"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan
Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar hamda inqilobiy g'oya
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi
1. Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar hamda inqilobiy g'oya va amaliyotning tutgan o'rni, ularning o'zaro aloqadorligi Tarixchi Y. A. Polyakovning fikricha, ”Biz tarixiy jarayonga baho berishda ko'lamli yondoshishimiz kerak, deb o'ylayman. Sovet jamiyatining butun tarixi davomida turli yo'llar rivojlandi, har xil holatlar ta'sir qildi. Jarayonning keng qamrovliligi, bu jarayonni tashkil etgan oqimlarning ziddiyatli va hatto qarama- qarshi turishi, biz anglab yetmagan ajib bir kuch bilan sovet jamiyati tarixida ham aniqlandi. Bu ziddiyatlarni ko'rmay biz murakkablik va chalkashliklardan chiqa olmaymiz”. Bu xususda quyidagi mulohazalar ham e'tiborga sazovordir. “Revolyutsiya —bu siyosiy kallakesarlar o'z gunohlarini yuvadigan qonli havza”, deb yozganida mashhur nemis faylasufi Fridrix Nitsshe haq edi. “lnqilobni daholar o'ylab topadi, mutaassiblar amalga oshiradi, huzur-xalovatini lo'ttibozlar ko'radi”, deganida Germaniya davlat arbobi Otto Bismark (1815-1898) zarracha ham mubolag'a qilmagan edi 1 . So'nggi yillarda 1917-yilgi Oktyabr to'ntarishi, uning mohiyati, bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi, sovet hokimiyatining zo'ravonlik yo'li bilan o'rnatilishi haqida yaratilgan ayrim tadqiqotlarda (bu tadqiqotlarning aksariyat mualliflari Rossiya Federatsiyasi tarixchilari, faylasuflari va siyosatshunoslari hisoblanadi) hamon qaťiy isbot talab qilmaydigan tayyor xulosalarga duch kelinadi. Vaholanki, butun insoniyat tarixini XX asrda jiddiy ravishda o'zgartirib, katta oqibatlarga olib kelgan voqealar ibtidosi aynan Rossiyada bo'lgan Fevral inqilobi, xususan, Oktyabr to'ntarishi bilan bog'liq hisoblanadi. Shuningdek, oktyabr to'ntarishining qonli tarixi — XX asrning buyuk fojeasi, o'zbek xalqi boshiga solingan kulfatlarning ibtidosidir. Bu to'ntarish tarixchi odamlar, partiyalar, sinflar o'rtasidagi ashaddiy olishuvlar bilan to'la, insoniy hissiyotlar jo'sh urgan suronli o'zgarishlar yuz bergan, xatolar, uqubatlar, urushlar bilan to'lgan. Butun bir xalqlar, ijtimoiy tabaqalar va sinflar uchun fojeaviy natijalar keltirgan o'zgarishlardan iborat 2 . Rossiyada 1917-yilning 8 oyi ichida bo'lgan ikkita inqilob va Oktyabr to'ntarishi vujudga kelishining ijtimoiypsixologik omillari xususida so'z yuritilar ekan, ushbu o'rinda rossiyalik tarixchi B. N. Zemsovning quyidagi fikrlariga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir: ”Rossiyada revolyutsiyani keltirib chiqaruvchi muhim omil bu hokimiyatning har tomonlama obro'sizlanishi edi. Hukumatga qarshi 1 Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: ”Navro'z”, 2014. -B.44 2 Аъзамхужаев С. Туркистон Мухторияти: миллий демократик давлатчилик курилиши тажрибаси. Тошкент: маънавият, 2000., -B.68 tashviqot va targ'ibot, turli mishmishlarning ommaviy tarqalishi o'z kuchini ko'rsatdi. Podshohning o'zi xalqni qulluq qilmay qo'yganini e'tirof etgandi... 1917- yilgi inqilob imperiya inqirozining tizimli mantiqiy yakuni sifatida emas, siyosiy va psixologik vaziyatni yagona tarixiy nuqtaga jamlanib qolishi bilan belgilanadi.” 1917-yil inqilobiga olib kelgan sabablardan birinchisi qishloqlarda sotsial kelishmovchilikni vujudga keltirgan pomeshchik yer egalari tomonidan mujiklar(dehqonlar) yerlarini egallab olishi va turli yo'llar bilan ekinzorlarini qo'shib olishga intilishi edi. Keng tarqalgan sotsial noroziliklar cherkov tomonidan tashviqot qilinadigan rasmiy mafkuraga qarshi bo'ldi. Yoshlar orasidagi ommaviy bezorilik sotsial norozilikning bir uchquni sifatida ko'rina boshladi. Bu jarayonga mahalliy hokimiyat tomonidan siyosiy oppozitsiya sifatida e'tibor berilmadi. Shunday bo'lishiga qaramay, bu qaltis vaziyat Rossiya imperiyasi uchun xavfli bo'lib, xalqning salmoqli qismini yoshlar tashkil etardi. Birinchi jahon urushi arafasida yuqori darajadagi zo'riqish proletariatga ham aloqador edi. Mayda va o'rta korxonalarning ishchilari o'z noroziliklarini mayda- chuyda iqtisodiy talablar qo'yish yoki ish tashlash jarayonida bildirdilar. Bu bir tomondan asabiy alamzadalikdan bo'lsa, ikkinchidan, zabastovkalar biror natijaga ega bo'lishidan umid yo'qligidan edi. Ishchilarning ijtimoiy faolligining oshishiga oiladan uzilib qolganlik, o'zining «issiq o'rni»ga ega bo'lmaslik ham ta'sir qildi. Darbadar hayot tarzi ularning ko'pchiligiga xos edi. Urush soldatlarning aksariyat qismining siyosiy madaniyatini oshirmaganligi barobarida jangarilar sonini orttirdi. Harbiy qismlarda o'z g'azablarini va hokimiyatga bepisand qarashlarini ko'rsata olmagan soldatlar ta'til vaqtida izzat talab bo'lib qolishdi. Ular urushgacha joriy qilingan normalarga chiday olishmasdi. Armiyadagi ofitserlar dunyoqarashida ham omma psixologiyasida kechayotgan revolyutsion o'zgarishlar aks eta boshladi 1 . Urushning birinchi kunlarida Vatan uchun qahramonona jangga kirilgan bo'lsa, ko'p o'tmay ofitserlarda bu ishonch yo'qola boshladi. Ammo, 1916-yilning oxirigacha ham armiyadagi noroziliklar siyosiy xarakterga ega emasdi. Nihoyat, so'nggi omil ishchilar harakatining borishiga revolyutsionerlar faoliyatining ta' siri bo'ldi. Revolyutsionerlarning xatti-harakatlari bir muncha murakkab XUsusiyatga ega bo'lib, ularning chorizmga qarshi lagerda turishlariga bir necha omillar sabab bo'lib, bu inqilobchilarning sinfiy kelib chiqishlari, mavqelaridan qaťiy nazar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Birinchi omil o'smirlik edi. Ta'kidlash joizki, revolyutsionerlaming asosiy qismini 25 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etgan. Ikkinchisi, ularda doimiy turar joyning mavjud emasligi. Chunki sayoq va chala proletariatning noroziligi o'z uyida, 1 Мингнаров А. Туркистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнларнинг миллий матбуотда ёритилиши (1917 — 1918 йиллар). —Тошкент: ”Истиклол нури”, 2013, -B.177 oilasi davrasida bo'lganlarga nisbatan yuqori edi. Kam sonli xalq va elatlar(yahudiy, polyak va b.)ning kamsitilishi natijasida paydo bo'lgan rus bo'lmagan revolyutsionerlarning vujudga kelganligi ham ma'lum o'ringa ega bo'ldi. 1916- yilning kuziga kelib tushkunlik va norozilik kayfiyati armiyadagi generalitetni ham qamrab oldi. 1915 1916-yillarda siyosiy inqiroz, ulardan kelib chiqqan 1916yilning oxiri va 1917-yilning boshlarida hokimiyatning falaj holati shiddatli voqeliklar to'foniga qarshi tura olmadi. Bunda podshoh va Davlat Dumasi vakillari boshchiligidagi ziyolilarning ayblari teng kuchga ega bo'ldi. Rossiya talabalarining «inqilobiy» tarang holatdagi, tanazzul arafasidagi o'nlab talablari sirasiga hattoki o'quvchilar uchun majburiy o'quv rejalarini bekor qilish, har bir talabaga erkin, o'z shaxsiy rejasini tuzish, erkin oliy o'quv yurtlarini hech qanday moneliksiz yo'lga qo'yish, o'qish va ta'lim olish, so'z va fikrda to'la erkinlik berish, universitet o'quv tizimiga barcha ilmiy va ijtimoiy qarashlarning erkin kirib bora olishi va boshqalar kiradi. Moskvadagi o'rta maktab o'quvchilarining bir guruhi o'z mustaqil ish yuritishlari huquqini qo'lga kiritish uchun «otaonalar va 0'qituvchilar» bilan kurash olib borishga chaqirdi. Oktyabr to'ntarishi haqida zamonaviy tarixshunoslik o'zida ko'plab ziddiyatli, qarama-qarshi qarashlarni jamlagan. Keyingi davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda 1917-yil voqealarini davlat to'ntarishi ekanligini aks ettiruvchi ilmiy tahlillar ko'proq ulushga ega bo'ldi. Tarixiy publitsistika yanada chuqurlashib, Oktyabr to'ntarishi «dunyo massonchiligining agentlari fitnasi» yoxud «Kayzer Germaniyasining Bosh Shtabi tomonidan sotib olingan qo'poruvchilar harakati» deb baholanmoqda. 1917- yil Oktyabr to'ntarishini sovet mafkurasi an'anaviy markscha formula bilan tushuntirishga harakat qildi, ya'ni: «yuqori boshqara olmay qoldi quyi bo'ysunishni xohlamadi». Aslida esa voqelik juda chalkash omillar majmuidan iborat bo'ldi. Bu omillarni quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, o'sha paytda Rossiyada demokratik an'analar hali qaror topmaganligi sababli ko'p hollarda inqilob taraqqiyoti o'ziga xos xususiyatlarni shart qilib qo'ydi. Tarixiy adabiyotlarda keltirilishicha, ”Fevral inqilobi paytida politsiyaning faol qarshiligi va boshqa kuchlar kurashi natijasida 1600 kishi halok bo'lgan bo'lsa, Oktyabr qo'zg'oloni kunlarida Petrogradda 6 kishi halok bo'ldi”. Ikkinchidan, Yevropadagi demokratik an'analar to'g'risida gapirganda Vengriya, Germaniya (Bavariya va Prussiya)dagi inqilobiy qo'zg'olonlar qaťiy usullar Yordamida bostirilganligini qayd etish lozim. Birinchi jahon urushining faol ishtirokchisi bo' Igan Rossiyaning uch yillik urush harakatlari 1917-yilning bahoriga kelib misli ko'rilmagan iqtisodiy vayronagarchilikka Olib keldi va davlat zahirasining sillasini quritdi. 1916-yilga nisbatan ishlab chiqarish sektori 36,5 foizga qisqarib ketdi. 1917- yil martdan oktyabrgacha 800 ta tashkilot yopildiki, natijada ommaviy ishsizlik yuzaga keldi. Moliyaviy tizim butkul ishdan chiqdi. «Kerenka» deb nomlanadigan pulning ulkan oqimi iqtisodiyotni to'ldirib, misli ko'rilmagan inflyatsiyani keltirib chiqardi. Iqtisodiy falokatlarga siyosiy inqiroz qo'shimcha bo'ldi. Muvaqqat hukumat mamlakatni boshqara olmasligi real faktga aylandi. Aholining ayanchli ahvoli, ochlikning dahshati, iqtisodiy va siyosiy xaos jamiyatning sabr-kosasini to'ldirdi. Rossiyada chorizmning ag'darilishi bilan ham orzu-umidlari ushalmagan xalqning qahr-g'azabi ortib, aholining kuchli radikallashuviga olib keldi. Rossiya imperiyasidagi shiddat bilan rivojlanayotgan turlicha ziddiyatlar tezroq yechimini kutayotgandi. Afsuski, mavjud siyosiy kuchlar orasida bolsheviklar o'zgalardan ko'ra vaziyatga to'g'ri tashxis qo'yib, o'z maqsadi yo'lida, hokimiyatni egallashda foydalandi. Bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan xalqlarning o'zo'zini boshqarish, yer-suv masalasini adolatli hal etish, tinchlik, tenglik, birodarlik kabi g'oyalar xalqning ma'lum qismida ishonch hosil qildi. Revolyutsiya arafasida Rossiya imperiyasining agrar o'lkalarida kapitalizmgacha bo'lgan bosqich va kapitalistik elementlar mavjud edi. Qishloq xo'jaligidagi taraqqiy topmagan xususiy mulkchilik ommaviy proletarizatsiya (ma'lum bir mułk va malakaga ega bo'lmaslik), pauperizatsiya (umumiy ishlab chiqarishdan chetda bo'lish) va marginalizatsiya(mehnatkashning mayib psixologiyasi) qatlamlari aholining aksariyat qismini qamrab oldi. Pauper—lyumpen to'foni ommaviy marginalizatsiya jarayonini (jamiyatni tutib turuvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning beqadrligi, insof-diyonatning bir pul bo'lishi) boshlab berdi. Shaharlikka aylangan qishloq aholisi, shundan matros va sołdat bo'lganlari, qochoq, mayda burjuacha, professonal revolyutsioner va yana shu turdagi guruhlarga aylangan sobiq shaharliklar asosiy marginallar bo'lishdi. Aynan ommaning pauper—lyumpenlari va marginallari revolyutsiyaning ijtimoiy tayanchi bo'lib xizmat qildi. Ushbu inqilobiy kayfiyatning oliy va markazlashgan nuqtasini kechagi dehqon—bugungi «qurolli odam»: jangchi sołdat namoyon qildi. Qishloqdagi osuda hayotini yo'qotgan, qashshoqlikning ayanchli girdobidan chiqmoqchi bo'lgan va o'z shaxsiy tinchligini topishga intilgan bu yarim proletarlar "dahshatli kuch” bo'lib shakllandi. Bolsheviklarning «talangan boyliklarni talash», «ekspluatatorlarni ezish”, «oshpaz ayol ham davlatni boshqarishi mumkin» degan asosiy shiorlari marginal pauper-lyumpen qatlami tomonidan ishtiyoq bilan kutib olindi. Bundan tashqari inqilob «shahar» xarakteriga ega edi. Qishloqlar esa bu g'oyalardan butunlay chetda bo'lgan. Oktyabr to'ntarishi avval boshdanoq shahar «revolyutsiyasi» edi. V. I. Leninning o'zi faqat 1918-yilning kuziga kelib qishloqlar inqilob g'oyalarini his qila boshladilar, deb yozgan edi. Oxlokratiya (olomon hokimiyati) uchun ko'zgu sanalgan, «qurolli odam» «eski dunyo»ni buzishni bir pasda qoyillatib bajardi, ammo yaratuvchilik faoliyatini boshlashi uchun uning imkoniyati, ongi, shuuri yetishmasdi 1 . Turkiston o'lkasida 1917-yil mart oyidan noyabrgacha deyarli osuda kunlar bo'lmadi. Turli siyosiy tashkilotlar o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashishga harakat qilishdi. Bolsheviklarning Turkistonda o'lka mahalliy hamda yevropali aholisi o'rtasidagi obro'si shunday past ediki, hokimiyatni ularga topshirish haqidagi murojaatlarga rad javobini olishgan. Sovet adabiyotlarida Turkistondagi «inqilobiy» ko'tarilish 1917-yil sentyabr oyida yuqori darajaga chiqdi, deb ko'p yozilgan. Ammo bu fikr-mulohazalar asossiz xarakterga ega bo'lgan. Bu paytda, yevropalik aholi vakillari sarosimaga tushib, hokimiyatga intilishdi, kelajakdan xavfsirab, yaqinlashib kelayotgan ocharchilik oldida junbushga kelishdi. Turkiston Kommunistik partiyasi tarixchisi Y.Fedorov bu xususda shunday yozgan edi: ”lshchilar va soldatlar quyidagi ikki omil tufayli jadal revolyutsionlashdilar: o'lkaga g'alla kelishi to'xtaganligi va hosilsizlik tufayli Turkistondagi ocharchilikning keng yoyilishi; soldatlar ommasining urushda holdan toyganligi. Soldatlarning birinchi ommaviy chiqishlari — savdo rastalari, binolari va magazinlarni o'zbilarmonlarcha tintuv qilish, yo'lovchilarning oziq-ovqat va boshqa yuklarini musodara etishdan iborat bo'ldi. Jabrdiydalar Toshkentga chetdan kelgan o'zbeklar edi. Bunday holat 1917-yil avgust oyining o'zida o'ttiz martadan ziyod bo'ldi” 2 . Turkiston o'lkasining Yer ishlari bo'yicha xalq komissari Romanov ham qishloq aholisi o'zlariga berilgan huquqlaridan keng foydalana olmayotganligi, Yer qo'mitalarining 1917-yil oxiridagi faoliyatiga to'xtalib, ”ular Oktyabr to'ntarishidan oldin tashkil qilingan” deb qayd etadi. Demak, qishloq aholisi psixologiyasida xususiy mulkning muqaddasligi chuqur ildiz otganligi yaqqol ko'rinadi. Farg'ona oblast ishchi, soldat va musulmon deputatlari Sovetlarining 1918-yil 10-apreldagi yig'ilishida delegat Brizgaylov mavjud voqelikka munosabatni shunday ta'riflaydi: ”Buxoro voqealarining sodir bo'lishi (Bu o'rinda Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlar Sovetining raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil gvardiyachilar qo'shinini 1918-yil mart oyi boshlarida Buxoroga bostirib borgani ko'zda tutilmoqda — muallif) bilan Toshkentdagi ommaning kayfiyati dahshatli taranglashib ketdi. Buxoro voqealarini taftish qilib o'tirmayman, bu haqda tarix o'z xulosasini chiqaradi. Voqealar Xalq 1 Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.98 2 Зиёева Д. Туркистон миллий озодлик каракати (Мустабид тузумга «арши 1916 йил ва 1918-1924 йиллардаги халк курашлари тарихшунослиги). Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 2000. -B.148 Komissarlar Sovetining a'zolariga o'z ta'sirini o'tkazib, ularni tushkun ahvolga solgan. Komissarlar tomonidan qo'yilgan qator masalalaming javobini oldik. Oxirgi vaqtda kuzatilayotgan ahvol keng demokratik ommani qanoatlantirishi mumkin emas. Bundan kelib chiqadiki, Turkistonda boshqarilayotgan apparatni boshdan- oyoq qayta tuzish lozim. Toshkentda bir-biriga do'stona munosabatda bo'lmaydigan uchta tashkilot bor: qizil armiya, qizil gvardiya va militsiya. Odamlar (bolsheviklar — muallif) o'z zimmalariga kuchlari yetmaydigan yukni ortmoqlab olganliklari seziladi. Aytib o'tilganlaming bari Toshkentdagi ahvolning o'ta ayanchli ekanligini ko'rsatadi. Sovet hokimiyatining faoliyati kunduzi bir ozjonlangandek bo'lib, kechga borib muzlaydi. Keyinchalik O'zbekiston Kompartiyasi birinchi syezdining yig'ilishida I.A.Zelenskiy Oktyabr to'ntarishi arafasida Turkiston o'lkasidagi ahvolni shunday bayon qilgan edi: "Birinchidan, partiya va ishchilar sinfı İttifoq markazida hokimiyatni egallagan davrda O'rta Osiyoda ahvol o'zgacha edi. Pomeshchik va kapitalistlar qo'lidan hokimiyatni tortib oladigan sinf mavjud emasdi. Ikkinchidan, O'rta Osiyo xalqlari mustamlakada edilar. O'rta Osiyoning milliy tarkibi orasida hokimiyatni qo'lida tutib turadigan qatlam yo'q edi. Mahalliy ishchilar sinfi shakllanmagânligi sababli Rossiyaning Yevropa qismidan kelgan ishchilar Oktyabrning himoyachisi rolini o'ynadilar. Ular Markazdagi ishchi va dehqonlar bilan fıkrdosh bo'lib, u yerda ham, o'lkada ham bir vaqtda inqilobni amalga oshirdilar.” Xulosa qilib aytganda, sovet totalitar davlatchiligi o'z taraqqiyotida murakkab yo'lni bosib o'tdi. Bolsheviklar hokimiyatni egallagach (1917-yil oktyabr), dastlab qisqa muddat davomida so'l eserlar bilan kelishgan holatda yangi sovet hokimiyati muassasalarini tashkil qildilar. Biroq oradan ko'p o'tmasdan, so'l eserlar va boshqa siyosiy partiyalaming oz sonli vakillari hukumat tarkibidan chiqarildi, sovet va xo'jalik organlaridagi vazifalaridan ozod qilindi. Bolsheviklar sovet Rossiyasi va uning tarkibida bo'lgan Turkiston o'lkasida yakka hukmron partiya va yagona siyosiy kuchga aylandilar. Mensheviklar, eserlar, jadidlar boshqa siyosiy partiyalar hamda ularning nafaqat rahbarlari, balki oddiy a'zolari va ularga xayrixohlik bildirgan barcha odamlar tazyiqqa uchradi va qatag'on qilindi. Sovet totalitar davlatchiligi genezisiga to'xtalganda, uning avvalo, mustabid xarakterga ega ekanligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Bolsheviklar va sovet hokimiyatining barcha rasmiy vakillari xalq nomidan ish ko'rishlarini doimiy ravishda ta'kidlashgan bo'lishsa ham aslida bu hokimiyat yagona partiyaga (kommunistik partiyaga) va bir guruh siyosiy elitaga xizmat qildi. V. I.Lenin va I.V. Stalin davrida ham, sovet hokimiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ham oliy siyosiy hokimiyat tepasida o'tirgan va partiya nomidan ish ko'rgan Politbyuro (Siyosiy byuro) a'zolari butun hokimiyatni to'la ravishda nazorat qildilar va barcha jabhalarni o'z qo'lida tutib turdi. Markazda faoliyat ko'rsatgan Politbyuro va uning ittifoqdosh respublikalardagi vakillari "sovet xalqi" nomi bilan yuritilgan yuzdan ortiq millatni qattiq iskanjada ushlab turishdi. SSSRda, xususan, O'zbekistonda yetmish besh yil amalda bo'lib kelgan davlatning mohiyati proletariat diktaturasi qanday edi, degan savolga beriladigan javobga bog'liq hisoblanadi 1 . O'z davrida proletariat diktaturasi shunday tushunilgan: Diktator — cheksiz huquq va vakolatlarga ega hamda davlat, ma' lum sinf, guruh va h.k larning butun kuchiga tayanadigan shaxs. Rossiyada 1917-yil kuzidagi diktator- ishchilar sinfi bo'lib, u o'z sinfining barcha kuchi va vositasini o'z qo'lida jamlagan. Xullas, SSSRda kazarma sotsializmining eng ashaddiy shakli qurildi. Ochig'ini aytganda, bu tuzum I.V.Stalin davrida o'zidan avval o'tgan antagonistik tuzumlarning barcha ko'rinishlarini deformatsiya qilgan holda o'z ichiga olgan edi: GULAG tizimi — qulchilikni, kolxoz tizimi — krepostnoylikni qayta tiklagan bo'lsa, sanoat va sovxoz tizimi kazarmacha sotsializmni, dengiz baliqchiligi va chekka Shimoldagi ayrim qurilishlardagi haq to'lash qisman shakllanayotgan kapitalizmni, yashirin iqtisodiyot ilk va o'rta taraqqiy etgan kapitalizmni ma' lum darajada qayta tikladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling