«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
partiyasiga qarshi qurolli harakatning o’ziga xos xususiyatlari……….…....27-40
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- VA “YOSH XIVALIKLAR” XALQ HARAKATLARI
- QATNASHCHILARI VA ULARGA XAYRIHOH BO’LGAN KUCHLARGA NISBATAN OLIB BORILGAN OMMAVIY QATAG’ONLIK SIYOSATI
- Magistrlik dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
partiyasiga qarshi qurolli harakatning o’ziga xos xususiyatlari……….…....27-40 1.3. I-bob bo’yicha xulosa……………………….……………………….…..41 II-BOB:SOVET HOKIMIYATIGA QARSHI “YOSH BUXOROLIKLAR” VA “YOSH XIVALIKLAR” XALQ HARAKATLARI 2.1. “Yosh buxoroliklar” harakati ………………………………………..42-49 2.2. “Yosh xivaliklar” harakati ……………..............................................50-58 2.3. II-bob bo’yicha xulosa…………………………………..…………........58 III-BOB:TURKISTON O’LKASIDA QUROLLI QARSHILIK HARAKATI QATNASHCHILARI VA ULARGA XAYRIHOH BO’LGAN KUCHLARGA NISBATAN OLIB BORILGAN OMMAVIY QATAG’ONLIK SIYOSATI 3.1. Turkiston o’lkasida sovet hukumatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan olib borilgan ommaviy qatag’onlik siyosati……59-77 3.2. Sovet hokimiyatining o’lkada yuritgan mustamlakachilik, shovinistik va imperiyachilik siyosatiga qarshi kurashgan shaxslar, siyosiy partiyalar va tashkilotlar (Nazir To’raqulov, Abdulla Rahimboyev, Turar Risqulov, Fayzulla Xo’jayev, Sho’royi Islomiya, Ittihodi taraqqiy, Birlik uyushmasi, Milliy istiqlol, Turkiston milliy birligi» tashkiloti)………………………………………78-90 3.3. III-bob bo’yicha xulosa……………………………………………….....90 UMUMIY XULOSA……………………….………………….…...................91-93 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………........…....94-97 4 KIRISH Magistrlik dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgunga qadar yozilgan sho’ro davri tarixi kitoblarida nafaqat bir necha ming yillik o’tmishimiz, balki XX asr tariximiz ham tubdan o’zgartirilib, mohiyatan buzilib hukmron mafkuraga moslashtirilib bayon qilindi. Natijada xalqning o’z o’tmishidan begonasirashi, avlodning o’z ajdodini tushinmasligi yoki yo’qlamasligi, boshqa millatlarni najotkor sanab, ajdodlaridan tonishi singari salbiy kayfiyat vujudga keldi. Tarix fani milliy iftixor va ibrat manbai, ulug’ murabbiy emas, mag’rur va hamjihatli millatning boshini egib qo’yish vositasiga aylantirildi. 1 Holbuki mamlakatimiz, Prezidenti I.A. Karimov haqqoniy takidlaganidek “Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta, tarixiy xotira kerak” 2 Mana shu xotirani mumkin qadar to’liq tiklash, xalq g’ururini ko’tarish, uning o’zligini anglashiga turtki berish uchun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’zi tashabbusi bilan chiqdi va yurtimiz tarixishunos, jamiyatshunos olimlari oldiga ma’suliyatli vazifani qo’ydi. Yurtboshimiz o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida jumladan shunday dedi: “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur” 3 Chorizm Turkiston o’lkasida qattiqqo’llik bilan mustamlakachilik zulmi siyosatini olib borgan bo’lsada, tub yerli aholining tarixi, tili, dini, uf-odati, madaniyati kabilariga sho’rolarday hukum va tazyiq o’tkazmagan edi. Sho’rolar qisqa muddat ichida Turkiston xalqlarining milliy davlatchiligiga barham berdi, 1 Jo’rayev N. “O’zbekiston tarixi” Toshkent “Sharq” nashriyoti matbuodda konserni bosh tahriryoti 2011y 3- bet 2 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa konserni bosh tahririyati. 1998y 8- bet 3 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbbaa konserni bosh tahririyati 1998 y 24-25 betlar. 5 tarixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo’ydi. Tiliga kishan soldi, madaniyat va ma’naviyatini haqorat qildi. Bularning barchasi aniq reja asosida amalga oshirildi. Xullas sho’rolar davrida Markaziy Osiyoning eng yirik millatlaridan bo’lgan o’zbeklar millat sifatida halokat yoqasiga kelib qoldilar. 4 O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida nato’g’ri baho berilgan yoki yuzaki ko’rib, chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldadagi “O’z RFA tarix instituni faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor berish, qo’yilgan muammoni soha mutahassislari tamonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini kutayotgan muammolar talayginaligi” ana shunday masalalardan biri. 5 E’tiboringizga havola etilayotgan disertatsiya loyhasi mana shu talab va ehtiyojdan kelib chiqib yaratildi. Unda Turkistonda sho’rolar mustamlakachiligining o’rnatilishi, o’lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashi, tarixiy vaziyati, sho’rolar istibdodining o’rnatilishi, ularning asl mohiyatini ochib berishga harakat qilindi. Albatta hozirga qadar o’zbek tarixnavisligi va tarixshunosligida Turkiston muxtoriyati voqiyalari ancha o’rganilgan. Bu davrning murakkab zidiyatlari, qarama-qarshiliklarga to’la voqiyalar tadqiq va taxlil etilgan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling