«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Tadqiqotda qo’llanilgan metodika tavsifi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodika tavsifi. Dissertasiyada ilmiy bilimlarning
obyektivlik, sistemalilik, analiz, umumlashtirish, qiyosiy o’rganish, tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv kabi metodlarga tayanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertasiya ishining amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqotdagi asosli materiallardan va ilmiy xulosalardan ilmiy tadqiqot instutlarida, ilmiy ishlar yaratishda foydalanish mumkin. Ushbu tadqiqot oliy o’quv yurtlari talabalari, akademik litsey, kollejlar uchun o’quv qo’llanmalari tayyorlashda foydali material sifatida xizmat qiladi. Shuningdek universitetning talabalari uchun dissertasiya mavzusi bo’yicha maxsus kurslar tashkil qilishda va seminarlar o’tkazishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi ya’ni, ilmiy tadqiqotni yozishda o’rganilgan masalalarni baholashda, ilmiy xulosalarga kelishda, taklif va tavsiyalarni ilgari surishda respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutq va suhbatlari metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari 8 tadqiqotning nazariy-metodologik asosini tarixiylik, xolislik prinsiplari tashkil qiladi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish to’g’risida”gi, 1996 yil 16 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi va 1998 yil 27 iyul Qarorlari dissertasiyaning normativ, huquqiy asosini tashkil qiladi. Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertasiyasi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertasiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi yoritilib, Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati haqida qisqacha so’z yuritilgan. Ishning birinchi bobi «Turkiston o’lkasida muxtoriyatning ag’darilishi. Bolsheviklar hokimiyatining zo’rlik bilan o’rnatilishi» deb nomlanib, unda Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakatining boshlanishi, rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham sovet hokimiyati va bolsheviklar partiyasiga qarshi qurolli harakatning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan. Dissertasiyaning ikkinchi bobi Sovet hokimiyatiga qarshi “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” xalq harakatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” harakati, ularning harakat dasturi va kurash usullari haqidagi ma’lumotlar eng so‘nggi yangi avlod adabiyotlari asosida bayon qilingan Dissertasiyaning uchinchi bobi “Turkiston o’lkasida qurolli qarshilik harakati qatnashchilari va ularga xayrihoh bo’lgan kuchlarga nisbatan olib borilgan ommaviy qatag’onlik siyosati” deb nomlanadi. Keyingi yillarda respublikamizda olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida, tariximizning hali ochilmagan qirralari yoritilmoqda. Shu o‘rinda, sovet mustabid tuzumiga qarshi milliy istiqlol uchun kurashchilarning olib borgan faoliyatlari va ularning fojiali taqdiri ushbu ishlarda o‘z aksini topdi. Mazkur bobda Sovet hokimiyatining o’lkada 9 yuritgan mustamlakachilik, shovinistik va imperiyachilik siyosatiga qarshi kurashgan shaxslardan Nazir To’raqulov, Abdulla Rahimboyev, Turar Risqulov, Fayzulla Xo’jayev, siyosiy partiyalar va tashkilotlardan esa «Sho’royi Islomiya», «Ittihodi taraqqiy», «Birlik» uyushmasi, «Milliy istiqlol», «Turkiston milliy birligi» tashkilotlari haqida so‘z yuritilgan. Ushbu bobda shuningdek Samarqand viloyati hududidan istiqlolchilik harakatida qatnashgan shaxslar haqida ham ma’lumotlar berilgan. So’ngi ma’lumotlarni yig’ishda ustozim, aniqrog’i ilmiy rahbarim ko’magi hamda R. Shamsutdinovning yaqinda nashr qilingan“Samarqand viloyati hududidan qatag’on qilinganlar ro’yxati” nomli kitobining o’rni ayniqsa ahamiyatli bo’ldi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling