«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azimov Gaydar
- Norboyev Muxammad
- Umarov Ergash
- Qodirov Ismoil
- Turanov O’roz
- Jurayev Bozor
- Azizov Abdurahmon
- Sulaymonov Salohiddin
- Yusupov Ruziqul
Raimov Hazratqul - 1910 yili tug’ilgan, Urgut rayoni
Qo’zichi qishlog’idan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg’uloti bo’lmagan. 1930- yildan boshlab o’g’irlik bilan shug’ullanganlikda, Berdiyev banditlar guruxi ishtirokchilari bilan birgalikda to’rt marta qurolli bosqinchilikda ishtirok etganlikda, ov quroli bilan qurollanganlikda, hibsga olingan vaqtda pichoq tortib olinganlikda ayblangan. Azimov Gaydar - 1901 yili tug’ilgan, Urgut rayoni Qo’zichi qishlog’idan, 1930 yili chorva moli o’g’irlagan va qotillikda ayblanib, xalq sudi tomonidan 7 yilga qamalgan, jazoni o’tamay, 1932 yili lagerdan qochgan, 2 marta vaqtincha qamoqqa olingan, ijtimoiy xavfli unsur. Lagerdan qochganidan so’ng chorva moli o’irlash bilan shug’ullanishni davom ettirganlikda, Berdiyevning bosmachilar guruxiga kirganlikda, kolxozchilarni qurolli talashlarda 95 Р.Шамсутдинов. “Коллективлаштириш ва «катта террор» даврида қатағон қилинган ватандошларимизнинг хотира китоби”Самарқанд вилояти (1929-1939 йиллар). Т. “Янги аср авлоди”-2015. 17-bet. 96 O’sha joyda. 18-bet. 73 ishtirok etganlikda, ayblanuvchi Raimov bilan birgalikda 4 marta kolxozchilarning chorva moli va pullarini o’irlaganlikda ayblangan. Norboyev Muxammad - 1897 yili tug’ilgan, Urgut rayoni Qo’zichi qishlog’idan, ijtimoiy xavfli unsur. 1932 yildan boshlab jinoyatchilar bilan aloqa o’rnatganlikda, bosqinchilik va chorva moli o’g’irlash bilan shug’ullanganlikda, Berdiyevning banditlar guruhi bilan birgalikda kolxozchilarni qurolli talashlarda ishtirok etganlikda ayblangan. Umarov Ergash - 1908 yili tug’ilgan, Urgut rayoni Qorabuloq, qishlog’idan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Bosmachilar guruxi bilan aloqada bo’lganlikda, bosmachilarni uyida yashirganlikda, kolxoz brigadiri uyini talashda ayblangan. 6780-sonli ish bo’yicha: Qodirov Ismoil - 1915 yili tug’ilgan, Kattaqo’rg’on rayoni Shurax qishlog’idan, 1936 yili ishga chikmaganligi uchun kolxozdan haydalgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg’uloti bo’lmagan. Banditlar guruhiga kirganlikda, pichoq bilan qurollanganlikda, banda guruxi bilan birgalikda qurolli bosqinlarda ishtirok etganlikda, hibsga olingan vaqtda o’g’irlangan buyumlar topilganlikda ayblangan. 6692-sonli ish bo’yicha. Turanov O’roz (1908 yili tug’ilgan, Bulung’ur rayoni Maydabuloq qishlog’idan, qurolli bosqinchilik va ot o’g’irlagani uchun 3 marta qamalgan, 5 marta vaqtincha qamoqqa olingan, sobiq bosmachi) 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo muddati 1937 yil 2 avgustdan hisoblangan. Banda guruhining boshliqlari bilan aloqada bo’lib, qurol bilan ta’minlaganlikda, yillar davomida banditlik va chorva moli og’irlash bilan shug’ullanganlikda ayblangan. Jurayev Bozor - 53 yoshda, Nurota rayoni Nurota qishlogidan, o’zbek, sobiq imom va quloq, repressiyadan yashirinib yurgan. Kolxozchilarning qoloq, qismi orasida diniy urf-odatlar o’tkazganlikda, doimiy ravishda sovetlarga qarshi targ’ibot bilan shug’ullanganlikda, xalqlar doxiysi sha’niga aksilinqilobiy terrorchilik kayfiyatini bildirganlikda ayblanib, 10 yil mexnat-tuzatuv lageri qamog’iga hukm etilgan, jazo muddati 1937 yil 8 avgustdan hisoblangan. 1289-sonli ish bo’yicha. Azizov Abdurahmon (1894 yili tug’ilgan, Paxtakor rayoni Jo’ymaxmud qishlog’idan, sobiq savdogar, bosmachilik ishti- rokchisi, 74 hibsga olingan vaqtda aniq mashg’uloti bo’lmagan) 10 yil mehnat-yuzatuv lageriga xukm qilingan, jazo muddati 1937 yil 7 sentabrdan hisoblangan. Doimiy ravishda kolxozchilar orasida aksilinqilobiy targ’ibot olib borganlikda, xalq dushmanlarini maqtaganlikda ayblangan. 5770-sonli ish bo’yicha. Sulaymonov Salohiddin (1888 yili tug’ilgan, Samarqand shahridan, sobiq savdogar, aksilinqilobiy millatchi «Milliy Ittihod» tashkiloti a’zosi, bosmachilik ishtirokchisi, 1923 yili Afg’onistonga qochib ket- gan, 1933 yilda qaytib kelgan, aksilinqilobiy faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan, hibsga olingan vaqtda kolxoz a’zosi) 10 yil mehat-tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937 yil 12 sentabrdan hisoblangan. Aholi orasida ocharchilik to’g’risida aksilinqilobiy ig’vogarlik mish-mishlar tarqatganlikda, monarxik tuzumni maqtaganlikda ayblangan. 11272-sonli ish bo’yicha: Yusupov Ruziqul - 1896 yili Samarqand shahrida tug’ilgan, o’zbek, 2 marta sudlangan, partiyasiz, 1918 yildan 1924 yilgacha VKP(b) a’zosi bo’lgan. Diniy faoliyati va maishiy buzuqligi uchun partiyadan o’chirilgan. Unga hukmronlikni oshirib yuborgan, partiya rahbar xodimlarini badnom qilgan, yomonlagan degan ayblar qo’yilgan. 1921-yildan “Milliy istiqlol” aksilinqilobiy millatchilik tashkiloti a’zosi bo’lganlikda, Samarqand filialida markaz rahbari bo’lganlikda, doimiy ravishda mag’lubiyatchilik xarakterida aksilinqilobiy targ’ibot olib borganlikda ayblangan. U O’zSSR Jinoyat kodeksining 66-moddasi, 2-qismi bilan ayblanib, 10 yil muddat bilan mehnat- tuzatuv lageriga hukm qilingan. Muddat 1937 yil 16 avgustdan hisoblangan. 96 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling