«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»


Tadqiqotda qo’llanilgan metodika tavsifi


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana08.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1250089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

Tadqiqotda qo’llanilgan metodika tavsifi. Dissertasiyada ilmiy bilimlarning 
obyektivlik, sistemalilik, analiz, umumlashtirish, qiyosiy o’rganish, tarixiylik va 
mantiqiylik, tizimli yondashuv kabi metodlarga tayanildi. 
 Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertasiya 
ishining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqotdagi asosli materiallardan va ilmiy 
xulosalardan ilmiy tadqiqot instutlarida, ilmiy ishlar yaratishda foydalanish 
mumkin. Ushbu tadqiqot oliy o’quv yurtlari talabalari, akademik litsey, kollejlar 
uchun o’quv qo’llanmalari tayyorlashda foydali material sifatida xizmat qiladi. 
Shuningdek universitetning talabalari uchun dissertasiya mavzusi bo’yicha
maxsus kurslar tashkil qilishda va seminarlar o’tkazishda foydalanish mumkin. 
Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi ya’ni, ilmiy 
tadqiqotni yozishda o’rganilgan masalalarni baholashda, ilmiy xulosalarga kelishda, 
taklif va tavsiyalarni ilgari surishda respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlari, 
nutq va suhbatlari metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari 



tadqiqotning nazariy-metodologik asosini tarixiylik, xolislik prinsiplari tashkil 
qiladi. 
Shuningdek 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O’zbekistonning yangi tarixini yaratish to’g’risida”gi, 1996 yil 16 dekabrda 
“O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to’g’risida”gi va 1998 yil 27 iyul Qarorlari dissertasiyaning 
normativ, huquqiy asosini tashkil qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertasiyasi kirish, uch bob, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertasiyaning kirish qismida 
mavzuning dolzarbligi yoritilib, Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli 
qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati 
haqida qisqacha so’z yuritilgan.
Ishning birinchi bobi «Turkiston o’lkasida muxtoriyatning ag’darilishi. 
Bolsheviklar hokimiyatining zo’rlik bilan o’rnatilishi» deb nomlanib, unda 
Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakatining 
boshlanishi, rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga Buxoro 
amirligi va Xiva xonligida ham sovet hokimiyati va bolsheviklar partiyasiga qarshi 
qurolli harakatning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi Sovet hokimiyatiga qarshi “Yosh buxoroliklar” 
va “Yosh xivaliklar” xalq harakatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda “Yosh 
buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” harakati, ularning harakat dasturi va kurash 
usullari haqidagi ma’lumotlar eng so‘nggi yangi avlod adabiyotlari asosida bayon 
qilingan 
Dissertasiyaning uchinchi bobi “Turkiston o’lkasida qurolli qarshilik harakati 
qatnashchilari va ularga xayrihoh bo’lgan kuchlarga nisbatan olib borilgan 
ommaviy qatag’onlik siyosati” deb nomlanadi. Keyingi yillarda respublikamizda 
olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida, tariximizning 
hali ochilmagan qirralari yoritilmoqda. Shu o‘rinda, sovet mustabid tuzumiga qarshi 
milliy istiqlol uchun kurashchilarning olib borgan faoliyatlari va ularning fojiali 
taqdiri ushbu ishlarda o‘z aksini topdi. Mazkur bobda Sovet hokimiyatining o’lkada 



yuritgan mustamlakachilik, shovinistik va imperiyachilik siyosatiga qarshi 
kurashgan shaxslardan Nazir To’raqulov, Abdulla Rahimboyev, Turar Risqulov, 
Fayzulla Xo’jayev, siyosiy partiyalar va tashkilotlardan esa «Sho’royi Islomiya», 
«Ittihodi taraqqiy», «Birlik» uyushmasi, «Milliy istiqlol», «Turkiston milliy 
birligi» tashkilotlari haqida so‘z yuritilgan. Ushbu bobda shuningdek Samarqand 
viloyati hududidan istiqlolchilik harakatida qatnashgan shaxslar haqida ham 
ma’lumotlar berilgan. So’ngi ma’lumotlarni yig’ishda ustozim, aniqrog’i ilmiy 
rahbarim ko’magi hamda R. Shamsutdinovning yaqinda nashr qilingan“Samarqand 
viloyati hududidan qatag’on qilinganlar ro’yxati” nomli kitobining o’rni ayniqsa 
ahamiyatli bo’ldi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling