Turkiston o’lkasida ma’rifiy-pedagogik fikrlarning shakllanishi
Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat
Download 65.5 Kb.
|
Amaliyot-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Donish
- Abduqodir Shakuriy
Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat (1858-1909) ma’rifatparvarlardan biri. U 1889 yildan Toshkent, Samarqand, so`ngra Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Misr, Arabiston, Hindiston kabi xorijiy davlat safarlariga chiqadi.
Furqatning «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Teatr haqida majmua», «Vistavka xususida» she’rlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani ulug`laydi, u madaniyat, san’at, hunar, odob, aql, texnika taraqqiyoti hammasi ilmdandir deb biladi. Jahon bastu kushodu ilm birla, Nadur dilning murodi ilm birla. Kungillarning sururi ilmdandir, Ko`rar ko`zlarning nuri ilmdandir. Ilm-fanni bir mash’alga o`xshatib, mash’al, qorongulni qanday yoritib tursa, ilm-fan ham insoniyatning baxt-saodati va istiqbolini shunday yoritib turishligini ta’kidlaydi. Ahmad Donish (1827-1897) o`zbek va tojik xalqining mashhur mutafakkiri, olimi va faylasufidir. Uning asarlaridan «Navodir-ul vaqoye» (Nodir voqealar), «Buxoro amirlarining tarjimai hollari», «Yulduzlar tasviri», «Globusdan foydalanish yo`llari» va boshqalar. XIX asrning oxirlariga kelib o`zbek ma’rifatparvarlarining butun bir avlodi yetishib chiqadi. XX asrning 20-yillariga kelib ulangan bu avlod xalqimizning umumiy ma’rifatida, ijtimoiy-siyosiy yuksalishida va yangi turmushga tayyorlashda buyuk xizmat etdi. Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901 yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi. Chor hukumati bunday maktablar ochilishiga qarshi edi, ularni qattiq nazorat qilardi. Bu maktab bolalarni 6 oyda savodli qilib chiqarardi. Bunga eski maktab domlalari, mulla, eshonlar ham qarshilik qiladilar. Shakuriy yilda bir marta umumiy imtixon uyushtirib, ota-onalar oldida o`quvchilar bilimini namoyish qildirar edi. Shakuriy ona tilida darsliklar zarurligini tushunib, bolaning yoshiga mos tarzda, axloq-odob, turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berishni ko`zda tutuvchi darslik tuzishga kirishadi. Birinchi alifbe kitobi «Raxnomai savod» (Savod chiqarish rahbari)ni yaratadi. Kitobda so`zlar bo`g`inlarga bo`lib ko`rsatilgan, oxirida o`qish uchun kichik xrestomatiya berilgan. U o`z pedagogik faoliyatida «harf-tovush» metodi (har tovushni alohida harf bilan yozish) qulay va osonligini aniqlaydi. 1913 yili uning rahbarligida shogirdi I.Raxmatillayev tovush-harf metodi asosida yangi alifbe tuzadi. U arab alifbosi bilan tojik tilida yozilgan bo`lib, ko`p yillar qo`llanib kelinadi. Kitobning kirishida tez savod chiqarishga oid maslahat berilgan. Alifbe 46 betdan iborat bo`lib, 90 ta dars uchun mo`ljallangan edi. 1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami) yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi. Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi» konkursining g`olibi deb topiladi. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling