, unda ot o‘zidan keyin keluvchi boshqa otga tobe boTadi. Qaratqich kelishigida kelgan so‘z ba’zan qo‘shimcha oladi, ba’zan esa olmaydi: bahge kapisi (bog‘ eshigi, hovli eshigi), bahgenin kapisi (bog‘ning eshigi, hovlining eshigi), ogrenci gantasi (o‘quvchi sUmkasi), ogrencinin gantasi (o‘quvchining sumkasi) kabi. Bunday birikmalar turk tilida ad (isim) tamlamasi deyiladi. Ot yoki ot vazifasini bajarayotgan so‘zning -nin qo‘shimchasi olgan bunday shakli belirtili ad tamlamasi (belgili qaratqich shakliyoki qaratqichli aniqlovchi birikmasi) deyiladi: okulun bahgesi (maktab bog‘i), ogrencinin gantasi (o'qnvchining sumkasi). Qo‘shimcha olmagan shakli esa belirtisiz ad tarnlamasi (belgisiz qaratqich shakli) deyiladi: okulbahgesi (maktab bog'i), dgrenciqantasi (o ‘quvchisumkasi), infaz memuru (sud qarorini ijro etuvchi kishi) va h. Qaratqich kelishigining qo‘shimchasi -in (-nin) boTib, undosh bilan tugagan so‘zlarga -in, -in,-un, -un (el-in, agac-in, yoku§-un, gdziin), unli bilan tugagan so‘zlarga esaqo‘shimchadan oldin -n- orttirilib, -nin, -nm, -niin, -nun shaldida qo‘shiladi: (anne-nin, arpa-nm, iitiiniin, duygu-nun) kabi. Turk tilidagi su va ne so‘zlarining qaratqich kelishigida turlanish shakli istisno holatdir. Bunda ikki unli oTtasida -y- undoshi orttiriladi (su-y-un, ne-y-in). Shuningdek, og‘zaki nutqda ne so‘zining ne - nin qaratqich kelishigi shaklida qoTlanganini ham ko‘rish mumkin. Gap ichida qaratqich kelishigida turgan so‘zni topish uchun 30 www.ziyouz.com kutubxonasi gapning kesimiga kimin? neyin? savollari berilishi mumkin: Bu kalem kimin? Bu kalem Ay§e ’nin. Bu nevin tekerlegi? Bu arabanm tekerlegi. 3. Jo ‘nalish kelishigi (yakla$ma hali) turk tilida yaqinlashish va yo'nalishni ifodalagani, makon, joyni ko‘rsatgani uchun yoneime durumu (yo'nalish holi) deyiladi. Ba’zi kitoblarda ushbu kelishik shakli Datif, Turkiyadagi o‘rta maktab dasturlarida «-e hali» deyiladi. Jo‘nalish kelishigi vositasida otlar harakat ni ifoda etuvchi fe'llarga bog‘lanadi. Ushbu kelishik qo‘shimchasi -e, -a boTib, unli bilan tugagan so‘zlarga -e, -a dan oldin -y- undoshi orttirilib, -ye, -ya shaklida qoTlanadi: anne-ye, arpa-ya, iitii-ye, duygu-ya kabi. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi izofalarga -ne, -na shaklida qo‘shiladi: Ali'nin annesi-ne (Alining onasiga), araba tekerlegine (mashina g ‘ildiragiga), Ay§e’nin kitabi-na (Oyshaning kitobiga), sinif kapm-na (sinf eshigiga), kapi kolu-na ('eshik tutqichiga) kabi. Gap ichida jo‘nalish kelishigi shaklida turgan so‘zni topish uchun gapning kesimiga kime? (neye?) nereye? savollarini berish mumkin: Kime verdiniz? Selma'ya verdim. Nereye gidiyorsun? eve gidiyorum. Nereye donecek? Turkiyeye donecek kabi. 4. Tushum kelishigi (yapma hali) grammatikaga oid ba'zi kitoblarda kitoblarda belirtme durumu, ba’zilarida esa akkuzatif deb, maktab dasturlarida «i hali» deb beriladi. Tushum kelishigi otning o‘timli feT ta’siri ostida boTishini ko‘rsatadi. Bu shaldda ot feMdan bevosita ta'sir oladi. Ushbu kelishikning qo‘shimchasi -i bo'lib, undosh bilan tugagan so‘zlarga -i, -i, -u, -u (ei-i„ agac-i, yoku§-u, goz-u), unii bilan tugaganlariga esa, -i dan oldin ayiruvchi -y- undoshi orttirilib, -yi, -yi, -yii, -yu shaklida qoTlanadi: anne-yi, arpa-yi, iitii -yii, duygu-yu kabi. Tushum kelishigidagi so‘z qo‘shimcha' olgan yoki olmagan shaklda boTishi mumldn. Shunga koTa gap ichida tushum kelishigida turgan ot yoki otlashgan so‘z qo‘shimcha olganda belgili (beiirtili), qo‘shimcha olmaganda esa belgisiz (belirtisiz) bo'ladi: defter aldim - defteri aidim, su iqti - suyu icti kabi. Gap ichida tushum kelishigida turgan ot atoqli ot yoki vositali toTdiruvchi vazifasida kelgan (turdosh) ot, otlashgan so‘z, egalik affiksini olgan boTsa, har doim belgili boTadi: SibeT-i gordugiim zaman akhm-i kaybettim kabi. Gap 31 www.ziyouz.com kutubxonasi ichida tushum kelishigida turgan ot bir turdagi predmetni bildirib kelganda belgisiz shaklda qo‘llanishi ham mumkin: Serdar biitun gece kitap okudu. Gel oglum, yemekye, gay ic kabi. Tushum kelishigi qo‘shimchasini olgan so*z gap ichida feT bilan birikadi: arabayi satmak, yemegi yemek kabi. Ushbu kelishik qo‘shimchasi ba'zi olmoshlarga va izofalarga qo‘shilganda, undan oldin -n- tovushi orttirib, -ni, -m, -nii, -rtu shaklini oladi: bunu, §unu, onu; Ali ’nin annesi-ni, sim f kapisi-m, pinarin gozii-nii kabi. Tushum lcelishigi qo‘shimchasi olgan izofalar ikkidan ortiq so‘zdan tashkil topgan boTishi ham mumkin ('zincirleme isim tamlamalari): Ali'nin annesinin evi-ni, onun arabasmm rengi-ni, sinifkapisinm kolu-nu kabi. Tushum kelishigining unutilib lcetgan va hozirda ba’zi shevalarda saqlanib qolgan qo‘shimchasi ham bor. Bu egalik qo‘shimchasidan keyin qo'shiladigan -n ayiruvchisidir: eli-n (optii), sagi-n (cekti), yiizii-n (agti), gdzii-n (siizdii) kabi. Bu qo‘shimcha badiiy adabiyotda, xususan, she’riyatda uchraydi. Gap ichida tushum kelishigida turgan so‘zni topish uchuri gapning kesimiga kimi? neyi? savollari berilishi mumkin: Kimi seviyorsun? Berna'yi seviyorum. Neyi goriiyorsun? Daglan gbriiyorum. Ne yiyorsun? Dondurma yiyorum kabi. 5. 0‘rin-payt kelishigi (bulunma hali) turk tilida bir makonda boTishni ifoda etganligi uchun bulunma hali, b ulunma durumu (boTish holi), yoki kalma durumu (qolish holi). Ushbu kelishik shakli Yevropa tilshunosligiga moslab Lokatif deb, maktab darsliklarida soddalashtirilib, «de halr» deb ataladi. 0 ‘rin-payt kelishigi otni feTga bogTab keladi. Ushbu kelishik qo‘shimchasi unli va jarangli undosh tovushlardan keyin -de, -da, jarangsiz undosh tovushlardan keyin esa -te, -ta fizofalarda -nde, -nda) boTadi: evde oturuyoi; masada yatiyor, bizde kaliyoi; Ta§kent’te gali§ti, kapismda asili kabi. Gap ichida o‘rin-payt kelishigida turgan so‘zni topish uchun gapning kesimiga kimde? nerede? ne zaman? savollari berilishi mumkin: Kimde silah var? Osman ’dasilah var. Nerede oturuyorsunuz? tstanbul ’da oturuyorum. Ne zaman kalktyorsunuz? Sabah saat 7 ’de kalkiyorum kabi. 32 www.ziyouz.com kutubxonasi 6. Chiqish kelishigi (uzakla§ma hali) turk tilida bir makondan uzoqlashish, chiqishni ifoda etganligi uchun uzakla§ma hali, uzakla§- ma durunnt (uzoqlashish hoii), qikma durunm (chiqish kelishigi), grammatikaga oid ba’zi kitoblarda yevropa atamashunosligiga taqlidan ablatifhali deb, Turkiyadagi o‘rta maktab darsliklarida «den hali» deb nomlanadi. Chiqish kelishigi otning o‘zidan uzoqlashishni ifodalovchi feTlar bilan munosabatini bildiradi. Ushbu kelishikda so‘z unli va jarangli undosh tovushlardan keyin -den, -dan, jarangsiz undosh tovushiardan keyin esa -ten, -tan (izofaiarda -nden, -ndan) qo‘shimchasini oladi: elden gitti (qo'ldan ketdi'), tstanbul 'dan qiktik (Istanbuldan chiqdik), sizdensonra (.sizdan keyin), Taqkent ’ten donecek (Toshkentdan qaytadi), evinden kovmu§ (uyidan quvibdi) kabi. Otning kelishik shakllari sifatida ajratilgan grammatik shakllar uchxil: 1. Vasitahali (vosita shakli); 2. Eqitlik hali (tenglik shakli); 3. Ydn gosierme hali (yo ‘nalishni ko ‘rsatuvchi shakl) Download 237.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling