Turkiston o’lkasida ma’rifiy-pedagogik fikrlarning shakllanishi
Download 65.5 Kb.
|
Amaliyot-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saidahmad Siddiqiy - Ajziy
Ismatilla Rahmatillayev (1883-1962) xalq ta’limi rivojiga katta hissa qo`shgan pedagoglardan biri. U ham Samarqandning Rajabamin qishlog`ida kambag`al oilasida tug`iladi. Uning savod chiqarishi va atoqli pedagog bo`lib yetishishida Shakuriylar oilasining o`rni kattadir. U eski maktabda, 1901 yildan yangi usul maktabda o`qiydi. Uni tamomlab, 1905 yildan Shakuriy maktabida o`qituvchi bo`lib ishlay boshlaydi. Rus tuzem maktabida ham o`qiydi. Shakuriy «Jameul hikoyat»ini nashr etishda qatnashadi. Tajriba o`rgangach, hozirgi Registon ko`chasida mehnatkashlar bolalari uchun yangi maktab ochadi.
1915 yili «Alifbe ta’limi» kitobini yozadi. Unga ko`plab tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan hikoya va she’rlar kiritilgan. I.Raxmatillayev pedagog kadrlar tayyorlashga katta hissa qo`shadi. 1922 yilgacha Samarqandda mahalliy o`qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etishga rahbarlik qiladi. 1922-26 yillarda Samarqandda o`zbek inprosi (bilim yurti) direktori va o`qituvchisi bo`lib ishlaydi. 1926-33 yillarda «O`zbek davlat kitob palatasi»ga direktor bo`ladi». 1935 yil «Mehnat qahramoni». Saidahmad Siddiqiy - Ajziy (1864-1927). Samarqandda hunarmand dehqon oilasida tug`iladi. Maktabda, madrasada o`qiydi. Rus maktabida o`qiydi, rus tili, adabiyotini o`rganadi. 1900-01 yillarda Misr, Arabiston, Turkiya, Rossiyaga boradi. 1903 yili qaytib kelib, Xalvoiy qishlog`ida yangi maktab ochadi. Asosan rus tili o`rgatishga ahamiyat beradi. I.Rahmatillayev arifmetikadan dars beradi. U birinchi bo`lib katta yoshdagi kishilar uchun kechki maktab tashkil qiladi. 1914 yili o`quv qurollari, darsliklar sotadigan «Zarafshon» nomli magazin ochadi. Kutubxona ochishda qatnashdi. Uning «Mir’oti ibrat» (Ibrat oynasi (1912), «Anjumani arvox» (1912), «Ganjinai hikmat» (1914), «Aynul adab» (Odob ko`zi (1915)) she’riy to`plamari chiqadi. She’rlariga «Ajziy» deb taxallus qo`yadi. O`zbek va tojik tillarida yozadi. She’rlarida pedagogik g`oyalarini targ`ib qiladi. Ta’lim-tarbiyadagi eski usullarga qarshi chiqadi. 1911-14 yillarda maktablar ochishda qatnashadi. Gogolning «Shinel» asarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. 1918-21 yillarda Samarqand viloyat adliya komissari bo`ladi, 1921 yildan pedagogik ish bilan shug`ullanadi. «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvoniga ega bo`ladi. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling