«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy yangiligi.
- Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Turkistonda sho’rolar mustamlakaachilik
istibdodining o’rnatilishi. O’lka xalqlarning milliy istiqlol va ozodlik uchun bo’lgan 1917-1930 yillar kurashi tadqiqot obekti sifatida tanlab olingan. Tadqiqotning maqsadi. Dissertasiyaning asosiy maqsadi Turkistonda sho’rolar mustamlakachilik istibdodining o’rnatilganligini o’lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashlari asosida, haqqoniy manbalar yordamida tadqiq qilishdan iborat. 4 Jo’rayev N. “O’zbekiston tarixi” “Sharq” nashriyoti-matbaa konserni bosh tahririyati 1998 yil 8-bet 5 Eshov B. “O’zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi” “Yangi avlod”, 2012 yil 3-bet 6 Ilmiy yangiligi. Dissertasiya mavzusi hozirgi shu vaqtga qadar o’zbek tarixnavisligi va tarixshunosligida ancha o’rganilgan, bu davrning murakkab, ziddiyatli, qarama qarshiliklariga to’la voqealari tadqiq va tahlil etilgan. Dissertasiyada ishida esa amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ilmiy izlanishlarning navbatdagi natijasidek tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertasiya natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, 1918-1930 yillarda sovet mustamakachilari tomonidan siyosiy tazyiq o’tkazish mustamlakachilik siyosiyatini kuchaytirganligi. Soxtalashtirilgan o’sha davr tarixini men yozgan dissertasiya ishi tarixiy voqealarni to’g’ri yoritishda, uni to’ldirish va aniqlik kiritishda, xolisona baho berishda yordam beradi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. Turkistonda sho’rolar mustamlakachilik istibdodining o’rnatilishi o’lka xalqlarining milliy istoiqlol va ozodligining kurashi mavzusi mustamlakachilik davrida O’zbekiston tarixi haqqoniy yoritilmagan. Faqatgina tarixi bir tamonlama yoritib berilgan bu muammoning ayrim qirralari qisman o’rganilib chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti I.Karimov “Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzimi davriga munosabat bildirar ekan: “Biz shu paytgacha ko’proq eski tuzimni tanqid qilish, uni inkor etish bilan band bo’ldik. Albatta boshimizdan kechirgan mudhish va mustabid turmushning bugungi asoratlarini anglab yetish, yo’limizni to’g’ri belgilab ola bilish bu istiqolning dastlabki yillarida biz uchun albatta zarur edi. Ammo faqat o’tmishni yozg’irish, inkor etish bilan uzoqqa borib bo’lmaydi. Shu bois bugun biz ota-bobolarimizga sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz balki ularning hayotini ular yashagan davrning mohiyatini to’g’ri tushinishga xarakat qilishimiz lozim” 6 deb ta’kidlagan edi. Madomiki shunday ekan his-hayajonga berilmasdan mustabid siyosiy tizim tarixi bilan xalqimizning tarixini ajrata bilishimiz, uni xolisona ilmiy asosda yoritish zarur. 6 Karimov I.A. “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz” “Turkiston” 1999 yil 2-fevral. 14-bet. 7 Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mavzu doirasida mavzu yuzasidan ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, N. Jo’rayevning 2011 yilda nashr etilgan “O’zbekiston tarixi” darsligi, B.Eshovning “O’zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi” nomli qo‘llanmasi, Q. Rajabov tomonidan yaratilgan «Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari» nomli monografiya, R. Shamsutdinov va Sh. Karimovlar tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston tarixidan materiallar», «Vatan tarixi» nomli o‘quv qo‘llanmalari, «O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» nomli darslik, R. Shamsutdinovning «Istiqlol yo‘lida shahid ketganlar” va boshqalar shular jumlasidandir. Ammo, shunga qaramasdan Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati bo‘yicha ma’lumotlar tizimli ravishda tadqiq qilinmagan. Shu sababadan, mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, tadqiqot ishini Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosatini o’rganishga, tahlil qilishga bag’ishladik. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling