"turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining tashkil topishi va davlat boshqaruvi" mavzusida tayyorlagan


 Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar hamda inqilobiy g'oya


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1432724
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turkiston Avtonom sovet sotialistik respublikasi kurs ishi

 
1. Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar hamda inqilobiy g'oya 
va amaliyotning tutgan o'rni, ularning o'zaro aloqadorligi 
Tarixchi Y. A. Polyakovning fikricha, ”Biz tarixiy jarayonga baho berishda 
ko'lamli yondoshishimiz kerak, deb o'ylayman. Sovet jamiyatining butun tarixi 
davomida turli yo'llar rivojlandi, har xil holatlar ta'sir qildi. Jarayonning keng 
qamrovliligi, bu jarayonni tashkil etgan oqimlarning ziddiyatli va hatto qarama-
qarshi turishi, biz anglab yetmagan ajib bir kuch bilan sovet jamiyati tarixida ham 
aniqlandi. Bu ziddiyatlarni ko'rmay biz murakkablik va chalkashliklardan chiqa 
olmaymiz”. Bu xususda quyidagi mulohazalar ham e'tiborga sazovordir. 
“Revolyutsiya —bu siyosiy kallakesarlar o'z gunohlarini yuvadigan qonli havza”, 
deb yozganida mashhur nemis faylasufi Fridrix Nitsshe haq edi. “lnqilobni daholar 
o'ylab topadi, mutaassiblar amalga oshiradi, huzur-xalovatini lo'ttibozlar ko'radi”, 
deganida Germaniya davlat arbobi Otto Bismark (1815-1898) zarracha ham 
mubolag'a qilmagan edi
1

So'nggi yillarda 1917-yilgi Oktyabr to'ntarishi, uning mohiyati, 
bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi, sovet hokimiyatining zo'ravonlik yo'li 
bilan o'rnatilishi haqida yaratilgan ayrim tadqiqotlarda (bu tadqiqotlarning aksariyat 
mualliflari Rossiya Federatsiyasi tarixchilari, faylasuflari va siyosatshunoslari 
hisoblanadi) hamon qaťiy isbot talab qilmaydigan tayyor xulosalarga duch kelinadi. 
Vaholanki, butun insoniyat tarixini XX asrda jiddiy ravishda o'zgartirib, katta 
oqibatlarga olib kelgan voqealar ibtidosi aynan Rossiyada bo'lgan Fevral inqilobi, 
xususan, Oktyabr to'ntarishi bilan bog'liq hisoblanadi. Shuningdek, oktyabr 
to'ntarishining qonli tarixi — XX asrning buyuk fojeasi, o'zbek xalqi boshiga 
solingan kulfatlarning ibtidosidir. Bu to'ntarish tarixchi odamlar, partiyalar, sinflar 
o'rtasidagi ashaddiy olishuvlar bilan to'la, insoniy hissiyotlar jo'sh urgan suronli 
o'zgarishlar yuz bergan, xatolar, uqubatlar, urushlar bilan to'lgan. Butun bir xalqlar, 
ijtimoiy tabaqalar va sinflar uchun fojeaviy natijalar keltirgan o'zgarishlardan 
iborat
2

Rossiyada 1917-yilning 8 oyi ichida bo'lgan ikkita inqilob va Oktyabr 
to'ntarishi vujudga kelishining ijtimoiypsixologik omillari xususida so'z yuritilar 
ekan, ushbu o'rinda rossiyalik tarixchi B. N. Zemsovning quyidagi fikrlariga 
to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir: ”Rossiyada revolyutsiyani keltirib chiqaruvchi 
muhim omil bu hokimiyatning har tomonlama obro'sizlanishi edi. Hukumatga qarshi 
1
Абдуллаев Р. Национальные политические организации Туркестана в 1917 — 1918 годы. —Ташкент: 
”Navro'z”, 2014. -B.44 
2
Аъзамхужаев С. Туркистон Мухторияти: миллий демократик давлатчилик курилиши тажрибаси. 
Тошкент: маънавият, 2000., -B.68 


tashviqot va targ'ibot, turli mishmishlarning ommaviy tarqalishi o'z kuchini 
ko'rsatdi. Podshohning o'zi xalqni qulluq qilmay qo'yganini e'tirof etgandi... 1917-
yilgi inqilob imperiya inqirozining tizimli mantiqiy yakuni sifatida emas, siyosiy va 
psixologik vaziyatni yagona tarixiy nuqtaga jamlanib qolishi bilan belgilanadi.” 
1917-yil inqilobiga olib kelgan sabablardan birinchisi qishloqlarda sotsial 
kelishmovchilikni vujudga keltirgan pomeshchik yer egalari tomonidan 
mujiklar(dehqonlar) yerlarini egallab olishi va turli yo'llar bilan ekinzorlarini qo'shib 
olishga intilishi edi. Keng tarqalgan sotsial noroziliklar cherkov tomonidan tashviqot 
qilinadigan rasmiy mafkuraga qarshi bo'ldi.
Yoshlar orasidagi ommaviy bezorilik sotsial norozilikning bir uchquni 
sifatida ko'rina boshladi. Bu jarayonga mahalliy hokimiyat tomonidan siyosiy 
oppozitsiya sifatida e'tibor berilmadi. Shunday bo'lishiga qaramay, bu qaltis vaziyat 
Rossiya imperiyasi uchun xavfli bo'lib, xalqning salmoqli qismini yoshlar tashkil 
etardi. Birinchi jahon urushi arafasida yuqori darajadagi zo'riqish proletariatga ham 
aloqador edi. Mayda va o'rta korxonalarning ishchilari o'z noroziliklarini mayda-
chuyda iqtisodiy talablar qo'yish yoki ish tashlash jarayonida bildirdilar. Bu bir 
tomondan asabiy alamzadalikdan bo'lsa, ikkinchidan, zabastovkalar biror natijaga 
ega bo'lishidan umid yo'qligidan edi. Ishchilarning ijtimoiy faolligining oshishiga 
oiladan uzilib qolganlik, o'zining «issiq o'rni»ga ega bo'lmaslik ham ta'sir qildi. 
Darbadar hayot tarzi ularning ko'pchiligiga xos edi. Urush soldatlarning aksariyat 
qismining siyosiy madaniyatini oshirmaganligi barobarida jangarilar sonini orttirdi. 
Harbiy qismlarda o'z g'azablarini va hokimiyatga bepisand qarashlarini ko'rsata 
olmagan soldatlar ta'til vaqtida izzat talab bo'lib qolishdi. Ular urushgacha joriy 
qilingan normalarga chiday olishmasdi. Armiyadagi ofitserlar dunyoqarashida ham 
omma psixologiyasida kechayotgan revolyutsion o'zgarishlar aks eta boshladi
1

Urushning birinchi kunlarida Vatan uchun qahramonona jangga kirilgan 
bo'lsa, ko'p o'tmay ofitserlarda bu ishonch yo'qola boshladi. Ammo, 1916-yilning 
oxirigacha ham armiyadagi noroziliklar siyosiy xarakterga ega emasdi. Nihoyat, 
so'nggi omil ishchilar harakatining borishiga revolyutsionerlar faoliyatining ta' siri 
bo'ldi. Revolyutsionerlarning xatti-harakatlari bir muncha murakkab XUsusiyatga 
ega bo'lib, ularning chorizmga qarshi lagerda turishlariga bir necha omillar sabab 
bo'lib, bu inqilobchilarning sinfiy kelib chiqishlari, mavqelaridan qaťiy nazar hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.
Birinchi omil o'smirlik edi. Ta'kidlash joizki, revolyutsionerlaming asosiy 
qismini 25 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etgan. Ikkinchisi, ularda doimiy turar 
joyning mavjud emasligi. Chunki sayoq va chala proletariatning noroziligi o'z uyida, 
1
Мингнаров А. Туркистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнларнинг миллий матбуотда ёритилиши (1917 — 
1918 йиллар). —Тошкент: ”Истиклол нури”, 2013, -B.177 


oilasi davrasida bo'lganlarga nisbatan yuqori edi. Kam sonli xalq va elatlar(yahudiy, 
polyak va b.)ning kamsitilishi natijasida paydo bo'lgan rus bo'lmagan 
revolyutsionerlarning vujudga kelganligi ham ma'lum o'ringa ega bo'ldi. 1916-
yilning kuziga kelib tushkunlik va norozilik kayfiyati armiyadagi generalitetni ham 
qamrab oldi. 1915 1916-yillarda siyosiy inqiroz, ulardan kelib chiqqan 1916yilning 
oxiri va 1917-yilning boshlarida hokimiyatning falaj holati shiddatli voqeliklar 
to'foniga qarshi tura olmadi. Bunda podshoh va Davlat Dumasi vakillari 
boshchiligidagi ziyolilarning ayblari teng kuchga ega bo'ldi.
Rossiya talabalarining «inqilobiy» tarang holatdagi, tanazzul arafasidagi 
o'nlab talablari sirasiga hattoki o'quvchilar uchun majburiy o'quv rejalarini bekor 
qilish, har bir talabaga erkin, o'z shaxsiy rejasini tuzish, erkin oliy o'quv yurtlarini 
hech qanday moneliksiz yo'lga qo'yish, o'qish va ta'lim olish, so'z va fikrda to'la 
erkinlik berish, universitet o'quv tizimiga barcha ilmiy va ijtimoiy qarashlarning 
erkin kirib bora olishi va boshqalar kiradi. Moskvadagi o'rta maktab o'quvchilarining 
bir guruhi o'z mustaqil ish yuritishlari huquqini qo'lga kiritish uchun «otaonalar va 
0'qituvchilar» bilan kurash olib borishga chaqirdi.
Oktyabr to'ntarishi haqida zamonaviy tarixshunoslik o'zida ko'plab ziddiyatli, 
qarama-qarshi qarashlarni jamlagan. Keyingi davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda 
1917-yil voqealarini davlat to'ntarishi ekanligini aks ettiruvchi ilmiy tahlillar ko'proq 
ulushga ega bo'ldi. Tarixiy publitsistika yanada chuqurlashib, Oktyabr to'ntarishi 
«dunyo massonchiligining agentlari fitnasi» yoxud «Kayzer Germaniyasining Bosh 
Shtabi tomonidan sotib olingan qo'poruvchilar harakati» deb baholanmoqda. 1917-
yil Oktyabr to'ntarishini sovet mafkurasi an'anaviy markscha formula bilan 
tushuntirishga harakat qildi, ya'ni: «yuqori boshqara olmay qoldi quyi bo'ysunishni 
xohlamadi». Aslida esa voqelik juda chalkash omillar majmuidan iborat bo'ldi. Bu 
omillarni quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, o'sha paytda Rossiyada 
demokratik an'analar hali qaror topmaganligi sababli ko'p hollarda inqilob 
taraqqiyoti o'ziga xos xususiyatlarni shart qilib qo'ydi.
Tarixiy adabiyotlarda keltirilishicha, ”Fevral inqilobi paytida politsiyaning 
faol qarshiligi va boshqa kuchlar kurashi natijasida 1600 kishi halok bo'lgan bo'lsa, 
Oktyabr qo'zg'oloni kunlarida Petrogradda 6 kishi halok bo'ldi”. Ikkinchidan, 
Yevropadagi demokratik an'analar to'g'risida gapirganda Vengriya, Germaniya 
(Bavariya va Prussiya)dagi inqilobiy qo'zg'olonlar qaťiy usullar Yordamida 
bostirilganligini qayd etish lozim. Birinchi jahon urushining faol ishtirokchisi bo' 
Igan Rossiyaning uch yillik urush harakatlari 1917-yilning bahoriga kelib misli 
ko'rilmagan iqtisodiy vayronagarchilikka Olib keldi va davlat zahirasining sillasini 
quritdi. 1916-yilga nisbatan ishlab chiqarish sektori 36,5 foizga qisqarib ketdi. 1917-
yil martdan oktyabrgacha 800 ta tashkilot yopildiki, natijada ommaviy ishsizlik 


yuzaga keldi.
Moliyaviy tizim butkul ishdan chiqdi. «Kerenka» deb nomlanadigan pulning 
ulkan oqimi iqtisodiyotni to'ldirib, misli ko'rilmagan inflyatsiyani keltirib chiqardi. 
Iqtisodiy falokatlarga siyosiy inqiroz qo'shimcha bo'ldi. Muvaqqat hukumat 
mamlakatni boshqara olmasligi real faktga aylandi. Aholining ayanchli ahvoli, 
ochlikning dahshati, iqtisodiy va siyosiy xaos jamiyatning sabr-kosasini to'ldirdi. 
Rossiyada chorizmning ag'darilishi bilan ham orzu-umidlari ushalmagan xalqning 
qahr-g'azabi ortib, aholining kuchli radikallashuviga olib keldi. Rossiya 
imperiyasidagi shiddat bilan rivojlanayotgan turlicha ziddiyatlar tezroq yechimini 
kutayotgandi. Afsuski, 
mavjud siyosiy kuchlar orasida bolsheviklar o'zgalardan 
ko'ra vaziyatga to'g'ri tashxis qo'yib, o'z maqsadi yo'lida, hokimiyatni egallashda 
foydalandi. Bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan xalqlarning o'zo'zini boshqarish, 
yer-suv masalasini adolatli hal etish, tinchlik, tenglik, birodarlik kabi g'oyalar 
xalqning ma'lum
qismida ishonch hosil qildi. Revolyutsiya arafasida Rossiya 
imperiyasining agrar o'lkalarida kapitalizmgacha bo'lgan bosqich va kapitalistik 
elementlar mavjud edi. Qishloq xo'jaligidagi taraqqiy topmagan xususiy mulkchilik 
ommaviy proletarizatsiya (ma'lum bir mułk va malakaga ega bo'lmaslik), 
pauperizatsiya 
(umumiy 
ishlab 
chiqarishdan 
chetda 
bo'lish) 
va 
marginalizatsiya(mehnatkashning mayib psixologiyasi) qatlamlari aholining 
aksariyat qismini qamrab oldi.
Pauper—lyumpen to'foni ommaviy marginalizatsiya jarayonini (jamiyatni 
tutib turuvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning beqadrligi, insof-diyonatning bir pul 
bo'lishi) boshlab berdi. Shaharlikka aylangan qishloq aholisi, shundan matros va 
sołdat bo'lganlari, qochoq, mayda burjuacha, professonal revolyutsioner va yana shu 
turdagi guruhlarga aylangan sobiq shaharliklar asosiy marginallar bo'lishdi. Aynan 
ommaning pauper—lyumpenlari va marginallari revolyutsiyaning ijtimoiy tayanchi 
bo'lib xizmat qildi. Ushbu inqilobiy kayfiyatning oliy va markazlashgan nuqtasini 
kechagi dehqon—bugungi «qurolli odam»: jangchi sołdat namoyon qildi. 
Qishloqdagi osuda hayotini yo'qotgan, qashshoqlikning ayanchli girdobidan 
chiqmoqchi bo'lgan va o'z shaxsiy tinchligini topishga intilgan bu yarim proletarlar 
"dahshatli kuch” bo'lib shakllandi.
Bolsheviklarning «talangan boyliklarni talash», «ekspluatatorlarni ezish”, 
«oshpaz ayol ham davlatni boshqarishi mumkin» degan asosiy shiorlari marginal 
pauper-lyumpen qatlami tomonidan ishtiyoq bilan kutib olindi. Bundan tashqari 
inqilob «shahar» xarakteriga ega edi. Qishloqlar esa bu g'oyalardan butunlay chetda 
bo'lgan. Oktyabr to'ntarishi avval boshdanoq shahar «revolyutsiyasi» edi. V. I. 
Leninning o'zi faqat 1918-yilning kuziga kelib qishloqlar inqilob g'oyalarini his qila 
boshladilar, deb yozgan edi. Oxlokratiya (olomon hokimiyati) uchun ko'zgu 


sanalgan, «qurolli odam» «eski dunyo»ni buzishni bir pasda qoyillatib bajardi, 
ammo yaratuvchilik faoliyatini boshlashi uchun uning imkoniyati, ongi, shuuri 
yetishmasdi
1

Turkiston o'lkasida 1917-yil mart oyidan noyabrgacha deyarli osuda kunlar 
bo'lmadi. Turli siyosiy tashkilotlar o'lka ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashishga 
harakat qilishdi. Bolsheviklarning Turkistonda o'lka mahalliy hamda yevropali 
aholisi o'rtasidagi obro'si shunday past ediki, hokimiyatni ularga topshirish haqidagi 
murojaatlarga rad javobini olishgan. Sovet adabiyotlarida Turkistondagi «inqilobiy» 
ko'tarilish 1917-yil sentyabr oyida yuqori darajaga chiqdi, deb ko'p yozilgan. Ammo 
bu fikr-mulohazalar asossiz xarakterga ega bo'lgan. Bu paytda, yevropalik aholi 
vakillari sarosimaga tushib, hokimiyatga intilishdi, kelajakdan xavfsirab, 
yaqinlashib kelayotgan ocharchilik oldida junbushga kelishdi.
Turkiston Kommunistik partiyasi tarixchisi Y.Fedorov bu xususda shunday 
yozgan edi: ”lshchilar va soldatlar quyidagi ikki omil tufayli jadal 
revolyutsionlashdilar: o'lkaga g'alla kelishi to'xtaganligi va hosilsizlik tufayli 
Turkistondagi ocharchilikning keng yoyilishi; soldatlar ommasining urushda holdan 
toyganligi. Soldatlarning birinchi ommaviy chiqishlari — savdo rastalari, binolari 
va magazinlarni o'zbilarmonlarcha tintuv qilish, yo'lovchilarning oziq-ovqat va 
boshqa yuklarini musodara etishdan iborat bo'ldi. Jabrdiydalar Toshkentga chetdan 
kelgan o'zbeklar edi. Bunday holat 1917-yil avgust oyining o'zida o'ttiz martadan 
ziyod bo'ldi”
2

Turkiston o'lkasining Yer ishlari bo'yicha xalq komissari Romanov ham 
qishloq aholisi o'zlariga berilgan huquqlaridan keng foydalana olmayotganligi, Yer 
qo'mitalarining 1917-yil oxiridagi faoliyatiga to'xtalib, ”ular Oktyabr to'ntarishidan 
oldin tashkil qilingan” deb qayd etadi. Demak, qishloq aholisi psixologiyasida 
xususiy mulkning muqaddasligi chuqur ildiz otganligi yaqqol ko'rinadi. Farg'ona 
oblast ishchi, soldat va musulmon deputatlari Sovetlarining 1918-yil 10-apreldagi 
yig'ilishida delegat Brizgaylov mavjud voqelikka munosabatni shunday ta'riflaydi: 
”Buxoro voqealarining sodir bo'lishi (Bu o'rinda Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlar 
Sovetining raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil gvardiyachilar qo'shinini 1918-yil 
mart oyi boshlarida Buxoroga bostirib borgani ko'zda tutilmoqda — muallif) bilan 
Toshkentdagi ommaning kayfiyati dahshatli taranglashib ketdi. Buxoro voqealarini 
taftish qilib o'tirmayman, bu haqda tarix o'z xulosasini chiqaradi. Voqealar Xalq 
1
Алимова Д. Голованов А. Узбекистон мустабид совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик 
окибатлари (1917-1990 й). —Тошкент: Узбекистон, 2000. -B.98 
2
Зиёева Д. Туркистон миллий озодлик каракати (Мустабид тузумга «арши 1916 йил ва 1918-1924 
йиллардаги халк курашлари тарихшунослиги). Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат 
нашриёти. 2000. -B.148 


Komissarlar Sovetining a'zolariga o'z ta'sirini o'tkazib, ularni tushkun ahvolga 
solgan. 
Komissarlar tomonidan qo'yilgan qator masalalaming javobini oldik. Oxirgi 
vaqtda kuzatilayotgan ahvol keng demokratik ommani qanoatlantirishi mumkin 
emas. Bundan kelib chiqadiki, Turkistonda boshqarilayotgan apparatni boshdan-
oyoq qayta tuzish lozim. Toshkentda bir-biriga do'stona munosabatda bo'lmaydigan 
uchta tashkilot bor: qizil armiya, qizil gvardiya va militsiya. Odamlar (bolsheviklar 
— muallif) o'z zimmalariga kuchlari yetmaydigan yukni ortmoqlab olganliklari 
seziladi. Aytib o'tilganlaming bari Toshkentdagi ahvolning o'ta ayanchli ekanligini 
ko'rsatadi. Sovet hokimiyatining faoliyati kunduzi bir ozjonlangandek bo'lib, kechga 
borib muzlaydi. 
Keyinchalik O'zbekiston Kompartiyasi birinchi syezdining yig'ilishida 
I.A.Zelenskiy Oktyabr to'ntarishi arafasida Turkiston o'lkasidagi ahvolni shunday 
bayon qilgan edi: "Birinchidan, partiya va ishchilar sinfı İttifoq markazida 
hokimiyatni egallagan davrda O'rta Osiyoda ahvol o'zgacha edi. Pomeshchik va 
kapitalistlar qo'lidan hokimiyatni tortib oladigan sinf mavjud emasdi. Ikkinchidan, 
O'rta Osiyo xalqlari mustamlakada edilar. O'rta Osiyoning milliy tarkibi orasida 
hokimiyatni qo'lida tutib turadigan qatlam yo'q edi. Mahalliy ishchilar sinfi 
shakllanmagânligi sababli Rossiyaning Yevropa qismidan kelgan ishchilar 
Oktyabrning himoyachisi rolini o'ynadilar. Ular Markazdagi ishchi va dehqonlar 
bilan fıkrdosh bo'lib, u yerda ham, o'lkada ham bir vaqtda inqilobni amalga 
oshirdilar.”
Xulosa qilib aytganda, sovet totalitar davlatchiligi o'z taraqqiyotida murakkab 
yo'lni bosib o'tdi. Bolsheviklar hokimiyatni egallagach (1917-yil oktyabr), dastlab 
qisqa muddat davomida so'l eserlar bilan kelishgan holatda yangi sovet hokimiyati 
muassasalarini tashkil qildilar. Biroq oradan ko'p o'tmasdan, so'l eserlar va boshqa 
siyosiy partiyalaming oz sonli vakillari hukumat tarkibidan chiqarildi, sovet va 
xo'jalik organlaridagi vazifalaridan ozod qilindi. Bolsheviklar sovet Rossiyasi va 
uning tarkibida bo'lgan Turkiston o'lkasida yakka hukmron partiya va yagona 
siyosiy kuchga aylandilar. Mensheviklar, eserlar, jadidlar boshqa siyosiy partiyalar 
hamda ularning nafaqat rahbarlari, balki oddiy a'zolari va ularga xayrixohlik 
bildirgan barcha odamlar tazyiqqa uchradi va qatag'on qilindi. Sovet totalitar 
davlatchiligi genezisiga to'xtalganda, uning avvalo, mustabid xarakterga ega 
ekanligini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Bolsheviklar va sovet hokimiyatining barcha rasmiy vakillari xalq nomidan 
ish ko'rishlarini doimiy ravishda ta'kidlashgan bo'lishsa ham aslida bu hokimiyat 
yagona partiyaga (kommunistik partiyaga) va bir guruh siyosiy elitaga xizmat qildi. 
V. I.Lenin va I.V. Stalin davrida ham, sovet hokimiyati taraqqiyotining keyingi 


bosqichlarida ham oliy siyosiy hokimiyat tepasida o'tirgan va partiya nomidan ish 
ko'rgan Politbyuro (Siyosiy byuro) a'zolari butun hokimiyatni to'la ravishda nazorat 
qildilar va barcha jabhalarni o'z qo'lida tutib turdi. Markazda faoliyat ko'rsatgan 
Politbyuro va uning ittifoqdosh respublikalardagi vakillari "sovet xalqi" nomi bilan 
yuritilgan yuzdan ortiq millatni qattiq iskanjada ushlab turishdi. SSSRda, xususan, 
O'zbekistonda yetmish besh yil amalda bo'lib kelgan davlatning mohiyati proletariat 
diktaturasi qanday edi, degan savolga beriladigan javobga bog'liq hisoblanadi
1

O'z davrida proletariat diktaturasi shunday tushunilgan: Diktator — cheksiz 
huquq va vakolatlarga ega hamda davlat, ma' lum sinf, guruh va h.k larning butun 
kuchiga tayanadigan shaxs. Rossiyada 1917-yil kuzidagi diktator- ishchilar sinfi 
bo'lib, u o'z sinfining barcha kuchi va vositasini o'z qo'lida jamlagan. Xullas, 
SSSRda kazarma sotsializmining eng ashaddiy shakli qurildi. Ochig'ini aytganda, 
bu tuzum I.V.Stalin davrida o'zidan avval o'tgan antagonistik tuzumlarning barcha 
ko'rinishlarini deformatsiya qilgan holda o'z ichiga olgan edi: GULAG tizimi — 
qulchilikni, kolxoz tizimi — krepostnoylikni qayta tiklagan bo'lsa, sanoat va sovxoz 
tizimi kazarmacha sotsializmni, dengiz baliqchiligi va chekka Shimoldagi ayrim 
qurilishlardagi haq to'lash qisman shakllanayotgan kapitalizmni, yashirin iqtisodiyot 
ilk va o'rta taraqqiy etgan kapitalizmni ma' lum darajada qayta tikladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling