"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan
O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish sovet andozasidagi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi
3. O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish sovet andozasidagi boshqaruv tizimining asosiy vositasi Turkiston azaldan mintaqa xalqlarining yagona va umumiy vatani bo'lgan. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an'analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo'lib ketgan edilar. Buxoro va Xorazm respublikalari 1924-yil oxirigacha mustaqil davlat bo'lganlar. Turkiston mintaqasi yagona hudud, tarixiy zamin, o'z xo'jaligi, an'analari, dini, tili va madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. Turkistondagi davlatlarning har birida yuz yillar davomida turkiy xalqlar: o'zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq, qirg'iz shuningdek, tojik xalqi azaldan yashagan. Mintaqa xalqlari Turkiston tuprog'ini qadimdan o'zlarining asl vatanlari deb bilganlar 1 . Mintaqa xalqlari yagona va bir degan g'oya (turkistonlik) avloddan-avlodga o'tib, XX asr 20-yillarida Turkistondagi milliy ziyolilar va millat yetakchilarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda amaliy faoliyatlarida aks etgan. Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun Turkiston mintaqasini bo'lib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Shuning uchun ham dastlab Turkiston o'lkasiga sovet "avtonomiyasi" berildi, ya'ni Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida 1918-yil 30-aprelda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi (1920-yildan boshlab Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) mustaqil davlatlar edi. So'ngra bolsheviklar tomonidan Turkiston mintaqasini parchalab tashlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rildi. Bu jarayon ayrim uzilishlar bilan 7 Yil davom etdi 2 . Rossiyada fuqarolar urushi va chet el harbiy intervensiyasiga qarshi kurash yillarida (1918-1922- yillar) Rossiya imperiyasining sobiq hududida mustaqil davlatlar (Polsha, Finlyandiya), mustaqil milliy respublikalar (Litva, Latviya, Estoniya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston), sovet respublikalari (Belorusiya SSR va b.), muxtoriyatli hukumatlar (Turkiston Muxtoriyati, Alash Orda, Boshqirdiston Muxtoriyati va b) tashkil topdi. Bundan tashqari, RSFSR tarkibida turli avtonom sovet respublikalari (Turkiston ASSR, Qirg'iziston ASSR, Qozog'iston ASSR) va b.) bor edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va keyinchalik sovet Rossiyasining bevosita hududiy tarkibiga kirmagan bo'lsa ham, uning ta'siri va nazoratida mavjud bo'lib turgan Turkiston mintaqasidagi milliy davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi; 1920-yilda ularning o'rnida tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mavjudligi bu davrdagi real hodisa edi. Yuqorida nomlari tilga olingan davlatlar va respublikalar bilan sovet Rossiyasi o'rtasidagi munosabatlar murakkab xarakterda bo'lgan. Sovet hukumatining dastlab e'lon qilgan rasmiy hujjatlaridan biri — ”Rossiya xalqlari 1 Мингнаров А. Туркистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнларнинг миллий матбуотда ёритилиши (1917 — 1918 йиллар). —Тошкент: ”Истиклол нури”, 2013, -B.181 2 Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.108 huquqlari Deklaratsiyasi” (1917-yil 2-noyabrda qabul qilingan) yangi tashkil qilingan sovet Rossiyasi Xalq Komissarlari Soveti o'z faoliyatida ”Rossiya xalqlarining o'z taqdirlarini o'zlari erkinlik bilan belgilashlari, hattoki, ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqini” asos qilib olganliklari tantanavor ravishda e'lon qilingan bo'lsa-da, aslini olganda, bolsheviklar Polsha va Finlyandiyadan boshqa xalqlar (Ukraina, Kavkaz, Turkiston, Boltiqbo'yi va b.)ga mustaqillik berishni xohlamaganlar. Tadqiqotchi O.Chistyakov to'g'ri ta'kidlaganidek, RSFSR bilan boshqa sovet respublikalari o'rtasida bir tomondan ”mustaqil” aloqalar mavjud bo'lsa, ikkinchi tomondan ular sovet Rossiyasi izmi bilan ish ko'rgan. Chunki bu respublikalarning vakillari Butunrossiya Sovetlari syezdlarida ishtirok etgan, RSFSR qonunchiligi bu respublikalar hududlarida u yoki bu darajada kuchga ega bo'lgan. Bu respublikalardagi hukmron siyosiy partiya — kommunistik partiya Rossiya Kommunistik partiyasi-RKP (b) Markaziy Komitetiga bo'ysungan. Bu respublikalarning armiyasi yagona qizil armiya tarkibiga, byudjeti RSFSR byudjeti hisobiga kirgan. Rossiyaning hududi va aholisi (100 mln.kishidan ko'p) qizil armiya (5.5 mln. kishi) ning miqdorini bu ”mustaqil” yoki avtonom sovet respublikalarining haqiqiy holati va kuchi bilan solishtirish qiyin. Sovet federatsiyasining asosiy qoidalari 1918-yil 10-18yanvarda bo'lgan Butunrossiya Sovetlarining uchinchi syezdida yana bir marta e'lon qilindi. Ezilgan va ekspluatatsiya qilingan mehnatkashlar huquqlari Deklaratsiyasida ko'rsatilishicha, Rossiya Sovet Respublikasi ozod millatlarning erkin ittifoqi asosida milliy Sovet Respublikalari Ittifoqi federatsiyasini tashkil etadi. Bunda Rossiyadagi har bir millat o'z respublikasi bo'lishi uchun huquqlarga ega bo'lishi mumkin. Moskvalik tadqiqotchi A.Vdovin yozganidek, bu deklaratsiyani amaliyotda qo'llash tajribasi butunlay boshqacha bo'ldi. 1918-yil aprel oyida Turkiston Sovet Respublikasini tuzish bilan birga kelgusida federatsiya sub'ekti sifatida milliyhududiy avtonomiya (avtonom respublika yoki oblast) tashkil etish ham ko'zda tutildi. Ma'lumki, sovet rejimi tomonidan Turkiston mintaqasida faoliyat ko'rsatgan Turkiston Muxtoriyati hukumati 1918-yil fevralda, Alash-Orda Muxtor hukumati 1920-yil martda, Boshqirdiston Muxtoriyati hukumati 1920-yil iyunda tugatildi. Bundan tashqari, 1920-1921- yillarda Ukraina, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston kabi mustaqil milliy respublikalar tugatilib, ularning o'rnida sovet respublikalari tashkil qilindi. Dog' iston va Chechenistonda faoliyat ko'rsatgan Shimoliy Kavkaz amirligi, Tog'li Respublika (ruscha hujjatlarda Gorskaya Respublika) ham 1920- yillarda bolsheviklarning harbiy kuchlari tomonidan ag'darib tashlandi. Faqat Boltiqbo'yida faoliyat ko'rsatayotgan mustaqil "burjua Litva, Latviya, Estoniya davlatlari” 1940yilgacha o'z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldilar. 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil topdi. Sovet davridagi tarixiy adabiyotlarda, xususan, XX asr 50-80-yillarida yaratilgan tadqiqotlarda keltirilgan fikrlarga qarama-qarshi o'laroq shuni ta'kidlash lozimki, yangi sovet davlati — SSSRning asoschisi va g'oyaviy tashkilotchisi V.I.Lenin bo'lmay, balki bu davlat I.V.Stalin g'oyalari asosida hamda bevosita uning rahbarligida tashkil qilingan (SSSRda dastlab to'rt respublika: RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va Zakavkaze SFSR kirgan.) SSSRning tashkil qilinishi bilan Turkiston o'lkasining taqdiri uzil-kesil hal qilindi. 1920-yil boshlarida Turkiston komissiyasi Turkiston ASSRni milliy til belgisiga qarab, bo'lib tashlash masalasini qo'ygan edi. Turkiston Komissiyasining bu tezislariga qarshi chiqqan T.Risqulov, N.Xo'jayev va boshqa milliy yetakchilar "panturkizm", "panislomizm", "burjua millatchiligi” va "o'ng og'machilik"da ayblandi. Bu haqda sal oldin to'xtalib o'tildi 1 . V.I.Lenin 1920-yil may oyida Turkistonni Uzbekiya, Kirgiziya, Turkmeniyaga bo'lingan xaritasini tuzishni mutasaddi shaxslarga topshirgan. Shuning uchun 1920-yil avgustda Turkiston ASSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan RSFSR tarkibidagi Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR) ixtiyoriga berilgan. 1920-1924- yillarda mustaqil Buxoro va Xorazm respublikalarini mavjud bo'lib turishi Markazning vaqtinchalik murosa yo' lini tanlaganligidan boshqa narsa emas edi. Aslini olganda, Sovet hukumatining rahbari V.I.Lenin sovet respublikalari asosida SSSRni tashkil qilish prinsiplari to'g'risida 1922-yil kuzida to'xtalar ekan, "qo'shilishdan oldin ajralish kcrak", deb masalani aniq qo'ygan edi. Xullas, Turkiston mintaqasini milliy-hududiy jihatdan qayta chegaralash Markaz va RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924-yilda u o'zining so'nggi bosqichiga kirdi. 1924-yil aprel-iyun oylarida Markaziy organlar, mintaqaning uch respublikasidagi kommunistik tashkilotlar va RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosida milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zo'r berib ish Olib borildi. Milliy chegaralanish masalalarini yanada batafsil va chuqurroq o'rganish uchun Turkiston va Buxoro Kommunistik partiyalari Markaziy qo'mitalari huzurida maxsus komissiyalar tuzildi. Bunday komissiya Markazning Turkistondagi vakolatli tashkiloti-O'rta Osiyo byurosi huzurida ham ish olib borgan. Shuningdek, bu komissiya huzurida kichik komissiyalar ham tashkil etilgan edi. Milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazishga ma' sul bo'lgan kichik komissiyalarning ma'ruzalari RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi komissiyasining 1924-yil 10-maydagi majlisida, 11-mayda esa RKP (b) O'rta Osiyo byurosining maxsus majlisida tinglandi. O'rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi va uning kichik komissiyalari ishining yakunlarini muhokama qilib, ular ishlab chiqqan O'rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishining aniq rejasini tasdiqladi. Qabul qilingan qarorda bunday deyilgan edi: "1. Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini milliyhududiy belgilariga ko'ra chegaralash zarur deb topilsin, yangi tashkil etilayotgan milliy-hududiy 1 Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.110 birlashmalardan federatsiya tashkil etilmasin. 2. O'zbekiston va Turkmaniston respublikalari tashkil etilsin va ular mustaqil SSR huquqlariga ega bo'lsin va bevosita SSSRga kirsin. O'zbekiston respublikasi doirasida Tojikiston avtonom viloyati tashkil etilsin. Qirg'iziston avtonom viloyati tashkil etilib, uning qaysi respublika tarkibiga kirishi masalasi ochiq qoldirilsin. 3. Turkiston Respublikasida yashaydigan qozoqlar hozirgi vaqtda mavjud bo'lib turgan Qozog'iston avtonom respublikasiga kiritilsin”. Turkiston o'lkasini parchalab tashlashga qarshi chiqqanlar orasida milliy rahbar-xodimlardan tashqari, Markazdan kelgan ayrim nufuzli vakillar ham bo'lgan. Ana shunday kommunistlardan biri G.Safarov bo'lib, u o'zining 1924-yil 25-aprelda ”Typкестанская-правда” gazetasida e'lon qilgan maqolasida Turkistondagi mavjud ahvolni batafsil ko'rsatib, quyidagicha mulohazalarni keltirib o'tadi: ”Turkistonni bo'lish yengiltaklik bo'lib, ba'zi oblastlar masalasida nizolar kelib chiqadi. Chunki iqtisodiy jihatdan turli oblastlar birbirini to'ldiradi hamda juda ko'p turli millatlar yashaydigan aralash aholi punktlari mavjud. Shu masala yuzasidan ko'plab muammolar kelib chiqadi”. Darhaqiqat, 1924-yili milliy-hududiy chegaralanish jarayonida milliy masala juda jiddiylashdi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, ahvol shu darajaga borib yetdiki, aholi o'zining millatini yashira boshladi. Ular o'zlarini yashash joylaridan ko'chirib, shu nomdagi respublikaga jo'natib yuborilishidan cho'chir edilar. 0'rta Osiyo byurosining mintaqada milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazilishi haqidagi qaroriga dastlab Xorazm respublikasi rahbarlari qarshi chiqqanlar. 1924-yil 8mayda O'rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasiga qatnashish uchun Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasining a'zolari RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining raisi nomiga "Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to'g'risida yozishmalar” nomli hujjatni topshirishdi. Hujjatda bunday deyilgan: "Xorazm rayonining iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, uning xususiyatlari va Turkiston rayonlaridan farq qilishi, Xorazmning ayrim rayonlari tuzish mo'ljallanayotgan milliy respublikalar markazlari bilan uzviy bog'lanmaganligi”. Xorazmni o'z chegarasi doirasida mustaqil ma'muriy siyosiy markaz sifatida qoldirishni taqozo etadi. Yozishma mualliflari Xorazm SSRga Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatini qo'shish masalasini ham ko'tardilar. Xullas, bu maktubda Xorazmni mustaqil ma'muriy rayon sifatida o'zining doirasida qoldirish va Xorazmga Amudaryo viloyatini kiritish masalasi qo'yilgan edi. Aslida bu Xorazm respublikasi rahbariyatining chegaralanish o'tkazilishini rad qilishi edi. Biroq O'rta Osiyo byurosi xorazmlik milliy rahbar-xodimlarning fıkrlarini qat'iyan rad qildi, byuro qabul qilgan o'z qarorining birinchi bandiga Xorazm respublikasini ham kiritdi. Shunga qaramasdan, XKP MK Ijroiya byurosi 1924-yil iyunda yuborgan telegrammasi bilan maktub mualliflarining nuqtai nazarini qo'llab-quvvatladi. Xullas, xorazmlik milliy yetakchilar o'z fıkrlarida sobit qolib, bu masalada Markaz siyosatiga qarshi chiqdilar. Shu munosabat bilan RKP (b) MK Siyosiy byurosi 1924yil 12-iyunda bo'lib o'tgan majlisida chegaralanish materiallariga doir hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritishga majbur bo'ldi. Siyosiy byuro Xorazm respublikasini oldingidek o'z holiga qoldirishga vaqtincha rozi bo'ldi va bu haqda qarorda yozib qo'yildi. Shuningdek, Markaz bu haqda 0'rta Osiyo byurosiga tegishli topshiriqlarni jo'natdi. Xullas, 1924- yil 12-iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi ”O'rta Osiyo respublikalarini (Turkiston, Buxoro va Xorazmni) milliy chegaralash to'g'risida”gi masalani ko'rib chiqdi hamda ”Buxoro va Turkiston Kompartiyalari Markaziy komitetlari va Xalq Komissarlari Sovetlarining takliflari” ni hisobga olib, bunday qaror qabul qildi: Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan mustaqil Turkmaniston respublikasi tuzilsin; Turkiston va Buxoroning o'zbeklar yashaydigan qismlaridan mustaqil O'zbekiston respublikasi tuzilsin; v) Xorazm respublikasidan turkmanlarni ajratgan holda bu respublika o'z holicha qoldirilsin 1 . Siyosiy byuro Turkistonning qozoqlar yashaydigan rayonlarini Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR) bilan birlashtirishni, shuningdek, bevosita RSFSR tarkibiga kiradigan Qora-Qirg'iziston (aslida Qirg'iziston) avtonom viloyati va O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyatini tuzishni zarur deb topdi. RKP (b) MK 0'rta Osiyo byurosi o'zining 1924-yil 10avgustda bo'lgan 322-majlisida byuro kotibi Karklinning ”Xorazm bo'yicha amaliy takliflar” nomli ma'ruzasi asosida qaror qabul qildi. Bu qarorda XKP MK Tashkiliy byurosi tomonidan 26- iyunda qabul qilingan Xorazmning o'zbeklar yashaydigan qismini O'zbekiston Respublikasiga kiritish haqidagi "qaror” ma'qullandi. Xorazm respublikasi tarkibidagi Qirg'iz-Qoraqalpoq oblastiga munosabat masalasi ochiq qoldirildi. RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi Markaz topshiriqlarini bajarishga intildi. Natijada 26-iyunda Xorazm Kompartiyasi MKining yangilangan tarkibi milliy kommunistlar 9-iyunda chiqargan qarorni bekor qildi va Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini e'tirof etdi. RKP(b) MK Siyosiy byurosi O'rta Osiyo byurosining taklifi bilan yana bu masalaga qaytdi va Xorazmni Buxoro hamda Turkiston bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanish jarayoniga qo'shdi. RKP (b) MK Siyosiy byurosining 1924-yil 12-iyunda qabul qilgan qaroridan boshlab milliy-hududiy chegaralanishni tayyorlash jarayoni yangi bosqichga kirdi. 15-iyulda RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va viloyatlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi.O'zbeklar byurosi tarkibiga Fayzulla Xo'jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikromovdan tashqari Qori Yo'ldosh Po'latov, Muxtorjon Saidjonov, Kalugin a'zo sifatida, Inoyatov nomzod sifatida kirgan edi 2 . Rejalashtirilgan yangi milliy tuzilmalarni mazmunan to'ldirish, ularning hududlarini aniqlab chiqarish, chegaralami ajratish va belgilash lozim edi. Bu ish birmuncha oldinroq RKP (b) VİK O'rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy 1 Ражабов К., Хайдаров М. Туркистоп тарихи (1917-1924й). Укув куллапмаси. Тошкент: Университет, 2002. -B.89 2 Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: ”Navro'z”, 2014. -B.73 komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida va janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalarda boshlangan edi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xo'jayev, S.Xo'janov, A. Rahimboyev, R. Islomov, Q. Otaboyev, N.Aytoqov, Y. Abdurahmonov, I.Aydarbekov, I.Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat-Muratov va boshqa siyosiy arboblar kirgan edi. Hududiy komissiya (uning tarkibiga yangi tashkil etilayotgan respublikalar va viloyatlarning yuqorida nomlari keltirilgan vakillari kirgan edi) majlislarining stenografik hisobotlari bu ishni bajarganlardan birining obrazli ifodasi bilan aytganda, "aholini milliy guruhlarga ajratish” muammolarining murakkabligi va xilma-xilligiga bugungi kunda chinakam baho berish imkoniyatini tug'diradi. Agar o'zbek va turkman kichik komissiyalarining vakillari umuman bitta nuqtai nazarda: chegaralanish asosida mustaqil "milliy sovet respublikalari” va avtonom viloyatlari tashkil etilishini yoqlagan bo'lsalar, Xorazm delegatsiyasi Xorazm respublikasining dahlsizligini himoya qilishda davom etdi, qozoq kichik komissiyasi esa O'rta Osiyo sovet respublikalari federatsiyasini tuzish g'oyasini yana bir marła ilgari surdi. O'rta Osiyo hududini mo'ljallanayotgan milliy tuzilmalar o'rtasida chegaralarga ajratib olishda yanada ko'proq xilma-xillik ko'zga tashlandi. Chegaralanish uchun asos qilib olingan ikki prinsip-milliy-hududiy va iqtisodiy prinsiplar O'rta Osiyoda mavjud bo'lgan sharoitga to'g'ri kelmadi. Hududiy komissiya a'zolari oldiga hal ctilishi qiyin bo'lgan vazifalarni kcltirib chiqardi, ular o'rtasida norozilik va kelishmovchiliklarni chuqurlashtirdi, ba'zida esa g'alati vajiddiy vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Majlis qatnashchilari tayanch masalalarni ilmiy jihatdan yanada chuqurroq o'rganib o'tirmasdan, oddiy ovoz berish yo'li bilan 0'rta Osiyo Federatsiyasi tashkil etilishi g'oyasiga (majlisda bu g'oyani Sultonbek Xo'janov asoslab bergan va himoya qilgan edi) qarshi fikr bildirib, O'zbekiston SSR va Turkmaniston SSRni tashkil etish va ularning bevosita SSSRga kirishini, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyati va Qirg'iziston avtonom viloyati tarkib topishini yoqlab chiqdilar. Umuman olganda, RKP(b) MK 0'rta Osiyo byurosining Hududiy komissiyasi majlisi ishtirokchilari milliy-hududiy chegaralanish masalalari yetarli daraj ada tayyorlanmaganligini, taxminan hal etilganligini, ularni ilmiy jihatdan asoslab berish ehtiyoji borligini tushunib yetdilar, qo'shimcha materiallar, statistik ma'lumotlar jalb qilish zarurligi, tegishli xaritalarga ega bo'lish kerakligi ko'rsatib o'tildi. Ana shularga asoslanib, xususan, yangi tuzilmalarning chegaralari haqidagi masalani qarab chiqish vaqtinchalik qoldirildi. Milliy belgilariga qarab bo'lish ham unchalik maqsadga muvofiq emas edi, sababi aholi soni ham, milliy joylashuvi ham to'liq o'rganilmagan edi. Hududiy komissiya faoliyatining natijalari RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosida va O'rta Osiyo kommunistik tashkilotlari rahbar organlarida muhokama qilindi. 1924-yil 14-sentyabrda Turkiston Kompartiyasi, Turkiston ASSR MIK va Taftish komissiyasining qo'shma plenumida. Hududiy komissiyaning ishi to'g'risida komissiya raisi, TKP MKning mas'ul kotibi I.Vareykis ma'ruza qildi. U o'z ma'ruzasining kirish qismida milliy-hududiy chegaralanishning tepasida bolsheviklar partiyasi turganligini zo'r qoniqish hissi bilan ta'kidlaydi. Vareykis bundan tashqari, ishchi va dehqonlar ommasi o'rtasida bu masala yuzasidan tashviqot kompaniyasi ochish zarurligini taklif qiladi. Shunday qilib, mintaqa xalqlari o'z taqdirlarini hal qilishi kerak bo'lgan milliy-hududiy chegaralanish jarayoniga endigina tortiladi. TKP NIK, Turkiston MIK va Taftish komissiyasining qo'shma plenumi Turkiston, Buxoro va Xorazmning milliyhududiy chegaralanishi rejasini umuman, ma'qulladi, Hududiy komissiyaning va RKP (b) MK O'rta Osiyo byurosining qarorlarini tasdiqladi va mazkur rejani qarab chiqish hamda tasdiqlash uchun Turkiston ASSR MIKning favqulodda sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa, bunga qadar faqat partiya organlari tomonidan qarab chiqilgan, tayyorlangan va uzil-kesil hal etilgan masalani tasdiqlash uchun sovet organlariga berishga qaror qilindi. Shuningdek, TKP NIK ning Qo'shma plenumi bu masalaga doir o'z rezolyutsiyasida "ishchilar va dehqonlar ommasi orasida keng kompaniya ochish" ni taklif qildi, chunki I.Vareykisning ma'ruzasida quyidagi fikrlarga alohida urg'u berilgan edi: "Masalaninig siyosiy tomonlari xaqida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega emasmiz. Na Markaziy komitetda, na O'rta Osiyo byurosida aynan milliy hududiy chegaralanish g'oyasi mahalliy aholiga qanday ta' sir qilganligi, singiganligi haqida aniq to'xtamga kelinmagan. Uning partiyaviy doiralardagi aks-sadosini bilamiz, ammo partiyasizlar orasida qanday kechayotganligidan bexabarmiz. Bu masalani o'rganish uchun tadqiqotlar, tekshiruvlar o'tkazmadik. Birorta syezd, konferensiya o'tkazmadik. Bizku ularni amalga oshirmadik, ammo aslida sovet siyosatini to'g'ri tashkil etish syezdlar o'tkazilgandagina risoladagidek bo'ladi. Biz shularni bajarmagan ekanmiz biz faqatgina yuqorining, ya'ni partiyaviy rahbariyatning fikriga egamiz. Bunday olib qaraganda, partiyaning nuqtai nazari ham bizga qorong'u". Vareykisning bu mulohazasi juda muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, o'lka aholisi o'sha paytga qadar o'z taqdiri uchun g'oyat ahamiyatli bo' Igan masalani muhokama qilishdan butunlay chetlashtirilib qo'yilgan edi. O'rta osiyo byurosi TKP, BRP va XKP Markaziy Komitetlariga mahalliy partiya tashkilotlariga "chegaralanish bo'yicha ham og'zaki, ham yozma tashviqot kompaniyasi o'tkazish vaqtida internatsional kommunistik jihatlarga qat'iy amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim millatlar o'rtasida qandaydir masalada bo'lmasin, kelib chiqadigan milliy og'machilikka yo'l qo'ymaslik... chegaralanish masalalarini ko'pchilik o'rtasida muhokama qilish vaqtida RKP (b) MK va 0'rta Osiyo Byurosining 0'rta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi to'g'risidagi qarorlariga qaťiy amal qilish...” vazifasini yuklashni taklif etdi. XSSR ning Moskvadagi muxtor vakili Abdusalomov tomonidan 1924-yil 28- avgustda VKP (b) MK Bosh kotibi I.V.Stalin nomiga yozilgan maktubda milliy- hududiy chegaralanish xususida qiziqarli dalillar mavjud. Unda dastlabki sovet hokimiyatining Sharqdagi siyosati to'g'risida to'xtaladi, so'ngra Xorazmdagi davlatchilik tarixi, qadimgi Xorazm davlatining jahon tarixida tutgan o'rni, bugungi kunda Xorazm respublikasidagi siyosiy ahvol va xorazmliklar ruhiyatidagi o'zgarishlar xususida so'z boradi. Maktub muallifi XSSRning Moskvadagi muxtor vakolatxonasiga uning huzuriga shu masala bo'yicha maxsus kelgan Afg'oniston elchixonasining birinchi kotibi bilan ikkalasi o'rtasida bo'lib o'tgan suhbat to'g'risida ham Stalinga ma'lumot berib, milliy-hududiy chegaralanish 0'rta Osiyo respublikalariga qo'shni davlatlar: Afg'oniston, Eron, Turkiya kabi Sharq mamlakatlarida kuchli qiziqish, ayni paytda katta xavotirga sabab bo'layotganligi to'g'risida gapiradi. Abdusalomovning yozishicha, uning nazarida bu masalani hal etish erta boshlangan. U bu masala bo'yicha Sukerman bilan bo'lib o'tgan suhbatdan qoniqmaganligi uchun Stalinga shaxsan murojaat qilgan. Afsuski, Stalinning javob maktubi yoxud boshqa fıkrlar haqida arxivda ma'lumotlar saqlanib qolmagan 1 . VKP (b) MK O'rta Osiyo byurosining 1924-yil 7-sentyabrda bo'lib o'tgan 107- majlisida byuroning birinchi kotibi l.A.Zelenskiy "Chegaralanish bilan bog'liq masalalar to'g'risida” ma'ruza qildi. Nutqda O'rta Osiyoda o'tkazilayotgan milliy- hududiy chegaralanish bilan bog'liq tadbirlar xususida so'z boradi. Majlisda hududiy komissiyaning 16-avgustdagi 2-protokoli, 21-avgustdagi 5protokoli va 6- sentyabrdagi 6-protokoli asosida yangi tuzilayotgan Turkmaniston SSR ning chegaralari tasdiqlanadi. Shuningdek, hududiy komissiyaning 21avgustdagi 5- protokoli asosida yangi tuzilayotgan O'zbekiston SSRning Qirg'iziston Respublikasi (aslida Qozog'iston ASSR) bilan chegaralari ham tasdiqlanadi. Bundan tashqari, Hududiy komissiyaning 6-sentyabrdagi 6protokoli asosida yangi tuzilayotgan Tojikiston avtonom oblastining chegaralari, 21-avgustdagi 5-protokoli asosida Qora Qirg'iz (aslida Qirg'iziston) avtonom viloyatining chegaralari va 21-avgustdagi 5- protokoli va 6-sentyabrdagi 6-protokoli asosida Qoraqalpoq avtonom viloyatining chegaralari hamda Amudaryo viloyati hududi tasdiqlanadi. Turli xalqlar aralash yashaydigan hududlarni milliy respublikalar yoki viloyatlarning qaysi biriga kiritish lozimligi keskin tortishuvlarga sabab bo'ladi. Bu haqda arxiv fondlarida ko'plab hujjatlar saqlanib qolgan. 0'rta Osiyo byurosining 1924-yil 9-sentyabrda bo'lgan 109-majlisida Buxorodagi qirg'izlar (qozoqlar) masalasi bo'yicha komissiyaning ma'ruzasi tinglanadi. Ma'ruzada ko'rsatilishicha, Buxoro viloyati, Karmana viloyatining g'arbiy qismi (Konimex) va Nurota viloyatlarida qirg'izlar (qozoqlar) yashayotganligi uchun bu yerda maxsus qirg'izlar tumani (markazi-Nurota shahri) tashkil qilinishi lozim. Bu tuman markaziy hokimiyatga to'g'ridan-to'g'ri bo'ysunadi. Bu haqda majlisda maxsus qaror qabul qilingan va ushbu qaror asosida keyinchalik maxsus Nurota uezdi va Konimex avtonom rayoni tashkil etilgan. 1924-yil 15- 1 Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: ”Navro'z”, 2014. -B.86 sentyabrda Turkiston ASSR MIKning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Turkiston ASSR XKS raisi R.lslomov ma'ruza qildi. Bu ma'ruza ilgarigi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g'oyalar va qoidalarni takrorlashdan iborat bo'ldi. Ma'ruzada 0'rta Osiyoda o'tkazilâyotgan milliy-hududiy chegaralanishni ”millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash prinsipi” ni to'liq amalga oshirish, yangi ”milliy davlat tuzilmalari”ni tashkil etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga R.lslomov ma'ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish ”xalqlarning xohish-irodasini bildirish akti”, degan tezis birinchi bor quyidagicha ochiq aytildi: ”Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to'g'risida o'z-xohish irodasini bildirdilar. Ular ham barcha o'zbeklar, qirg'izlar va turkmanlarning yagona davlatga birlashtirish yo' li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar". Turkiston ASSRdan tashqari BSSR va XSSR da ham milliy-hududiy chegaralanish to'g'risida shunday qarorlar qabul qilindi. 1924-yil 14-oktyabrda bo'lgan Butun Rossiya MIQning I sessiyasida O'rta Osiyodagi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari o'rnida O'zbekiston SSR va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O'zbekiston tarkibida), Qoraqalpoq (Qoraqalpog'iston) avtonom viloyati va Qirg'iz (Qirg'iziston) avtonom viloyati tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Nihoyat, 1924-yil 27-oktyabrda bo'lgan Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo'mitasi II sessiyasi O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi. Xulosa qilib aytganda, 1924-yil sentyabr-oktyabr oylarida Turkiston mintaqasida o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo respublikalari, sovet Rossiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo'li bilan rasmiylashtirildi. 1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitalari maxsus qo'shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o'z vakolatlarini O'zbckiston SSR Sovetlarining Ta'sis qurultoyiga qadar ish ko'ruvchi, Fayzulla Xo'jayev raisligida 31-oktyabrda tashkil etilgan O'zbckiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (revkom) ga topshirdilar. Bu komitet to'rt oy davomida O'zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi. O'zbekiston SSR Revkomining 1925-yil 29-yanvardagi qaroriga ko'ra yangi tuzilayotgan respublikaning ma'muriy tuzilishi quyidagicha bo'lgan: O Ç zSSR 7 ta viloyat va alohida Nurota uezdiga bo'lingan. Samarqand shahri poytaxt bo'lishi kerak edi. Viloyatlar 32 ta uyezd, uezdlar esa 312 ta volostga bo'lingan. Shunday qilib, 1924-yil oxiri va 1925-yil boshlarida Turkiston ASSR, BSSR va XSSR tugatilib, ularning o'rnida O'zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (1929-yilgacha O'zbekiston SSR tarkibida), Qora-Qirg'iz (Qirg'iz) avtonom viloyati (RSFSR tarkibida), Qoraqalpoq avtonom viloyati (dastlab Qozog'iston ASSR tarkibida; 1930-yildan RSFSR tarkibida; 1932-yildan Qoraqalpog'iston ASSR; 1936-yildan u O'zbekiston SSR tarkibida) tashkil etildi. 1924-yil oxiri va 1925-yil boshlarida sovet rejimi va bolsheviklar Turkiston mintaqasini parchalab tashlab, O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirdi. Xulosa Turkiston ASSRda 1917-1924- yillarda mavjud bo'lgan sovet davlati boshqaruv tizimini bir nechta kichik bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich (1917-1920-yillar) da Rossiya markazida bo'lgani singari Turkiston 0'lkasida ham bolsheviklar tomonidan majburiy tarzda sovet hokimiyati o'rnatildi. RSFSR tarkibida 1918-yil aprelda Turkiston ASSR tashkil qilindi. Mintaqada taraqqiyotning sovet davlatchiligi singari yangi shakliga asos solindi. Ikkinchi bosqich (1920-1924-yillar) da bolsheviklar Markazning harbiy kuchlariga tayangan holda 1920-yili Xiva xonligi va Buxoro amirligini kuch bilan tugatib, mahalliy ”inqilobchilar” yordamida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tashkil qildilar. Bundan tashqari, 1920-yili Turkiston ASSR hududining muayyan qismida Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR)ga asos solindi. Aynan 1920-yildan boshlangan Turkiston mintaqasini avval bo'lib tashlab, so'ngra boshqarish jarayoni 1924-yil oxirida O'rta Osiyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish siyosatining o'tkazilishi bilan yakunlandi. Shu narsani qayd qilib o'tish lozimki, 1922-yil 30-dekabrda to'rtta sovet respublikasi tomonidan SSSR davlati ham tuzilgan edi. Oktyabr to'ntarishi Rossiya davlatiga iqtisodiy, siyosiy, sotsial zarba berdi. Shuning uchun bir guruh tarixchilar uni ijtimoiy qiyołnatga o’xshatishadi. Sovet davlatchilik institutlarining ibtidosidan intihosigacha tełnir intizotn, harbiycha boshqaruv elenłentlari, o'n yillar (lavołni(la jazo otryadlari sistełnasi mavjud bo' lib keldi. Biroq SSSRdagi umumxalq savodxonligi, Ineditsina, fan va te,xnika inqilobi, sanoatlashtirish kabi yutuqlarni ham inkor qilib bo'lmaydi. Shuning barobarida reja kctidan quvish, kapitallobiya tufayli jamiyatni bir xillashtirish, asriy milliy va diniy e'tiqodlarni unutish, ekologik fojcalar ham sovet jamiyatidan meros qilib olindi. Bularning barini kcskin inkor etmagan hołda ”xalqlar turmasi” bo'lmish Rossiya, keyinchalik SSSRning ijtimoiyiqtisodiy alwoli og'ir kcchganligi asosiy omillardan biri bo'lganligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Rossiya imperiyasida siyosiy va psixologik zo'riqish bir nuqtaga to'planib qoldi. Kuchlarni bunday yo'naltirishda ziyolilarning xizmatlari ham bor edi. Rossiya imperiyasi ma'murlari bilan mahalliy to'ralar o'rtasida bilinar- bilinmas to'siq bo'lgani barobarida barcha hududlardagi inqilobiy kuchlar internatsionallashib bordi. Aholining ko'pchilik qatlamiga mos keladigan shiorlarni, va'dalarni topishda, nisbatan łezkor harakat qilishda bolsheviklar ilg'or edi. Kurashlarda yo'qotilgan kuchlarni kundan-kun qashshoqlik girdobidagi yo'qsullar to'ldirib borar edi. Ocharchilik, jon saqlash instinkti ham hokimiyat va qurolli kuchlarga aloqador bo'lishda muhim omillardan edi. Turkistonda ahvol bundan ham og'ir bo'ldi. Avvalo, o'lkada hech qanday inqilobiy kuchlarning uchquni ham bo'lmagan. Diniy e'tiqod, mahalliy urf-odatlar o'ta kuchli edi. Bolsheviklar inqilobining jangovar kuchi bo'lgan yevropalik ishchilar sinfi mustamlakachilik "sharbati”ni totgan va bunga moyil edi. Mahalliy millatlar orasida esa inqilobiy g'oyalar keng tarqalmadi. Bunga sabablardan biri uning imperiyaga aloqadorligidan ham bo'ldi. Milliy masala hayotiy zaruriyat edi. Markaz vakili G.Safarov ta'biri bilan aytganda, inqilob davrida mahalliy millatlarga ozodlik va non zarur edi. Turkistonda bolsheviklar partiyasi sovet hokimiyati zaruriyati tufayli tashkil etildi. Aynan shu jihatning o'zi marksizm-leninizm g' oyalarining butkul teskarisi edi. Sovet Rossiyasi hukumatining birinchi siyosiy tadbirlari "Rossiya xalqlari huquqlarining Deklaratsiyasi”, "Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga” Murojaatnomada tilga olingan demokratik tamoyillar deklarativ xarakterga ega ekanligini vaqt tez orada ko'rsatdi. Unga ishongan milliy kuchlar aldanganligini bilgach, bolshevizmga qarshi qurol olishga majbur bo'lishdi. So'z erkinligining taqdiri milliy matbuotning yopilishi bilan yo'qqa chiqarildi. Sovet hokimiyati mintaqada amalga oshirgan siyosiy tadbirlardan biri O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish bo'ldi. O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy hududiy chegaralanish avvalo rasmiy hujjatlarda o'lka mehnatkashlarining xohish-istagi asosida amalga oshirildi, deb da'vo qilindi. Ammo ko'p sonli arxiv hujjatlari aholi bundan qattiq aziyat chekkanligini isbotlaydi. Yuz minglab odamlar o'z t ug'ilib o'sgan vatanlarida "milliy ozchilik” kategoriyasiga kirib qolishdi. Milliy-hududiy chegaralanishni o'tkazish hududning milliy tarkibi, irrigatsiya tizimidagi yaxlitlikni saqlash, respublika hududidagi yirik ma'muriy markazlaming boshqaruv imkoniyatlarini hisobga olish, hududiy yaxlitlikka e'tibor qaratishni maqsad qilib oldi. Ammo bular o'z davrining mutaxassislari tomonidan o'ta og'ir muammo ekanligi bir necha bor ta'kidlandi. Mazkur kurs ishi ko’plab monografik qo’llanmalardan, dissertatsiyalardan hamda TASSR, BXSR va XXSR konstitutsiyalari, SSSR tarkibiga kirgan O’'rta Osiyo respublikalari hamda ular tarkibidagi avtonom sovet sotsialistik respublikalari konstitutsiyalari, jumladan, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi ko'rib chiqildi. Tarixiylik nuqtai nazaridan ko'rilgan va tahlil etilgan ushbu ko'p sonli konstitutsiyalar avval RSFSR, so'ngra SSSR konstitutsiyalari asosida yozilganligini ta'kidlash lozim. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling