"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Turkiston ASSRda bolsheviklar yakka partiya hukmronligining vujudga keltirilishi
1 Ражабов К., Хайдаров М. Туркистоп тарихи (1917-1924й). Укув куллапмаси. Тошкент: Университет, 2002. -B.79 2. Turkiston ASSRda bolsheviklar yakka partiya hukmronligining vujudga keltirilishi Turkistonda partiya yakka hukmronligi siyosiy partiyalar bilan kelishuvni yetishmasligi va milliy masalada tolerantlikni tor doirada tushunish bilan kechdi. Sovet davrida kompartiyaning rasmiy siyosatida milliy masalaga alohida e'tibor qaratilgan. V.I.Lenin va I.V.Stalin asarlaridan boshlab to kommunistik partiyaning rasmiy hujjatlari hamda partiya rahbarlarining ma'ruzalarida milliy masalaga alohida urg'u berilgan. Bolsheviklar partiyasi "milliy o'z-o'zini boshqarish" va "millatlarning teng huquqliligi" siyosatini nazariy jihatdan ma'qullagan bo'lsa ham amalda sove t hokimiyati davrida SSSRda milliy masala biryoqlama hal qilindi va turli millatlarning, xususan, O'rta Osiyoda yashovchi turkiy xalqlarning huquqlari kamsitildi 1 . Rasmiy siyosat "millatlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi mustaqil hal qilishi” to'g'risida jar solsa ham aslida hayotda uning teskarisi bo'ldi. Sovet jamiyatida har bir xalqning ozod va erkin yashashi, u o'zining mustaqil davlatini tuzish huquqiga ega ekanligi to'g'risida deklarativ qonunlarda tegishli moddalar bo'lsa ham bunday qarashlarni ilgari surgan kishilar "millatchi” sifatida qoralandi va qatag'on qilindi. Bu huquqlar de-yure maqomiga ega bo'lib, de-fakto holati uning aksini ko'rsatar edi. K. Marks va F. Engels tomonidan ishlab chiqilgan marksizm ta'limotida moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida qaraladi. Marksizm moddiy ishlab chiqarishini mutloqlashtirib, jamiyat tarixiga sinflar kurashi sifatida qaraydi. Buni ular o'z davrida eng olamshumul kashfiyot deb qabul qilishdi. Unga ko'ra, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi 2 . Marksizm ta'limoti XIX asrda ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatdi. Ayni paytda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvurlar tanqidga uchradi. Marksizmda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zo'rlik nazariyasi mutlaqlashtiriladi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulug'lanadi. Marksizm Rossiyadagi Oktyabr to’ntarishi va kommunistik totalitarizmga xizmat qildi. V. I. Lenin va I. V. Stalin o'z asarlarida XIX asr boshlarida bu ta' limotni boyitib, unga leninizm nazariyasini qo'shishdi. V.I.Lenin ”Milliy masala to'g'risida tanqidiy mulohazalar” (1913) maqolasida ”milliy o'z-o'zini boshqarish” siyosati haqida to'xtalib o'tgan. V. I. Lenin “milliy madaniyat” tushunchasiga ta'rif berar ekan, har bir millat turmushida. muhim rol o'ynovchi milliy madaniyatni inkor qiladi, u millat va xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib, keyinchalik bu guruhlardan maqbullari hisobiga yagona sotsialistik millat yaratishga intilishini bayon qiladi. 1 Мингнаров А. Туркистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнларнинг миллий матбуотда ёритилиши (1917 — 1918 йиллар). —Тошкент: ”Истиклол нури”, 2013. -B.164 2 Аъзамхужаев С. Туркистон Мухторияти: миллий демократик давлатчилик курилиши тажрибаси. Тошкент: маънавият,2000. -B.43 “Milliy madaniyat shiori-burjuacha (ko'pincha esa qoraguruhcha-klerikalcha) aldovdan iborat. Shu sababli umuman ”milliy madaniyat” pomeshchiklar, poplar, burjuaziya madaniyatidir”. Bolsheviklar partiyasining dohiysi V. I. Lenin ”madaniy milliy muxtoriyat” g'oyasiga ham qarshi chiqadi. O'z asarlarida bir tomondan, milliy zulmga qarshi chiqsa, ikkinchi tomondan, milliy madaniyat, madaniy-milliy muxtoriyat, milliy taraqqiyot uchun kurashni inkor qiladi: “Har qanday milliy zulmga qarshi kurash- mutlaqo kerak. Har qanday milliy taraqqiyot uchun, umuman ”milliy madaniyat” uchun kurash mutlaqo kerak emas. Madaniy— milliy avtonomiyaning g'oyaviy asosi va mazmuni — millatchilikni ma'lum, ”adolat bilan” cheklangan doira ich ida mustahkamlab qo'yishdan, millatchilikni ”qonunlashtirishdan”, alohida davlat muassasasi vositasi bilan barcha millatlar orasiga mahkam va mustahkam g'ov solib, ularni bir-biridan ajratib qo'yishdan iborat. Marksizmning milliy masala haqidagi ta'limoti XX asr boshlarida Rossiyada ko'pchilik o'ylaganidek V. I. Lenin emas, balki I. V. Stalin tomonidan rivojlantirildi. Buning tarixiy sabablari va izohini O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik ilmiy markazining yetakchisi, olima R.H.Murtazayevaning tadqiqotlaridan topamiz. Ularning ilmiy izlanishlarida Sovetlar tuzumining milliy masaladagi siyosatining bosh burilish nuqtasi shunday keltiriladi: 1917-yil 26- oktyabr (8-noyabr) kuni Petrogradda Sovetlarning Butunrossiya II syezdida Xalq Komissarlari kengashi, ya'ni hukumat tuzildi. Sovet tarkibida Millatlar ishlari xalq komissarligi tashkil etildi. Davlatning milliy siyosati tamoyillarini amalga oshirish lozim bo'lgan bu mahkama ko'p millatli Rossiya davlatining butun tarixi davomida birinchi marotaba tuzilgan bo'lib, uning vazifasi milliy munosabatlar sohasidagi muammolarni hal etishdan iborat edi. Mazkur komissarlik hay'ati milliy komissarlar yig'ilishidan iborat edi. Hay'at majlisi haftasiga bir marotaba chaqirilar edi. Komissarlik tarkibida umumiy dekretlami tayyorlash; tashviqot va targ'ibot; milliy komissarliklar bilan aloqa, cheł ellar bilan aloqa; statistika bo'limlari; gazeta tahririyati ta' sis qilindi. 1919-yilning oxirida partiya va hukumat organlarida Millatlar ishlari xalq komissarligini tugatish to'g'risidagi masala ko'tarila boshlandi. Ularning asosiy dalili — ayrim sohalarda xalq Komissarligi davlat miqyosida xuddi shunday vazifalarni bajarayotgan boshqa muassasalar qilayotgan ish bilan shug'ullanishida edi. Butunrossiya MIK Milliy masalalar bo'yicha xalq komissarligining holati haqida tegishli axborotni ołgach, "milliy masalalar bo'yicha xalq komissarligini qayta tashkil etish to'g'risida” dekret qabul qildi. Millatlar ishlari xalq komissarligining 1920-yil 19-maydagi dekreti aslida uning tashkiliy tuzilmasiga taalluqli edi. Ushbu hujjat mahkamaning davlat boshqaruv tizimidagi, milliy davlat qurilishi sohasidagi mavqeini aslo mustahkamlagani yo'q. Qonuniy vakolatlarga ega bo'lmagan, moliyaviy ahvoli zaif bo'lgan mazkur xalq komissarligi milliy muxtoriyatlarga taalluqli masalalarni hal etishda boshqa idoralargajiddiy ta'sir o'tkaza olmas edi. Ilk qadamlaridanoq shunday ziddiyatli faoliyat boshlagan RSFSR Millatlar ishlari xalq komissarligining birinchi va oxirgi komissari I. V. Stalin edi. Uning 1953yilgacha davom etgan uzoq muddatli rahbarlik lavozimlarining debochasi shundan boshlangan edi. Aynan Stalin tomonidan ishlab chiqilgan bolsheviklarning milliy masala haqidagi nazariy qarashlari butun sovet davrida amal qilib keldi. I. V. Stalin "Milliy masala va marksizm” nomli asarida millatga quyidagicha ta'rif bergan: "Millat odamlarning tarixan tarkib topgan mustahkam birligi bo'lib, bu birlik til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat birligida ko'rinadigan psixik tuzilishining birligi zaminida vujudga kelgandir”. Millatning ushbu ta'rifi butun XX asrda sovet adabiyotlarida qo'llanib kelindi. SSSR tarkibiga kirgan ittifoqdosh va avtonom respublikalar shu tamoyil asosida tashkil qilindi. Shu o'rinda bolshevizmning milliy masaladagi siyosatini amalga oshirgan tarixiy vaziyatni ham e'tiborga olish lozim bo'ladi. 1917-yil Oktyabr to'ntarishi kunlarida mashhur yozuvchi Maksim Gorkiy "H0Bafl )KH3Hb" gazetasida e'lon qilgan "Demokratiya borasida" maqolasida hokimiyatni zo'ravonlik bilan bosib Olgan bolsheviklar va ular yo'lboshchilarining mudhish qiyofasini ko'rsatish bilan cheklanmasdan bolsheviklar siyosati oqibatlarini ham hayratomuz darajada oldindan ko'rgan holda quyidagicha yozgan edi: "Lenin, Troskiy va ularga ergashgan kimsalar allaqachon hukmdorlik og'usi bilan zaharlanganlar, so'z erkinligi, shaxs erkinligi va barcha huquqlar tantanasi uchun kurashgan demokratiyaga nisbatan ulardagi sharmandalarcha munosabat shunga shohidlik beradi. So'qir mutaassiblar va vijdonsiz avantyurachilar jonini jabborga berib, go'yoki "sotsial inqilob" yo'lidan yelayotgandek bo'ldilar, aslida esa bu boshboshdoqlik, yo'qsillar halokatiga olib boruvchi yo'lidir. Bu yo'lda Lenin va uning tarafdorlari Petrograd ostonalaridagi odamkushlik, Moskvani xarobaga aylantirish, so'z erkinligini yo'qotish, bema'ni hibslar singari Pleve va Stolipinlar qilgan qabihliklarga o'xshash barcha jinoyatlami amalga oshirishni o'zlari uchun mumkin deb hisoblaydilar”. Faylasuf va tarixchi olim N. A. Berdyayev "Rus kommunizmining mohiyati va manbalari” asarida proletariat diktaturasi haqida quyidagicha fikr yuritadi: "Proletariat diktaturasi, ya'ni kommunistik partiya diktaturasi burjua davlatlariga qaraganda nisbatan kuchli va mustabid davlat hokimiyatini ifodalaydi. Markscha nazariyaga ko'ra, davlat doimo sinfiy hukmronlik tashkiloti, hukmron sinflarning ezilgan va ekspluatatsiya qilingan sinflar ustidagi diktaturasi bo'lgan. Sinflar yo'qolganidan so'ng davlat o'z-o'zidan o'ladi va tashkilotchi jamiyat bilan almashadi. Sinflar hozircha bor ekan, davlat ham mavjud bo'ladi. Ammo sinflarning butunlay yo'qolishi proletariat inqilobidan keyin darhol yuz bermaydi. Lenin Rossiyada Oktyabr inqilobidan so'ng birdan kommunistik jamiyat qurilishini umuman o'ylamagan edi. Ayni tayyorgarlik jarayoni, hali sinfsiz jamiyatga o'tilmagan bir davrda, kuchli markazlashgan hokimiyatga ega davlatga burjua sinflari va ularning qarashlarini bostirish uchun proletariat diktaturasi zarur”. Mustamlaka markazidagi siyosiy o' zgarishlar o'z navbatida Turkiston o'lkasida ham aks-sado bera boshladi. Turkistondagi Oktyabr to'ntarishi qatnashchilari 1917-yil lnoyabrda hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan qo'lga kiritib, Turkiston harbiy okrugi qo'mondoni P. A. Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti a'zolarini qamoqqa oldilar. Shu kuni Toshkent soveti Turkistonda sovet hokimiyati o'rnatilganligini e'lon qildi. Turkiston o'lkasida hokimiyat bolsheviklar qo'liga o'tishi bilan Muvaqqat hukumatning barcha bo'g'inlari tugatilib, o'rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o'rnatildi. Bu tasodifiy emasdi. Bolsheviklar hukmronligi nafaqat ag'darilgan sinflar, balki bolsheviklar bilan kelishmaydigan mahalliy aholining kattagina qismi ustidan hukmronlik o'rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti 28noyabrda o'lkada Qizil Gvardiya bo'linmalari tuzish haqida qaror qabul qildi. Bu bo'linmalar dastlabki aksilsovet chiqishlarni bostirishda faol ishtirok etdi. 1918-yilning boshlaridan o' Ikada Qizil Armiyaning qismlari tashkil qilina boshladi. Shu vaqtning o'zida favqulodda komissiya organlari (ChK) va inqilobiy tribunallar tashkil qilindi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari o'zga fikr, ozodlik va demokratiyani bo'g'ishda muhim qurol bo'ldi va Oktyabr to'ntarishi tufayli yuzaga kelgan sovet rejimi davrida tariximizga murakkab va ziddiyatli sahifalarni yozdilar 1 . Sovet hokimiyatining jazolash organlari bolsheviklar hukmronligini tan olmagan boshqa partiyalar va tashkilotlarga qarshi ayovsiz kurash Olib bordi. Shahar Dumalari tarqatib yuborildi, holbuki, Dumadagi o'rinlarning ko'pchiligi musulmonlarga tegishli edi. “Sho'roi Islomiya” va “Ulamo” jamiyatlari tarqatib yuborildi (”Ulamo” jamiyatining Toshkent sho'basi 1918-yil 13-mayda Turkiston sovet respublikasi Sovnarkomi qarori bilan tarqatib yuborildi-muallif). Ularning jurnal va gazetalari yopib qo'yildi. Xuddi shunday holat Rossiya miqyosidagi barcha siyosiy partiyalar va ularning matbuot nashrlariga nisbatan ham qo'llanildi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1917-yilning kuziga kelib o'lka shaharlari, viloyatlari va uezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o'tishini talab qiluvchi chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni qo'llabquvvatlash haqida gapirilar ekan, bolsheviklar va boshqa kuchlaming hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablarining asl mohiyati fosh etilar, mamlakat taqdirini hal qiladigan Ta'sis majlisini chaqirish g' oyasi qo'llab quvvatlanardi. O'lka Sovetlarining o'zi (Toshkent Sovetidan tashqari) hokimiyatning sovetlar qo'liga o'tishini yoqlab chiqmadilar, chunki ularning ko'pchiligi o'sha davrda koalitsion Muvaqqat hukumat va Turkiston Komiteti tarkibiga kirgan eserlar va mensheviklardan iborat edi. Mahalliy aholi va ularning yo'lboshchilarining Oktyabr to'ntarishiga munosabatini keyinchalik Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi 1 Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: ”Navro'z”, 2014. -B.67 A.Rahimboyev o'lka sovetlari IX syezdi (1920-yil sentyabr) da qilgan ma'ruzasida quyidagicha ta'kidlagan edi: "Musulmon aholisi har qanday yangi tartiblardan cho'chir edi. Sotsialistik revolyutsiya prinsiplari unga begona edi, bu prinsiplar aholining yevropalik qismi tomonidan shubhali tarzda qabul qilingan edi". Turkistondagi kommunistik tashkilotlar tarixining tadqiqotchisi I.Solsning e'tirofi ham bu hodisani tasdiqlaydi: "Turkistonda Fevral va Oktyabr inqiloblari Piter va Moskvadagi revolyutsiyalarning aks-sadosi sifatida paydo bo'ldi. O'lkada sovet hokimiyati podsho va Kerenskiy hukumati mag'lubiyatidan so'ng o'z-o'zidan vujudga keldi. Bu hokimiyat avvalgi mustamlakachilik tuzumining tayanchi bo'lgan yevropalik aholi qo'lida o'yinchoq bo'lib qoldi. Bu ko'z yumib bo'lmaydigan haqiqat edi... 1918-yil davomida Turkistonda partiya tashkilotlari tashkil topdi va ular o'zini sovet davlatining asoschilari qilib ko'rsata boshlashdi. Bu tashkilotlar safida mahalliy millat vakillari—qirg'iz, o'zbek, turkmanlar bo'lmagan. Bunday kommunistik partiya Turkistondagi inqilobning tartibsiz to'lqinida suzishga moslashgan edi, lekin uni boshqarishga emas... Bu partiyada boshqaruvning mustamlakachilik ruhi hokimlik qilardi”. RKP(b) MK Turkiston byurosi (qisqacha Turkbyuro) tarkibida Petrograddan Toshkentga kelib, keyinchalik faoliyat ko'rsatgan G.Safarov 1917-yil Oktyabr voqealarini, bolsheviklar partiyasining o'sha paytdagi mavqeini quyidagicha tasvirlagan edi: "Bolsheviklar partiyasi bu yerda voqealami boshqarmadi. Faqat ayrim bolsheviklar inqilob to'lqinining ustiga chiqib oldilar. Partiya bo'lsa Oktyabr inqilobidan so'ng tashkil qilina boshlandi. Mantiqqa zid bo'lishiga qaramasdan, Turkistonda bolsheviklar partiyasi sovet hokimiyatini emas, balki sovet hokimiyatini tashkil qilish zaruriyati bu yerda bolsheviklar va so'l eserlar partiyasini yaratdi. Buning oqibati shu bo'ldiki, bolsheviklar va so'l eserlar partiyasi dastlabki kunlardan boshlaboq avantyuristlar, amalparastlar va jinoyatchi unsurlarning boshpanasiga aylandi. Xarakterli tomoni shundaki, ”bolsheviklar” o'zlarini ”bolsheviklar hukumat partiyasi” degan rasmiy nom bilan atamadilar... Shuning uchun ham proletariat diktaturasi birinchi qadamdan boshlab tipik mustamlakachi ko'rinishida bo'ldi: rus ishchilari ”Turkiston xalqlarini boshqarish” ni o'z qo'llariga oldilar”. G.Safarovning bu fikrlarini o'sha davrga oid arxiv hujjatlari ham tasdiqlaydi. O'zbekiston RPDA da mavjud bir hujjatda keltirilishicha, 1917-yil noyabrda Turkiston o'lkasida atigi 40 nafar bolsheviklar bo'lib, ularning 30 nafari Toshkentda ish olib borgan. Turkiston o'lkasida bolsheviklar tomonidan sovet hokimiyati 1917-yil noyabrda dastlab Toshkentda, so'ngra mintaqaning boshqa shaharlarida o'rnatildi. Birinchi tashkil etilgan hukumat-Turkiston xalq Komissarlar tarkibiga birorta ham mahalliy millat vakillari kiritilmadilar. Oktyabr to'ntarishidan so'ng ”Butun hokimiyat - Sovetlarga!” degan shior quruq gap bo'lib qoldi. Bolsheviklar partiyasi bu shiorni hayotdan siqib chiqardi. Proletariat diktaturasining o'rnatilishi bu mojarolarni kuch bilan hal etishni ko'rsatdi. Sovetlar tuzumi tarixini o'rgangan tarixiy asarlarda, ayniqsa, qizil terror, stalinizmning kelib chiqishida ba'zan Bosh kotibning shaxsiga urg'u beriladi. Tarixiy tahlillar esa bevosita sovet davlatchiligi genezisining omillarining ta' siri ham katta rol o'ynaganligini isbotlaydi. Jamiyatda sinfiy yondoshuvga katta e'tibor qaratildi. Sinfiy yondoshuv astasekin mafkuraviy murosasizlik, biqiqlikka Olib keldi. Davlatning funksiyasi ijrosi natijasi faqat ezuvchilarni himoyalashga qaratiladi deb hisoblanilgan. Shu sababdan ham davlatni ta'riflashda uning sinfiylik jihatiga urg'u berilardi 1 . Bu sinfiy antagonizm g'oyalarini mutloqlashtirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab ilgan mustabid tuzum maflkurasi edi. Sinfiy kurash g'oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu maflcura jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga ajratib yubordi. Zulm asosiga qurilgan va mohiyatan murakkab bu mafkura dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan hududda yetmish to'rt yil hukm surdi. Oxir-oqibat bu mafkura o'zining g'ayriinsoniy va g'ayriilmiy mohiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi. Shu tariqa u o'zi tayangan davlatni ham o'zi bilan birga Olib ketdi. Shu o'rinda huquqshunos olim Z.lslomovning "Davlat va huquq nazariyasi” (Toshkent: Adolat, 1997) nomli asarida davlatlarning paydo bo'lishi, huquqiy davlat haqidagi Turkiston Sovetlarining III o'lka syezdida tuzilgan Turkiston Xalq Komissarlar Soveti (15-22 noyabr 1917-yil). Markscha-lenincha nazariya nuqtai-nazariga ko'ra, jamiyatning murosasiz ziddiyatlarga ega bo'lgan qaramaqarshi sinflarga bo'linib ketishi davlatning paydo bo'lishiga asosiy sabab bo'lgan. V.I.Lenin o'zining ”Davlat va revolyutsiya. Marksizmning davlat to'g'risidagi ta'limoti va proletariatning revolyutsiyadagi vazifalari” (1917-yil avgustsentyabr oylarida yozilgan) nomli asarida davlatning kelib chiqishi va mohiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: ”Davlat-sinfiy ziddiyatlar murosasizligining mahsuli va ko'rinishidir. Davlat sinfiy ziddiyatlarni obyektiv suratda murosaga keltirish mumkin bo'lmagan joyda, mumkin bo'lmagan chog'da va mumkin bo'lmagani tufayli paydo bo'ladi. Va aksincha: davlatning bo'lishi sinfiy ziddiyatlarning murosasiz ekanligini isbot qiladi” 2 . V. I. Lenin marksizmning davlat haqidagi ta'limotini bayon qilar ekan, quyidagi ziddiyatli xulosaga keladi: ”Har qanday davlat ezilgan sinfni bostirish uchun xizmat qiladigan alohida kuchdir. Shuning uchun har qanday davlat-erkin davlat emas va xalq davlati emas. Marks bilan Engels 70-yillarda (Bu o'rinda XIX asr 70-yillari ko'zda tutilmoqdamuallif) o'zlarining partiyadosh o'rtoqlariga buni bir necha marta tushuntirgan edilar”. K. Marks davlat va huquq masalalariga ijtimoiy taraqqiyotning sinfiyligi haqidagi o'zi ta'riflagan nazariyadan kelib chiqqan holda qarardi. Ushbu nazariyaga muvofiq, sinfsiz jamiyatga o'tish jarayonida sinflarning barham topishi bilan davlat va huquq ham yo'qolib ketishi kerak edi. 1 Ражабов К. Мустакил Туркистон фикри учун мужодалалар (1917-1935 й).Тошкент: Узбекистон, 2000.B.97 2 Зиёева Д. Туркистон миллий озодлик каракати (Мустабид тузумга «арши 1916 йил ва 1918-1924 йиллардаги халк курашлари тарихшунослиги). Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 2000.-B.150 O'z navbatida N.A.Berdeyav tomonidan berilgan aniq ta'rifga ko'ra, marksizmning joni “iqtisodiy determinizmda emas, balki insoniyat iqtisodiyotga qaram bo'lmaydigan mukammal jamiyat yaratish haqidagi ta'limotdir. Marksizm faqat fan va siyosatning o'zi emas, balki u e'tiqod va din hamdir». Huquqiy davlatchilik nazariyasi va amaliyotining ko'p asrlik tajribasini qat'iy inkor etish va ilmiy jihatdan tan olmaslik jamiyat hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyma'naviy va millatlararo nizolarni keltirib chiqardi. Marksistik ta'limotda proletariat diktaturasiga alohida e'tibor qaratilgan. Diktatura — bu bir sinfning boshqasi ustidan, aholi bir qismining boshqasi ustidan muttasil zo'ravonlik asosiga qurilgan bo'lib, diktatura qonunga emas, kuchga tayanuvchi cheklanmagan hokimiyatdir. Diktaturaning ilmiy tushunchasi hech narsa bilan cheklanmagan, hech qanday qonun bilan, hech qanday mutloq qoidalar bilan jilovlanmagan, bevosita kuchga tayanadigan hokimiyatni anglatadi, «inqilobchi xalq» esa bevosita qiladi, jazo beradi, hokimiyatni ishga soladi, yangi inqilobiy huquqni ijod etadi». Bundan tashqari, marksistik nazariyada hamisha sovet davlati ikki asosiy funksiyani, ya'ni yaratuvchilik (sotsialistik jamiyatni qurish) hamda majburlash (ekspluatatorlar qarshiligini bostirish) funksiyalarini bajarayotgani ta'kidlab kelinardi. Biroq bular faqat nazariyadagina mavjud edi, xolos. Amalda «ekpluatatorlarni» bostirish uchun butun mehnatkash xalqqa qarshi qatag'on, har qanday bosh tortishlar jinoiy javobgarlik bilan mehnat maj buriyatining joriy etilishi, davlat tomonidan totalitar ravishda ish haqining cheklanishi, krepostnoy kolxoz- sovxoz tuzumi, genotsidga, sovet davlatining zo'ravonlik shakl va funksiyalariga olib keldi. 1918-yildagi dastlabki RSFSR Konstitutsiyasi ijtimoiy tabaqalar tengsizligini, o'z maqsadlarini amalga oshirishda zo'ravonlikdan foydalanishni e'lon qilgan davlat turi sifatida sovet davlatini qonuniy jihatdan mustahkamladi. Boshqaruv shakli bo'yicha sovet davlati respublika deb e'lon qilingandi. Lekin unda respublikaga xos xususiyatlar inkor etildi: unda hokimiyatning bo' linishi inkor etilar, aksincha, hokimiyatning barcha tarmoqlari sovet davlati atrofiga birlashish shiorini Olg'a surilardi. Deputatlar korpusining o'zi qonunlarni qabul qilar, ularni joriy etar va hatto o'sha ularning joriy etilishini nazorat ham qilar edi. Marksizm-leninizm klassiklari o'z asarlarida sotsialistik davlatni boshqa har qanday turdagi davlatlarga qarshi qo'ydilar. Ularning fikricha, bu davlatlarda hokimiyat ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo'lida bo'lib, ekspluatatsiya qilinuvchi ko'pchilik qarshiligini bostirishda undan foydalanishda, deb bildilar. Sotsialistik davlat, klassiklar fikricha, sotsialistik inqilob natijasida vujudga kelishi kerak edi, ya'ni hokimiyatni qo'lga kiritish zo'ravonlik yo'li bilan amalga oshirilishi shart edi. Eski davlat mashinasini sindiri, proletariat (yo'qsillar sinfi) diktaturasini o'rnatish zarurati bunga sabab qilib ko'rsatilardi. Respublika shaklining uch ko'rinishi: Kommuna (Parij kommunasi), sovet respublikasi va xalq-demokratik respublikasi (xalq respublikasi) qayd etiladi. Davlat boshqaruvida totalitar rejim o'ta markazlashganligi bilan .tavsiflanadi. Totalitar tizimga "dohiy" boshchilik qiladi. U eng ijobiy fazilatlarga ega shaxs hisoblanar, shuningdek dahlsiz, uni tanqid qilish ham mumkin emas. Ijro etuvchi organlar, ayniqsa kuch ishlatuvchi tuzilmalar ahamiyatining kuchayishi sodir bo'ladi. Totalitar rejim aholiga nisbatan keng ko'lamli va doimiy qatag'onni qo'llaydi. Terror hokimiyatni mustahkamlash hamda amalga oshirishning birinchi sharti bo'lib qoladi. Totalitarizm sharoitida hayotning barcha sohalari ustidan davlatning to'la nazorati o'rnatiladi. Iqtisodiy hayotda mulkning barcha shakllari davlat tasarrufiga o'tkaziladi. Siyosiy normalarning huquqiy normalardan ustunligi zo'ravonlikni keltirib chiqaradi va totalitar tuzum uchun zamin yaratadi. Ma'lumki, bunday rejim siyosat huquqiy asosga ega bo'lmagan, huquq siyosiy hokimiyatni cheklay olmaydigan, inson huquqlari ularni amalga oshirishda nazorat vositasi sifatida maydonga chiqa olmaydigan joyda muqarrar ravishda paydo bo'ladi. Sovet jamiyatida siyosatning ustuvorligi qaťiy qonun darajasiga ko'tarilgandi. Qonunlar oldidan partiya direktivalari qabul qilinardi. Bajarib bo'lmas dasturlarni ilgari surgan bolsheviklar siyosati qonunni zaiflikka mahkum etib, obyektiv huquqiy normalarni inkor etish orqali uni samaradorlikdan mahrum etgandi. Siyosiy hokimiyat insonni mulkdan mahrum etarkan, ko'pincha uni boshqa huquqlaridan ham-so'z erkinligi, bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tish erkinligi, shaxs, turar joy dahlsizligi, ko'p hollarda hatto yashash huquqidan ham mahrum etardi. Shu o'rinda bolshevik rahbariyati tomonidan 1917-yil noyabrda ”Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi” va 20-noyabrda ”Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga” murojaatnomani imzolandi. Dadabali deklaratsiyada xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi rasmiy ravishda tan olingan edi: ”Rossiya xalqlarining tengligi va suverenligi; Rossiya xalqlarining o'z taqdirlarini o'zlari erkinlik bilan belgilashlari, hattoki, ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi; hamma va har qanday milliy imtiyoz va cheklashlarni hamda milliy-diniy imtiyoz va cheklashlarni bekor qilish.” Deklaratsiyaga asoslanib qabul qilingan ”maxsus murojaatnoma”da esa quyidagi balandparvoz fikrlar bor edi: ”Rossiya musulmonlari, Volga bo'yi va Qrim tatarlari, Sibir va Turkistonning qirg'iz va sartlari, Zakavkazening turk va tatarlari, Kavkazning chechen va tog'liklari... Sizning din va urf-odatlaringiz, sizning milliy va madaniy muassasalaringiz bundan buyon erkin va dahlsiz deb e' lon qilinadi. O'z milliy turmushingizni erkinlik bilan bahuzur tuza beringiz. Shunday qilishga haqlisiz. O'z mamlakatingizda o'zingiz xo'jayin bo'lmog'ingiz lozim! O'z turmushingizni ko'nglingizdagiday va o'z xohishingizga muvofiq qilib o'zingiz tuzmog'ingiz lozim. Siz shunday qilishga haqlisiz, chunki sizning taqdiringiz o'z qo'lingizda”. Rossiyadagi bolsheviklar hukumatining rahbarlari Lenin va Stalin tomonidan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi haqida e'lon qilingan ushbu "dabdabali” deklaratsiyalar amalda bir parcha qog'ozdan iborat quruq tashviqot bo'lib chiqdi. Bolsheviklar o'z siyosatlariga legitim (qonuniy) tuş berishga urinib, ko'plab qonunlarni ishlab chiqdilar. "Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari deklaratsiyasi” (bu deklaratsiya 1918-yil 4-yanvarda ”Hезвecтни 1- 11/114” gazetasida e' lon qilingan) ana shunday "qonunlar"dan biri bo'lib, uni Ta' sis Majlisi qabul qilmagan edi. 1918-yil 12-yanvarda bo'lib o'tgan Sovetlarning III Butunrossiya syezdida tasdiqlandi va keyinchalik dastlabki Sovet Konstitutsiyasiga asos bo'ldi. Ushbu Deklaratsiyada ham munofiqlik bilan quyidagi fıkrlar yozilgan edi: "I. Rossiya-lshchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlari respublikasi deb e'lon qilinadi. Markazda ham, joylarda ham butun hokimiyat shu Sovetlarga o'tadi. 2. Rossiya Sovet respublikasi erkin millatlarning erkin ittifoqi asosida, milliy Sovet respublikalarining federatsiyasi shaklida tuziladi”. Xullas, Oktyabr to'ntarishi g'alaba qozongach, Rossiyada butun hokimiyat proletariat diktaturasi qo'liga o'tdi. Jamiyat turli-tuman guruhlarga parchalab tashlandi. Boshqacha qilib aytganda, davlat qurilishining har qanday shakli va demokratiyadan voz kechilib, zo'ravonlarcha boshqaruv o'rnatildi. Turkistonda bolsheviklar tomonidan o'rnatilgan Sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan ham oshib tushdi. Turkiston o'lkasi Rossiyaga yana bir bor siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'la boshladi. Bolsheviklar va so'l eserlar musulmon aholisining o'lkani boshqarishga bo'lgan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to'g'risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotida milliy va demokratik kuchlarning kelgusida muxoliflikka o'tishini oldindan muqarrar qilib qo'ydi 1 . Xorijdagi sovetologiya markazlari olimlari va mutaxassislarining fikricha Markaziy Osiyoning (Turkistonning-muallif)tub aholisi so'nggi 130 yil davomida suveren boshqaruvdan chetlashtirildi. Turkistondagi bolsheviklar xalqni mustaqillik uchun kurashdan chalg'itish maqsadida turli yo'llarni o'ylab topdilar. Ular o'zlari e'lon qilgan demokratik erkinliklar va shiorlarga zid tarzda sovet matbuotidan tashqari, barcha nashrlarni yopib qo'ydilar. Sovet hokimiyati tomonidan 1918-yil 29-martda Turkistondagi barcha tipografik va litografik mulklar musodara qilindi. O'zbek tilida chiqayotgan taraqqiyparvarlar va ulamolarning milliy gazeta va jurnallari yopildi. Ana shunday nashrlardan biri "Ulug' Turkiston” gazetasi bo'lib, uning sahifalarida muxtoriyat va milliy mustaqillikka bag'ishlangan ko'plab maqolalar e' lon qilingan edi. Gazetada o'z paytida (1917-yil noyabr 1918-yil fevral) Turkiston Muxtoriyat hukumati faoliyatini yoritishga alohida e'tibor qaratilib, u muxtoriyat hukumatining rasmiy nashrlari bilan birgalikda bu sohada katta ishlarni amalga oshirdi. "Ulug' Turkiston” gazetasi o'zining oxirgi sonlaridan birida bolsheviklaming milliy gazetalarga nisbatan munosabatini quyidagicha qoralab yozgan edi: "Bular (bolsheviklar) har xil milliy masalalar qo'ydirib, xalqning diyonatini yo'q narsalar bilan jalb qilib, umuminsoniyat fikridan g'aflat etadi. O'zlari millatlarni aldash uchun 1 Зиёева Д. Туркистон миллий озодлик каракати (Мустабид тузумга «арши 1916 йил ва 1918-1924 йиллардаги халк курашлари тарихшунослиги).Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 2000. -B.154 hech bir millatchi o'ylab chiqarmaydigan fahsh yo'llar o'ylab chiqaradilar". 1918-yil 20-aprel I-mayda Toshkentda Turkiston Ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlari Sovetlarining V o'lka syezdi bo'lib o'tdi. Syezd delegatlari sovet Rossiyasi hukumati rahbarlari ko'rsatmasi asosida 30 aprelda "Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizom”ni qabul qildi. Ushbu Nizomning dastlabki ikki moddasi quyidagicha ko'rinishda edi: Turkiston o'lkasining hududi Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e'lon qilinadi. Turkiston Respublikasining tarkibiga butun Turkiston mamlakatining Xiva va Buxorodan tashqari, hozirgi jug'rofiy chegarasi doirasidagi hamma hududi kiradi. 2. Turkiston Sovet Federativ Respublikasi avtonom tarzda boshqariladi va Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va o'z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi”. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda V syezdida (1918-yil 5-14 oktyabr) RSFSR Konstitutsiyasi andozasidagi Turkiston Sovet Respublikasi (TSR) Konstitutsiyasi qabul qilindi. Turkiston Sovetlarining IX syezdida (1920-yil 19-25-sentyabr) TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb o'zgartirildi. Turkiston o'lkasida sovet avtonomiyasi e'lon qilingach (1918-yil 30-aprel), mintaqani sovetlashtirishning yangi davri boshlandi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, mana shunday sharoitda davlat organlari va hukumat tarkibi bolsheviklar va so'l eserlardan iborat bo'lishi rasmiy tarzda tantanali ravishda e'lon qilindi. Biroq Turkiston ASSR MIK va XKS tarkibini har ikki partiya a'zolaridan proporsional holatda tuzilganligi, bolsheviklarning so'l eserlar bilan hukmronligi uzoq vaqt davom etmadi. Siyosiy e'tiqodning o'zgachaligi, so'l eserlarning ijtimoiy kelib chiqishi (ularning ko'pchiligi mulkdorlar sinfiga taalluqli edi) bolsheviklarning jazo organlari tomonidan ularni jazolashga asos bo'ldi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling