"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan


 O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish sovet andozasidagi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1432724
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi

 


3. O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish sovet andozasidagi 
boshqaruv tizimining asosiy vositasi 
Turkiston azaldan mintaqa xalqlarining yagona va umumiy vatani bo'lgan. 
Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tub xalqlari asrlar davomida turmush 
tarzi va an'analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo'lib ketgan edilar. Buxoro va 
Xorazm respublikalari 1924-yil oxirigacha mustaqil davlat bo'lganlar. Turkiston 
mintaqasi yagona hudud, tarixiy zamin, o'z xo'jaligi, an'analari, dini, tili va 
madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. Turkistondagi davlatlarning har 
birida yuz yillar davomida turkiy xalqlar: o'zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq, 
qirg'iz shuningdek, tojik xalqi azaldan yashagan. Mintaqa xalqlari Turkiston 
tuprog'ini qadimdan o'zlarining asl vatanlari deb bilganlar
1
.
Mintaqa xalqlari yagona va bir degan g'oya (turkistonlik) avloddan-avlodga 
o'tib, XX asr 20-yillarida Turkistondagi milliy ziyolilar va millat yetakchilarining 
ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda amaliy faoliyatlarida aks etgan. Mustabid sovet 
rejimi va bolsheviklar uchun Turkiston mintaqasini bo'lib tashlab, uni idora qilish 
qulay edi. Shuning uchun ham dastlab Turkiston o'lkasiga sovet "avtonomiyasi" 
berildi, ya'ni Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida 1918-yil 30-aprelda Turkiston 
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi. Bu paytda Buxoro amirligi 
va Xiva xonligi (1920-yildan boshlab Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm 
Xalq Sovet Respublikasi) mustaqil davlatlar edi. So'ngra bolsheviklar tomonidan 
Turkiston mintaqasini parchalab tashlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rildi. Bu 
jarayon ayrim uzilishlar bilan 7 Yil davom etdi
2
.
Rossiyada fuqarolar urushi va chet el harbiy intervensiyasiga qarshi kurash 
yillarida (1918-1922- yillar) Rossiya imperiyasining sobiq hududida mustaqil 
davlatlar (Polsha, Finlyandiya), mustaqil milliy respublikalar (Litva, Latviya, 
Estoniya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston), sovet respublikalari 
(Belorusiya SSR va b.), muxtoriyatli hukumatlar (Turkiston Muxtoriyati, Alash 
Orda, Boshqirdiston Muxtoriyati va b) tashkil topdi. Bundan tashqari, RSFSR 
tarkibida turli avtonom sovet respublikalari (Turkiston ASSR, Qirg'iziston ASSR, 
Qozog'iston ASSR) va b.) bor edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va keyinchalik 
sovet Rossiyasining bevosita hududiy tarkibiga kirmagan bo'lsa ham, uning ta'siri va 
nazoratida mavjud bo'lib turgan Turkiston mintaqasidagi milliy davlatlar (Buxoro 
amirligi, Xiva xonligi; 1920-yilda ularning o'rnida tashkil qilingan Xorazm Xalq 
Sovet Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mavjudligi bu davrdagi real 
hodisa edi. Yuqorida nomlari tilga olingan davlatlar va respublikalar bilan sovet 
Rossiyasi o'rtasidagi munosabatlar murakkab xarakterda bo'lgan. Sovet 
hukumatining dastlab e'lon qilgan rasmiy hujjatlaridan biri — ”Rossiya xalqlari 
1
Мингнаров А. Туркистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнларнинг миллий матбуотда ёритилиши (1917 — 1918 
йиллар). —Тошкент: ”Истиклол нури”, 2013, -B.181 
2
Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик 
окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.108 


huquqlari Deklaratsiyasi” (1917-yil 2-noyabrda qabul qilingan) yangi tashkil 
qilingan sovet Rossiyasi Xalq Komissarlari Soveti o'z faoliyatida ”Rossiya 
xalqlarining o'z taqdirlarini o'zlari erkinlik bilan belgilashlari, hattoki, ajralib chiqish 
va mustaqil davlat tuzish huquqini” asos qilib olganliklari tantanavor ravishda e'lon 
qilingan bo'lsa-da, aslini olganda, bolsheviklar Polsha va Finlyandiyadan boshqa 
xalqlar (Ukraina, Kavkaz, Turkiston, Boltiqbo'yi va b.)ga mustaqillik berishni 
xohlamaganlar. Tadqiqotchi O.Chistyakov to'g'ri ta'kidlaganidek, RSFSR bilan 
boshqa sovet respublikalari o'rtasida bir tomondan ”mustaqil” aloqalar mavjud 
bo'lsa, ikkinchi tomondan ular sovet Rossiyasi izmi bilan ish ko'rgan. Chunki bu 
respublikalarning vakillari Butunrossiya Sovetlari syezdlarida ishtirok etgan, 
RSFSR qonunchiligi bu respublikalar hududlarida u yoki bu darajada kuchga ega 
bo'lgan. Bu respublikalardagi hukmron siyosiy partiya — kommunistik partiya 
Rossiya Kommunistik partiyasi-RKP (b) Markaziy Komitetiga bo'ysungan. Bu 
respublikalarning armiyasi yagona qizil armiya tarkibiga, byudjeti RSFSR byudjeti 
hisobiga kirgan.
Rossiyaning hududi va aholisi (100 mln.kishidan ko'p) qizil armiya (5.5 mln. 
kishi) ning miqdorini bu ”mustaqil” yoki avtonom sovet respublikalarining haqiqiy 
holati va kuchi bilan solishtirish qiyin. Sovet federatsiyasining asosiy qoidalari 
1918-yil 10-18yanvarda bo'lgan Butunrossiya Sovetlarining uchinchi syezdida yana 
bir marta e'lon qilindi. Ezilgan va ekspluatatsiya qilingan mehnatkashlar huquqlari 
Deklaratsiyasida ko'rsatilishicha, Rossiya Sovet Respublikasi ozod millatlarning 
erkin ittifoqi asosida milliy Sovet Respublikalari Ittifoqi federatsiyasini tashkil etadi. 
Bunda Rossiyadagi har bir millat o'z respublikasi bo'lishi uchun huquqlarga ega 
bo'lishi mumkin. Moskvalik tadqiqotchi A.Vdovin yozganidek, bu deklaratsiyani 
amaliyotda qo'llash tajribasi butunlay boshqacha bo'ldi. 1918-yil aprel oyida 
Turkiston Sovet Respublikasini tuzish bilan birga kelgusida federatsiya sub'ekti 
sifatida milliyhududiy avtonomiya (avtonom respublika yoki oblast) tashkil etish 
ham ko'zda tutildi.
Ma'lumki, sovet rejimi tomonidan Turkiston mintaqasida faoliyat ko'rsatgan 
Turkiston Muxtoriyati hukumati 1918-yil fevralda, Alash-Orda Muxtor hukumati 
1920-yil martda, Boshqirdiston Muxtoriyati hukumati 1920-yil iyunda tugatildi. 
Bundan tashqari, 1920-1921- yillarda Ukraina, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston 
kabi mustaqil milliy respublikalar tugatilib, ularning o'rnida sovet respublikalari 
tashkil qilindi. Dog' iston va Chechenistonda faoliyat ko'rsatgan Shimoliy Kavkaz 
amirligi, Tog'li Respublika (ruscha hujjatlarda Gorskaya Respublika) ham 1920-
yillarda bolsheviklarning harbiy kuchlari tomonidan ag'darib tashlandi. Faqat 
Boltiqbo'yida faoliyat ko'rsatayotgan mustaqil "burjua Litva, Latviya, Estoniya 
davlatlari” 1940yilgacha o'z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldilar. 
1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil 
topdi. Sovet davridagi tarixiy adabiyotlarda, xususan, XX asr 50-80-yillarida 
yaratilgan 
tadqiqotlarda keltirilgan fikrlarga qarama-qarshi o'laroq shuni 


ta'kidlash lozimki, yangi sovet davlati — SSSRning asoschisi va g'oyaviy 
tashkilotchisi V.I.Lenin bo'lmay, balki bu davlat I.V.Stalin g'oyalari asosida hamda 
bevosita uning rahbarligida tashkil qilingan (SSSRda dastlab to'rt respublika: 
RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va Zakavkaze SFSR kirgan.) SSSRning 
tashkil qilinishi bilan Turkiston o'lkasining taqdiri uzil-kesil hal qilindi. 1920-yil 
boshlarida Turkiston komissiyasi Turkiston ASSRni milliy til belgisiga qarab, bo'lib 
tashlash masalasini qo'ygan edi. Turkiston Komissiyasining bu tezislariga qarshi 
chiqqan T.Risqulov, N.Xo'jayev va boshqa milliy yetakchilar "panturkizm", 
"panislomizm", "burjua millatchiligi” va "o'ng og'machilik"da ayblandi. Bu haqda 
sal oldin to'xtalib o'tildi
1
.
V.I.Lenin 1920-yil may oyida Turkistonni Uzbekiya, Kirgiziya, 
Turkmeniyaga bo'lingan xaritasini tuzishni mutasaddi shaxslarga topshirgan. 
Shuning uchun 1920-yil avgustda Turkiston ASSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo 
va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan RSFSR tarkibidagi 
Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR) ixtiyoriga berilgan. 1920-1924-
yillarda mustaqil Buxoro va Xorazm respublikalarini mavjud bo'lib turishi 
Markazning vaqtinchalik murosa yo' lini tanlaganligidan boshqa narsa emas edi. 
Aslini olganda, Sovet hukumatining rahbari V.I.Lenin sovet respublikalari asosida 
SSSRni tashkil qilish prinsiplari to'g'risida 1922-yil kuzida to'xtalar ekan, 
"qo'shilishdan oldin ajralish kcrak", deb masalani aniq qo'ygan edi.
Xullas, Turkiston mintaqasini milliy-hududiy jihatdan qayta chegaralash 
Markaz va RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924-yilda 
u o'zining so'nggi bosqichiga kirdi. 1924-yil aprel-iyun oylarida Markaziy organlar, 
mintaqaning uch respublikasidagi kommunistik tashkilotlar va RKP (b) MK O'rta 
Osiyo byurosida milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zo'r berib ish Olib 
borildi. Milliy chegaralanish masalalarini yanada batafsil va chuqurroq o'rganish 
uchun Turkiston va Buxoro Kommunistik partiyalari Markaziy qo'mitalari huzurida 
maxsus komissiyalar tuzildi. Bunday komissiya Markazning Turkistondagi vakolatli 
tashkiloti-O'rta Osiyo byurosi huzurida ham ish olib borgan. Shuningdek, bu 
komissiya huzurida kichik komissiyalar ham tashkil etilgan edi. 
Milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazishga ma' sul bo'lgan kichik 
komissiyalarning ma'ruzalari RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi komissiyasining 
1924-yil 10-maydagi majlisida, 11-mayda esa RKP (b) O'rta Osiyo byurosining 
maxsus majlisida tinglandi. O'rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi va uning kichik 
komissiyalari ishining yakunlarini muhokama qilib, ular ishlab chiqqan O'rta 
Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishining aniq rejasini tasdiqladi. Qabul 
qilingan qarorda bunday deyilgan edi: 
"1. Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini milliyhududiy belgilariga 
ko'ra chegaralash zarur deb topilsin, yangi tashkil etilayotgan milliy-hududiy 
1
Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик 
окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.110 


birlashmalardan federatsiya tashkil etilmasin. 2. O'zbekiston va Turkmaniston 
respublikalari tashkil etilsin va ular mustaqil SSR huquqlariga ega bo'lsin va 
bevosita SSSRga kirsin. O'zbekiston respublikasi doirasida Tojikiston avtonom 
viloyati tashkil etilsin. Qirg'iziston avtonom viloyati tashkil etilib, uning qaysi 
respublika tarkibiga kirishi masalasi ochiq qoldirilsin. 3. Turkiston Respublikasida 
yashaydigan qozoqlar hozirgi vaqtda mavjud bo'lib turgan Qozog'iston avtonom 
respublikasiga kiritilsin”. Turkiston o'lkasini parchalab tashlashga qarshi chiqqanlar 
orasida milliy rahbar-xodimlardan tashqari, Markazdan kelgan ayrim nufuzli 
vakillar ham bo'lgan. Ana shunday kommunistlardan biri G.Safarov bo'lib, u 
o'zining 1924-yil 25-aprelda ”Typкестанская-правда” gazetasida e'lon qilgan 
maqolasida Turkistondagi mavjud ahvolni batafsil ko'rsatib, quyidagicha 
mulohazalarni keltirib o'tadi: ”Turkistonni bo'lish yengiltaklik bo'lib, ba'zi oblastlar 
masalasida nizolar kelib chiqadi. Chunki iqtisodiy jihatdan turli oblastlar birbirini 
to'ldiradi hamda juda ko'p turli millatlar yashaydigan aralash aholi punktlari mavjud. 
Shu masala yuzasidan ko'plab muammolar kelib chiqadi”. 
Darhaqiqat, 1924-yili milliy-hududiy chegaralanish jarayonida milliy masala 
juda jiddiylashdi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, ahvol shu darajaga borib yetdiki, 
aholi o'zining millatini yashira boshladi. Ular o'zlarini yashash joylaridan ko'chirib, 
shu nomdagi respublikaga jo'natib yuborilishidan cho'chir edilar. 0'rta Osiyo 
byurosining mintaqada milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazilishi haqidagi 
qaroriga dastlab Xorazm respublikasi rahbarlari qarshi chiqqanlar. 1924-yil 8mayda 
O'rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasiga qatnashish uchun Toshkentga kelgan Xorazm 
delegatsiyasining a'zolari RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining raisi nomiga 
"Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to'g'risida yozishmalar” nomli hujjatni 
topshirishdi. Hujjatda bunday deyilgan: "Xorazm rayonining iqtisodiy jihatdan 
yaxlitligi, uning xususiyatlari va Turkiston rayonlaridan farq qilishi, Xorazmning 
ayrim rayonlari tuzish mo'ljallanayotgan milliy respublikalar markazlari bilan uzviy 
bog'lanmaganligi”.
Xorazmni o'z chegarasi doirasida mustaqil ma'muriy siyosiy markaz sifatida 
qoldirishni taqozo etadi. Yozishma mualliflari Xorazm SSRga Turkiston ASSRning 
Amudaryo viloyatini qo'shish masalasini ham ko'tardilar. Xullas, bu maktubda 
Xorazmni mustaqil ma'muriy rayon sifatida o'zining doirasida qoldirish va 
Xorazmga Amudaryo viloyatini kiritish masalasi qo'yilgan edi. Aslida bu Xorazm 
respublikasi rahbariyatining chegaralanish o'tkazilishini rad qilishi edi. Biroq O'rta 
Osiyo byurosi xorazmlik milliy rahbar-xodimlarning fıkrlarini qat'iyan rad qildi, 
byuro qabul qilgan o'z qarorining birinchi bandiga Xorazm respublikasini ham 
kiritdi. Shunga qaramasdan, XKP MK Ijroiya byurosi 1924-yil iyunda yuborgan 
telegrammasi bilan maktub mualliflarining nuqtai nazarini qo'llab-quvvatladi. 
Xullas, xorazmlik milliy yetakchilar o'z fıkrlarida sobit qolib, bu masalada Markaz 
siyosatiga qarshi chiqdilar. 
Shu munosabat bilan RKP (b) MK Siyosiy byurosi 1924yil 12-iyunda bo'lib 


o'tgan majlisida chegaralanish materiallariga doir hujjatlarga tegishli tuzatishlar 
kiritishga majbur bo'ldi. Siyosiy byuro Xorazm respublikasini oldingidek o'z holiga 
qoldirishga vaqtincha rozi bo'ldi va bu haqda qarorda yozib qo'yildi. Shuningdek, 
Markaz bu haqda 0'rta Osiyo byurosiga tegishli topshiriqlarni jo'natdi. Xullas, 1924-
yil 12-iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi ”O'rta Osiyo respublikalarini (Turkiston, 
Buxoro va Xorazmni) milliy chegaralash to'g'risida”gi masalani ko'rib chiqdi hamda 
”Buxoro va Turkiston Kompartiyalari Markaziy komitetlari va Xalq Komissarlari 
Sovetlarining takliflari” ni hisobga olib, bunday qaror qabul qildi: Turkiston, Buxoro 
va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan mustaqil Turkmaniston 
respublikasi tuzilsin; Turkiston va Buxoroning o'zbeklar yashaydigan qismlaridan 
mustaqil O'zbekiston respublikasi tuzilsin; v) Xorazm respublikasidan turkmanlarni 
ajratgan holda bu respublika o'z holicha qoldirilsin
1

Siyosiy byuro Turkistonning qozoqlar yashaydigan rayonlarini Qirg'iziston 
ASSR (aslida Qozog'iston ASSR) bilan birlashtirishni, shuningdek, bevosita RSFSR 
tarkibiga kiradigan Qora-Qirg'iziston (aslida Qirg'iziston) avtonom viloyati va 
O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyatini tuzishni zarur deb topdi. 
RKP (b) MK 0'rta Osiyo byurosi o'zining 1924-yil 10avgustda bo'lgan 322-majlisida 
byuro kotibi Karklinning ”Xorazm bo'yicha amaliy takliflar” nomli ma'ruzasi 
asosida qaror qabul qildi. Bu qarorda XKP MK Tashkiliy byurosi tomonidan 26-
iyunda qabul qilingan Xorazmning o'zbeklar yashaydigan qismini O'zbekiston 
Respublikasiga kiritish haqidagi "qaror” ma'qullandi. Xorazm respublikasi 
tarkibidagi Qirg'iz-Qoraqalpoq oblastiga munosabat masalasi ochiq qoldirildi. 
RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi Markaz topshiriqlarini bajarishga intildi. 
Natijada 26-iyunda Xorazm Kompartiyasi MKining yangilangan tarkibi milliy 
kommunistlar 9-iyunda chiqargan qarorni bekor qildi va Xorazm uchun ham milliy 
chegaralanishning zarurligini e'tirof etdi. RKP(b) MK Siyosiy byurosi O'rta Osiyo 
byurosining taklifi bilan yana bu masalaga qaytdi va Xorazmni Buxoro hamda 
Turkiston bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanish jarayoniga qo'shdi. RKP 
(b) MK Siyosiy byurosining 1924-yil 12-iyunda qabul qilgan qaroridan boshlab 
milliy-hududiy chegaralanishni tayyorlash jarayoni yangi bosqichga kirdi. 15-iyulda 
RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va 
viloyatlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi.O'zbeklar byurosi tarkibiga Fayzulla 
Xo'jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikromovdan tashqari Qori Yo'ldosh Po'latov, 
Muxtorjon Saidjonov, Kalugin a'zo sifatida, Inoyatov nomzod sifatida kirgan edi
2
.
Rejalashtirilgan yangi milliy tuzilmalarni mazmunan to'ldirish, ularning 
hududlarini aniqlab chiqarish, chegaralami ajratish va belgilash lozim edi. Bu ish 
birmuncha oldinroq RKP (b) VİK O'rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy 
1
Ражабов К., Хайдаров М. Туркистоп тарихи (1917-1924й). Укув куллапмаси. Тошкент: Университет, 2002.
-B.89 
2
Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: 
”Navro'z”, 2014. -B.73 


komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida va janjalli masalalarni hal qilish 
uchun tuzilgan maxsus komissiyalarda boshlangan edi. Hududiy komissiya tarkibiga 
F.Xo'jayev, S.Xo'janov, A. Rahimboyev, R. Islomov, Q. Otaboyev, N.Aytoqov, Y. 
Abdurahmonov, I.Aydarbekov, I.Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat-Muratov 
va boshqa siyosiy arboblar kirgan edi. 
Hududiy komissiya (uning tarkibiga yangi tashkil etilayotgan respublikalar va 
viloyatlarning yuqorida nomlari keltirilgan vakillari kirgan edi) majlislarining 
stenografik hisobotlari bu ishni bajarganlardan birining obrazli ifodasi bilan 
aytganda, "aholini milliy guruhlarga ajratish” muammolarining murakkabligi va 
xilma-xilligiga bugungi kunda chinakam baho berish imkoniyatini tug'diradi. Agar 
o'zbek va turkman kichik komissiyalarining vakillari umuman bitta nuqtai nazarda: 
chegaralanish asosida mustaqil "milliy sovet respublikalari” va avtonom viloyatlari 
tashkil etilishini yoqlagan bo'lsalar, Xorazm delegatsiyasi Xorazm respublikasining 
dahlsizligini himoya qilishda davom etdi, qozoq kichik komissiyasi esa O'rta Osiyo 
sovet respublikalari federatsiyasini tuzish g'oyasini yana bir marła ilgari surdi. O'rta 
Osiyo hududini mo'ljallanayotgan milliy tuzilmalar o'rtasida chegaralarga ajratib 
olishda yanada ko'proq xilma-xillik ko'zga tashlandi. Chegaralanish uchun asos qilib 
olingan ikki prinsip-milliy-hududiy va iqtisodiy prinsiplar O'rta Osiyoda mavjud 
bo'lgan sharoitga to'g'ri kelmadi.
Hududiy komissiya a'zolari oldiga hal ctilishi qiyin bo'lgan vazifalarni kcltirib 
chiqardi, ular o'rtasida norozilik va kelishmovchiliklarni chuqurlashtirdi, ba'zida esa 
g'alati vajiddiy vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Majlis qatnashchilari tayanch 
masalalarni ilmiy jihatdan yanada chuqurroq o'rganib o'tirmasdan, oddiy ovoz berish 
yo'li bilan 0'rta Osiyo Federatsiyasi tashkil etilishi g'oyasiga (majlisda bu g'oyani 
Sultonbek Xo'janov asoslab bergan va himoya qilgan edi) qarshi fikr bildirib, 
O'zbekiston SSR va Turkmaniston SSRni tashkil etish va ularning bevosita SSSRga 
kirishini, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyati va Qirg'iziston 
avtonom viloyati tarkib topishini yoqlab chiqdilar.
Umuman olganda, RKP(b) MK 0'rta Osiyo byurosining Hududiy komissiyasi 
majlisi ishtirokchilari milliy-hududiy chegaralanish masalalari yetarli daraj ada 
tayyorlanmaganligini, taxminan hal etilganligini, ularni ilmiy jihatdan asoslab berish 
ehtiyoji borligini tushunib yetdilar, qo'shimcha materiallar, statistik ma'lumotlar jalb 
qilish zarurligi, tegishli xaritalarga ega bo'lish kerakligi ko'rsatib o'tildi. Ana 
shularga asoslanib, xususan, yangi tuzilmalarning chegaralari haqidagi masalani 
qarab chiqish vaqtinchalik qoldirildi. Milliy belgilariga qarab bo'lish ham unchalik 
maqsadga muvofiq emas edi, sababi aholi soni ham, milliy joylashuvi ham to'liq 
o'rganilmagan edi.
Hududiy komissiya faoliyatining natijalari RKP (b) MK O'rta Osiyo 
byurosida va O'rta Osiyo kommunistik tashkilotlari rahbar organlarida muhokama 
qilindi. 1924-yil 14-sentyabrda Turkiston Kompartiyasi, Turkiston ASSR MIK va 
Taftish komissiyasining qo'shma plenumida. Hududiy komissiyaning ishi to'g'risida 


komissiya raisi, TKP MKning mas'ul kotibi I.Vareykis ma'ruza qildi. U o'z 
ma'ruzasining 
kirish 
qismida 
milliy-hududiy 
chegaralanishning 
tepasida 
bolsheviklar partiyasi turganligini zo'r qoniqish hissi bilan ta'kidlaydi. Vareykis 
bundan tashqari, ishchi va dehqonlar ommasi o'rtasida bu masala yuzasidan 
tashviqot kompaniyasi ochish zarurligini taklif qiladi. Shunday qilib, mintaqa 
xalqlari o'z taqdirlarini hal qilishi kerak bo'lgan milliy-hududiy chegaralanish 
jarayoniga endigina tortiladi.
TKP NIK, Turkiston MIK va Taftish komissiyasining qo'shma plenumi 
Turkiston, Buxoro va Xorazmning milliyhududiy chegaralanishi rejasini umuman, 
ma'qulladi, Hududiy komissiyaning va RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosining 
qarorlarini tasdiqladi va mazkur rejani qarab chiqish hamda tasdiqlash uchun 
Turkiston ASSR MIKning favqulodda sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi. 
Shu tariqa, bunga qadar faqat partiya organlari tomonidan qarab chiqilgan, 
tayyorlangan va uzil-kesil hal etilgan masalani tasdiqlash uchun sovet organlariga 
berishga qaror qilindi. Shuningdek, TKP NIK ning Qo'shma plenumi bu masalaga 
doir o'z rezolyutsiyasida "ishchilar va dehqonlar ommasi orasida keng kompaniya 
ochish" ni taklif qildi, chunki I.Vareykisning ma'ruzasida quyidagi fikrlarga alohida 
urg'u berilgan edi: "Masalaninig siyosiy tomonlari xaqida xulosa chiqarish 
imkoniyatiga ega emasmiz. Na Markaziy komitetda, na O'rta Osiyo byurosida aynan 
milliy hududiy chegaralanish g'oyasi mahalliy aholiga qanday ta' sir qilganligi, 
singiganligi haqida aniq to'xtamga kelinmagan.
Uning partiyaviy doiralardagi aks-sadosini bilamiz, ammo partiyasizlar 
orasida qanday kechayotganligidan bexabarmiz. Bu masalani o'rganish uchun 
tadqiqotlar, tekshiruvlar o'tkazmadik. Birorta syezd, konferensiya o'tkazmadik. 
Bizku ularni amalga oshirmadik, ammo aslida sovet siyosatini to'g'ri tashkil etish 
syezdlar o'tkazilgandagina risoladagidek bo'ladi. Biz shularni bajarmagan ekanmiz 
biz faqatgina yuqorining, ya'ni partiyaviy rahbariyatning fikriga egamiz. Bunday 
olib qaraganda, partiyaning nuqtai nazari ham bizga qorong'u".
Vareykisning bu mulohazasi juda muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham, 
yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, o'lka aholisi o'sha paytga qadar o'z taqdiri uchun 
g'oyat ahamiyatli bo' Igan masalani muhokama qilishdan butunlay chetlashtirilib 
qo'yilgan edi. O'rta osiyo byurosi TKP, BRP va XKP Markaziy Komitetlariga 
mahalliy partiya tashkilotlariga "chegaralanish bo'yicha ham og'zaki, ham yozma 
tashviqot kompaniyasi o'tkazish vaqtida internatsional kommunistik jihatlarga qat'iy 
amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim millatlar o'rtasida qandaydir masalada 
bo'lmasin, kelib chiqadigan milliy og'machilikka yo'l qo'ymaslik... chegaralanish 
masalalarini ko'pchilik o'rtasida muhokama qilish vaqtida RKP (b) MK va 0'rta 
Osiyo Byurosining 0'rta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi to'g'risidagi 
qarorlariga qaťiy amal qilish...” vazifasini yuklashni taklif etdi.
XSSR ning Moskvadagi muxtor vakili Abdusalomov tomonidan 1924-yil 28-
avgustda VKP (b) MK Bosh kotibi I.V.Stalin nomiga yozilgan maktubda milliy-


hududiy chegaralanish xususida qiziqarli dalillar mavjud. Unda dastlabki sovet 
hokimiyatining Sharqdagi siyosati to'g'risida to'xtaladi, so'ngra Xorazmdagi 
davlatchilik tarixi, qadimgi Xorazm davlatining jahon tarixida tutgan o'rni, bugungi 
kunda Xorazm respublikasidagi siyosiy ahvol va xorazmliklar ruhiyatidagi 
o'zgarishlar xususida so'z boradi. Maktub muallifi XSSRning Moskvadagi muxtor 
vakolatxonasiga uning huzuriga shu masala bo'yicha maxsus kelgan Afg'oniston 
elchixonasining birinchi kotibi bilan ikkalasi o'rtasida bo'lib o'tgan suhbat to'g'risida 
ham Stalinga ma'lumot berib, milliy-hududiy chegaralanish 0'rta Osiyo 
respublikalariga qo'shni davlatlar: Afg'oniston, Eron, Turkiya kabi Sharq 
mamlakatlarida kuchli qiziqish, ayni paytda katta xavotirga sabab bo'layotganligi 
to'g'risida gapiradi. Abdusalomovning yozishicha, uning nazarida bu masalani hal 
etish erta boshlangan. U bu masala bo'yicha Sukerman bilan bo'lib o'tgan suhbatdan 
qoniqmaganligi uchun Stalinga shaxsan murojaat qilgan. Afsuski, Stalinning javob 
maktubi yoxud boshqa fıkrlar haqida arxivda ma'lumotlar saqlanib qolmagan
1

VKP (b) MK O'rta Osiyo byurosining 1924-yil 7-sentyabrda bo'lib o'tgan 107-
majlisida byuroning birinchi kotibi l.A.Zelenskiy "Chegaralanish bilan bog'liq 
masalalar to'g'risida” ma'ruza qildi. Nutqda O'rta Osiyoda o'tkazilayotgan milliy-
hududiy chegaralanish bilan bog'liq tadbirlar xususida so'z boradi. Majlisda hududiy 
komissiyaning 16-avgustdagi 2-protokoli, 21-avgustdagi 5protokoli va 6-
sentyabrdagi 6-protokoli asosida yangi tuzilayotgan Turkmaniston SSR ning 
chegaralari tasdiqlanadi. Shuningdek, hududiy komissiyaning 21avgustdagi 5-
protokoli asosida yangi tuzilayotgan O'zbekiston SSRning Qirg'iziston Respublikasi 
(aslida Qozog'iston ASSR) bilan chegaralari ham tasdiqlanadi. Bundan tashqari, 
Hududiy komissiyaning 6-sentyabrdagi 6protokoli asosida yangi tuzilayotgan 
Tojikiston avtonom oblastining chegaralari, 21-avgustdagi 5-protokoli asosida Qora 
Qirg'iz (aslida Qirg'iziston) avtonom viloyatining chegaralari va 21-avgustdagi 5-
protokoli va 6-sentyabrdagi 6-protokoli asosida Qoraqalpoq avtonom viloyatining 
chegaralari hamda Amudaryo viloyati hududi tasdiqlanadi. Turli xalqlar aralash 
yashaydigan hududlarni milliy respublikalar yoki viloyatlarning qaysi biriga kiritish 
lozimligi keskin tortishuvlarga sabab bo'ladi. Bu haqda arxiv fondlarida ko'plab 
hujjatlar saqlanib qolgan. 
0'rta Osiyo byurosining 1924-yil 9-sentyabrda bo'lgan 109-majlisida 
Buxorodagi qirg'izlar (qozoqlar) masalasi bo'yicha komissiyaning ma'ruzasi 
tinglanadi. Ma'ruzada ko'rsatilishicha, Buxoro viloyati, Karmana viloyatining 
g'arbiy qismi (Konimex) va Nurota viloyatlarida qirg'izlar (qozoqlar) 
yashayotganligi uchun bu yerda maxsus qirg'izlar tumani (markazi-Nurota shahri) 
tashkil qilinishi lozim. Bu tuman markaziy hokimiyatga to'g'ridan-to'g'ri bo'ysunadi. 
Bu haqda majlisda maxsus qaror qabul qilingan va ushbu qaror asosida keyinchalik 
maxsus Nurota uezdi va Konimex avtonom rayoni tashkil etilgan. 1924-yil 15-
1
Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: 
”Navro'z”, 2014. -B.86 


sentyabrda Turkiston ASSR MIKning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. 
Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. 
Mazkur masala yuzasidan Turkiston ASSR XKS raisi R.lslomov ma'ruza qildi. Bu 
ma'ruza ilgarigi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g'oyalar va qoidalarni 
takrorlashdan iborat bo'ldi.
Ma'ruzada 0'rta Osiyoda o'tkazilâyotgan milliy-hududiy chegaralanishni 
”millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash prinsipi” ni to'liq amalga oshirish, yangi 
”milliy davlat tuzilmalari”ni tashkil etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. 
Shu bilan birga R.lslomov ma'ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish ”xalqlarning 
xohish-irodasini bildirish akti”, degan tezis birinchi bor quyidagicha ochiq aytildi: 
”Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy 
chegaralanish to'g'risida o'z-xohish irodasini bildirdilar. Ular ham barcha o'zbeklar, 
qirg'izlar va turkmanlarning yagona davlatga birlashtirish yo' li bilan qilingan tarixiy 
adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar". Turkiston ASSRdan tashqari 
BSSR va XSSR da ham milliy-hududiy chegaralanish to'g'risida shunday qarorlar 
qabul qilindi. 1924-yil 14-oktyabrda bo'lgan Butun Rossiya MIQning I sessiyasida 
O'rta Osiyodagi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari o'rnida O'zbekiston 
SSR va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O'zbekiston tarkibida), Qoraqalpoq 
(Qoraqalpog'iston) avtonom viloyati va Qirg'iz (Qirg'iziston) avtonom viloyati 
tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Nihoyat, 1924-yil 27-oktyabrda bo'lgan 
Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo'mitasi II sessiyasi O'rta Osiyoda milliy-hududiy 
chegaralanish o'tkazish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish 
to'g'risida qaror qabul qildi. 
Xulosa qilib aytganda, 1924-yil sentyabr-oktyabr oylarida Turkiston 
mintaqasida o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo respublikalari, 
sovet Rossiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo'li 
bilan rasmiylashtirildi. 1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va 
Xorazm SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitalari maxsus qo'shma qaror qabul qildilar va 
shu qarorga binoan o'z vakolatlarini O'zbckiston SSR Sovetlarining Ta'sis 
qurultoyiga qadar ish ko'ruvchi, Fayzulla Xo'jayev raisligida 31-oktyabrda tashkil 
etilgan O'zbckiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (revkom) ga topshirdilar. Bu 
komitet to'rt oy davomida O'zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
O'zbekiston SSR Revkomining 1925-yil 29-yanvardagi qaroriga ko'ra yangi 
tuzilayotgan respublikaning ma'muriy tuzilishi quyidagicha bo'lgan: O 
Ç 
zSSR 7 ta 
viloyat va alohida Nurota uezdiga bo'lingan. Samarqand shahri poytaxt bo'lishi 
kerak edi. Viloyatlar 32 ta uyezd, uezdlar esa 312 ta volostga bo'lingan. Shunday 
qilib, 1924-yil oxiri va 1925-yil boshlarida Turkiston ASSR, BSSR va XSSR 
tugatilib, ularning o'rnida O'zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR 
(1929-yilgacha O'zbekiston SSR tarkibida), Qora-Qirg'iz (Qirg'iz) avtonom viloyati 
(RSFSR tarkibida), Qoraqalpoq avtonom viloyati (dastlab Qozog'iston ASSR 
tarkibida; 1930-yildan RSFSR tarkibida; 1932-yildan Qoraqalpog'iston ASSR; 


1936-yildan u O'zbekiston SSR tarkibida) tashkil etildi. 1924-yil oxiri va 1925-yil 
boshlarida sovet rejimi va bolsheviklar Turkiston mintaqasini parchalab tashlab, 
O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirdi. 


Xulosa 
Turkiston ASSRda 1917-1924- yillarda mavjud bo'lgan sovet davlati 
boshqaruv tizimini bir nechta kichik bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich 
(1917-1920-yillar) da Rossiya markazida bo'lgani singari Turkiston 0'lkasida ham 
bolsheviklar tomonidan majburiy tarzda sovet hokimiyati o'rnatildi. RSFSR 
tarkibida 1918-yil aprelda Turkiston ASSR tashkil qilindi. Mintaqada 
taraqqiyotning sovet davlatchiligi singari yangi shakliga asos solindi. Ikkinchi 
bosqich (1920-1924-yillar) da bolsheviklar Markazning harbiy kuchlariga tayangan 
holda 1920-yili Xiva xonligi va Buxoro amirligini kuch bilan tugatib, mahalliy 
”inqilobchilar” yordamida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasini tashkil qildilar.
Bundan tashqari, 1920-yili Turkiston ASSR hududining muayyan qismida 
Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR)ga asos solindi. Aynan 1920-yildan 
boshlangan Turkiston mintaqasini avval bo'lib tashlab, so'ngra boshqarish jarayoni 
1924-yil oxirida O'rta Osiyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish 
siyosatining o'tkazilishi bilan yakunlandi. Shu narsani qayd qilib o'tish lozimki, 
1922-yil 30-dekabrda to'rtta sovet respublikasi tomonidan SSSR davlati ham 
tuzilgan edi. Oktyabr to'ntarishi Rossiya davlatiga iqtisodiy, siyosiy, sotsial zarba 
berdi. Shuning uchun bir guruh tarixchilar uni ijtimoiy qiyołnatga o’xshatishadi. 
Sovet davlatchilik institutlarining ibtidosidan intihosigacha tełnir intizotn, harbiycha 
boshqaruv elenłentlari, o'n yillar (lavołni(la jazo otryadlari sistełnasi mavjud bo' lib 
keldi. Biroq SSSRdagi umumxalq savodxonligi, Ineditsina, fan va te,xnika inqilobi, 
sanoatlashtirish kabi yutuqlarni ham inkor qilib bo'lmaydi.
Shuning barobarida reja kctidan quvish, kapitallobiya tufayli jamiyatni bir 
xillashtirish, asriy milliy va diniy e'tiqodlarni unutish, ekologik fojcalar ham sovet 
jamiyatidan meros qilib olindi. Bularning barini kcskin inkor etmagan hołda ”xalqlar 
turmasi” bo'lmish Rossiya, keyinchalik SSSRning ijtimoiyiqtisodiy alwoli og'ir 
kcchganligi asosiy omillardan biri bo'lganligini ham esdan chiqarmaslik lozim. 
Rossiya imperiyasida siyosiy va psixologik zo'riqish bir nuqtaga to'planib qoldi. 
Kuchlarni bunday yo'naltirishda ziyolilarning xizmatlari ham bor edi.
Rossiya imperiyasi ma'murlari bilan mahalliy to'ralar o'rtasida bilinar-
bilinmas to'siq bo'lgani barobarida barcha hududlardagi inqilobiy kuchlar 
internatsionallashib bordi. Aholining ko'pchilik qatlamiga mos keladigan shiorlarni, 
va'dalarni topishda, nisbatan łezkor harakat qilishda bolsheviklar ilg'or edi. 
Kurashlarda yo'qotilgan kuchlarni kundan-kun qashshoqlik girdobidagi yo'qsullar 
to'ldirib borar edi. Ocharchilik, jon saqlash instinkti ham hokimiyat va qurolli 
kuchlarga aloqador bo'lishda muhim omillardan edi. Turkistonda ahvol bundan ham 
og'ir bo'ldi. Avvalo, o'lkada hech qanday inqilobiy kuchlarning uchquni ham 
bo'lmagan. Diniy e'tiqod, mahalliy urf-odatlar o'ta kuchli edi. Bolsheviklar 
inqilobining jangovar kuchi bo'lgan yevropalik ishchilar sinfi mustamlakachilik 


"sharbati”ni totgan va bunga moyil edi. Mahalliy millatlar orasida esa inqilobiy 
g'oyalar keng tarqalmadi. Bunga sabablardan biri uning imperiyaga aloqadorligidan 
ham bo'ldi. Milliy masala hayotiy zaruriyat edi. Markaz vakili G.Safarov ta'biri bilan 
aytganda, inqilob davrida mahalliy millatlarga ozodlik va non zarur edi. Turkistonda 
bolsheviklar partiyasi sovet hokimiyati zaruriyati tufayli tashkil etildi. Aynan shu 
jihatning o'zi marksizm-leninizm g' oyalarining butkul teskarisi edi. Sovet Rossiyasi 
hukumatining birinchi siyosiy tadbirlari "Rossiya xalqlari huquqlarining 
Deklaratsiyasi”, "Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga” 
Murojaatnomada tilga olingan demokratik tamoyillar deklarativ xarakterga ega 
ekanligini vaqt tez orada ko'rsatdi.
Unga ishongan milliy kuchlar aldanganligini bilgach, bolshevizmga qarshi 
qurol olishga majbur bo'lishdi. So'z erkinligining taqdiri milliy matbuotning 
yopilishi bilan yo'qqa chiqarildi. Sovet hokimiyati mintaqada amalga oshirgan 
siyosiy tadbirlardan biri O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish 
bo'ldi. O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy hududiy chegaralanish avvalo rasmiy 
hujjatlarda o'lka mehnatkashlarining xohish-istagi asosida amalga oshirildi, deb 
da'vo qilindi. Ammo ko'p sonli arxiv hujjatlari aholi bundan qattiq aziyat 
chekkanligini isbotlaydi. Yuz minglab odamlar o'z 
t
ug'ilib o'sgan vatanlarida "milliy 
ozchilik” kategoriyasiga kirib qolishdi.
Milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazish hududning milliy tarkibi, irrigatsiya 
tizimidagi yaxlitlikni saqlash, respublika hududidagi yirik ma'muriy markazlaming 
boshqaruv imkoniyatlarini hisobga olish, hududiy yaxlitlikka e'tibor qaratishni 
maqsad qilib oldi. Ammo bular o'z davrining mutaxassislari tomonidan o'ta og'ir 
muammo ekanligi bir necha bor ta'kidlandi.
Mazkur kurs ishi ko’plab monografik qo’llanmalardan, dissertatsiyalardan 
hamda TASSR, BXSR va XXSR konstitutsiyalari, SSSR tarkibiga kirgan O’'rta 
Osiyo respublikalari hamda ular tarkibidagi avtonom sovet sotsialistik respublikalari 
konstitutsiyalari, jumladan, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi ko'rib chiqildi. 
Tarixiylik nuqtai nazaridan ko'rilgan va tahlil etilgan ushbu ko'p sonli 
konstitutsiyalar avval RSFSR, so'ngra SSSR konstitutsiyalari asosida yozilganligini 
ta'kidlash lozim. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling