Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida


Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati


Download 9.4 Kb.
bet3/4
Sana22.10.2023
Hajmi9.4 Kb.
#1715959
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu; taqdimot

Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati.


Toshkentda 1917-yil 2-mart kuni ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilgan edi. Muvaqqat hukumat o‘rnatilgach,
Turkiston o‘lkasi general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qo‘mondoni general A.N.Kuropatkin va uning yordamchilari lavozimlaridan chetlashtirilib, 31-martda uy qamog‘iga tashlangan edi.
A.N.Kuropatkin

Turkiston komitetiga kadetlar partiyasi vakili Nikolay Shchepkin va eserlar partiyasidan Vladimir Nakivkin raislik qilishdi.

Uning tarkibiga yevropaliklardan tashqari turkiy xalqlar vakillaridan Muhammadjon Tinishboyev, Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshin ham kirgan edi. Biroq ularning deyarli barchasi Turkistondagi mahalliy sharoitni yaxshi bilmas, buning ustiga kuchsiz siyosatchi edilar.

Aslini olganda, Muvaqqat hukumat Turkiston o‘lkasi general-gubernatorligini Turkiston komitetiga almashtirish bilan mustamlakachilikdan iborat o‘lka boshqaruvini mohiyat e’tibori bilan avvalgicha qoldirdi, faqat uning nomini o‘zgartirdi, xolos.


Bu holat, albatta, sezilmasdan qolmadi va turli holatlarni keltirib chiqardi. Tez orada Turkiston komiteti bilan mahalliy, siyosiy va jamoat tashkilotlari hamda sovetlar (Toshsovet) o‘rtasida turli qarama-qarshiliklar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati. 1917-yil 14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti bo‘lgan “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi.


“Sho‘roi Islomiya” faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov kabi
shaxslar muhim rol o‘ynashgan.
Ubaydulla Xo‘jayev
Tashkilotga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyinchalik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev) rais qilib saylangan.

Download 9.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling