"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIX TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 306-GURUH TALABASI ABDULXAFIZOVA JUMAGULNING “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
- Xulosa Foydalanailgan adabiyotlar Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 306-GURUH TALABASI ABDULXAFIZOVA JUMAGULNING “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN “TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA DAVLAT BOSHQARUVI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI ANDIJON – 2022 Reja Kirish 1. Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar hamda inqilobiy g'oya va amaliyotning tutgan o'rni, ularning o'zaro aloqadorligi 2. Turkiston ASSRda bolsheviklar yakka partiya hukmronligining vujudga keltirilishi 3. O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish sovet andozasidagi boshqaruv tizimining asosiy vositasi Xulosa Foydalanailgan adabiyotlar Kirish Jahonda so'nggi yuz yillikdagi muhim siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga sotsializm va undagi boshqaruv tizimi bevosita o'z ta' sirini o'tkazdi. Oktyabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bolsheviklarning hokimiyatga kelishi va yangi sovet hukumatiga asos solishi bilan dunyo bir-biriga qarshi ikki qutbga bo'lindi. Bunday murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayonning faol ishtirokchilaridan biri Turkiston o'lkasi bo'lib, unga har jihatdan dahldor bo'ldi. Sovet hokimiyati qariyb 75 yil davomida mavjud bo'ldi. Taqdir taqozosi bilan hozirgi O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi xalqlar, jumladan, o'zbek xalqi ham sovet tuzumida yashashga majbur bo'ldi. Mustabid sovet davlat boshqaruvi qaror topdi. Bolsheviklar mamlakatda yakka hukmron siyosiy kuchga aylandilar. Yangi akademik yo'nalish — sovetologiya markazi olimlari va so'nggi yillardagi tarixchi olimlarning tadqiqotlarida Markaziy Osiyoning so'nggi 130 yillik tarixida uning intellektual-madaniy, sotsial iqtisodiy va siyosiy hayotiga mustamlakacha boshqaruv uslubining ta'siri to'liq namoyon bo'lishi hamda mahalliy xalqlar suveren boshqaruvdan chetlashtirilganligi ta'kidlanadi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda tarixchi olimlar tomonidan o'zbek xalqi davlatchilik tarixini xolislik bilan ilmiy tarzda yoritish ustuvor vazifaga aylandi. Ta'kidlash joyizki, O'zbekistonda, bir tomondan, sovet hokimiyati yillarida ma'lum ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, respublika agrar-industrial o'lkaga aylandi; ikkinchi tomondan, mazkur hukmronlik o'zbek xalqi ma'naviyati va turmush tarziga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bu borada sovet davlati boshqaruv tizimining shakllanishi, bosqichlari va mohiyati to'g'risida, xususan, sovet hokimiyatining dastlabki chorak asrlik davri (1917-1941- yillar) haqida tadqiqot olib borish muhim ahamiyat kaşb etadi. Tarixni murakkab voqealarini anglashga intilish jamiyatda o'tmishga hurmat va kelajakka ishonch ruhini shakllantiradi. Zotan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir» 1 . O'zbekiston taraqqiyotining zamonaviy bosqichida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining obyektiv tahlili, aholi bilan ochiq va to'g'ridan-to'g'ri muloqot natijalari mavjud muammolarni tizimli hal etishga ehtiyoj borligini ko'rsatdi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar ham turli tarixiy bosqichlardagi boshqaruv tizimining mohiyatini 1 Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining ko‘shma majlisidagi nutq. -T.: O‘zbekiston, 2016., -B.26 xususan, Turkistonda sovet davlat boshqaruv tizimi borasida o'quv qo'llanmalari va darsliklar nashr etishning ham dolzarbligini taqazo etadi. Rossiya imperiyasini halokatga uchratgan va uning imperiyasi hududida qaror topgan sovet davlatchiligi, uning totalitar xarakteri, bolshevikcha sovet boshqaruv tizimining mohiyati haqida ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lsada, Turkistonda sovet boshqaruv tizimining joriy etilishi, mahalliy aholining unga bo'lgan munosabati, yakka partiyaviylik tizimining barqaror bo'lishi asnosida ro'y bergan fojialar bilan bog'liq masalalar to'la yechimini topgan deb bo'lmaydi. Undan tashqari Turkistonda sovet davlatchiligi, sovet boshqaruv tizimi tarixi bo'yicha Oliy ta'lim muassasalari bakalavr va magistrlari uchun bugunga qadar o'quv qo'llanmalari, darslik yaratilmagan. Oktyabr to'ntarishi Rossiya davlatiga iqtisodiy, siyosiy, sotsial zarba berdi. Shuning uchun bir gurux tarixchilar uni ijtimoiy qiyomatga o'xshatishadi. Sovet davlatchilik institutlarining ibtidosidan intihosigacha temir intizom, harbiycha boshqaruv elementlari, o'n yillar davomida jazo otryadlari sistemasi mavjud bo'lib keldi. Biroq SSSRdagi umumxalq savodxonligi, meditsina, fan va texnika inqilobi, sanoatlashtirish kabi yutuqlarni ham inkor qilib bo'lmaydi. Shuning barobarida, reja ketidan quvish, kapital fobiya tufayli jamiyatni bir xillashtirish, asriy milliy va diniy e'tiqodlarni unutish, ekologik fojialar ham sovet jamiyatidan meros qilib olindi. «Partiya diktaturasi» siyosatini amalga oshirish va hokimiyatning yangi mexanizmini mustahkamlash SSSRni tashkil etilishi bilan bir vaqtda kechdi. Bu bir jarayonning ikki tomoni edi. SSSR nomli unitar markazlashgan davlatning tashkil topishi bilan barcha respublikalar to'g'ridan-to'g'ri markaziy ittifoqdagi organlar boshqaruviga tushib qoldilar. Partiya yuqori tabaqasining ko'rsatmalari milliy respublikalar kompartiyalari MKlari uchun mutlaqo majburiy tusga ega edi. Turkiston ASSRda sovet hokimiyati mustahkamlangach, 1920-yilda Markaz qizil armiya kuchlari bilan Xiva xonligi va Buxoro amirligini ag'darib tashladi. 1920-1924-yillarda rasman RSFSR yoki SSSRga kirmagan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi faoliyat ko'rsatdi. Tarixdan ma'lumki, sovet davrida O'zbekistonda iqtisodiyot bir tomonlama rivojlantirilgan edi. Asosan, xomashyo yetishtirishga yo'naltirilgan bunday yondoshuv Markaz tomonidan belgilangan edi. Ma'naviy hayotning barcha jabhalarida kommunistik mafkura hukmronlik qilar, Sovet Ittifoqida yashovchi boshqa xalqlar singari o'zbek halqining milliy urf — odatlari va an'analari inkor qilinib barcha vositalar "yagona sovet xalqi"ni kommunistik onglilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi. Siyosiy hokimiyat esa kommunistik partiya qo'lida bo'lib, respublikalardagi birinchi kotiblar KPSS NIK Siyosiy byurosi Kremlda chiqaradigan qarorlarni bajarishga majbur qilingan edi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling