Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


SHOIRA SHE’RIYATIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI


Download 147 Kb.
bet3/8
Sana20.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1039120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bekchanova Umida 3-A. Kurs ishi

SHOIRA SHE’RIYATIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI
Tarix va adabiyot bir-biriga chambarchas bog’liq. Zero, ular biri ikkinchisini to’ldirib, jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Tarix muayyan makon va zamon, ma’lum shaxslar hayoti bilan bog’liq voqealar haqidagi real ma’lumotlarni o’zida mujassam etsa, badiiy adabiyoning vazifasi o’zgacharoq. Chunonchi, badiiy adabiyot muayyan tarixiy hodisa yoki shahslar kechmishini badiiy jihatdan sayqallab tasvirlaydi. Ijodkor asarida tarixiy jarayon va tarixiy shaxs faoliyati bilan bog’liq tasvirlarida o’ta mubolag’ali chizgilardan foydalanishi mumkin. Natijada tasvir obyekti bo’lgan hodisaning o’quvchi ongi shuriga ta’sir kuchi oshadi, tarixiy shaxs obraziga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikr shakllanishiga zamin yaratadi. Su ma’noda, badiiy adabiyotda tarixiy shaxslar obrazi tasviri tasavvurida yaxshilik yoki yomonlik, saxiylik yoki baxillik, mardlik yoki nomardlik timsoliga, ijodkor orzu-istaklarining ifodachisiga aylanishi mumkin.
O’zbek mumtoz adabiyotida tarixiy shaxslar obrazi tasviri jihatidan boy tajriba to’plangan. Ularni biz muayyan o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, shartli ravishda quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
1.Islomgacha bo’lgan davr bilan bog’liq tarixiy shaxslar obrazi.
2.Islom dini bilan bog’liq tarixiy shaxslar obrazi.
Nodira lirikasida asosan islom dini tarixi va shoiraning o’zi yashagan davr bilan bog’liq tarixiy shaxslar obrazlari o’ziga xos poetik talqin etilgani kuzatiladi.Adabiyotshunos M. Qodirova Nodira devonining 1963-yilligi nashrida shoira asarlarida uchraydigan qirqdan ortiq tarixiy va mifik obrazlar ko’rsatkichini ilova qilgani ma’lum.
N. Jumaxo’ja esa “Nodira devonida islom dini arkonlari, payg’ambar-u sahobalar va hadisi sharif to’g’risisda talay shu`ru timsollar mavjudki, ular o’rni bilan, imkon darajasida tadqiq etmoq zarur”,- degan xulosani bildiradi.
Darhaqiqat shoira dunyoqarashining takomilida o’zi mansub bo’lgan islom dini dunyosining ma’naviy ta’siri katta. Nodira devonida Alloh taolo, payg’ambar alayhissalom betakror badiiyat bilan vasf etiladi. Bu shoiraning kalom ilmini, islom dini va millatimiz tarixini chuqur bilganida dalolat beradi.
Nodirabegim she’riyatida eng ko’p uchraydigan tarixiy shaxs obrazi, shubhasiz uning turmush o’rtog’i Qo’qon xoni Amir Umarxon obrazidir. Jumladan she’rlar devoni debochasida: “Ammo ba’d bu qoilali mahjuba va tolibali mahjura ishqu muhabbat zumrasiga shomila va shariat ahkomida omila al-mulaqqab bil Kommila andog’ bayoni hol va izhori mofilbol etarkim, muddati madid va ahdi samarasi murabbiy ul masokin va umdatus –salotin va ul hazrat musohibatidin muddati muraffahul – hol havodis forig’ ul-bol berdim.
Bayt:
Ey xush xurram davlati diydorig’a mug’rur edim .
Na ko’nglumda kunlarki vasl bazmida masrur edim,
Shodu firoq anduhidin g’am va na jonimda hijron va ko’nglim baharamandu xursand erdi. Qadru manzalatim oftobi rifat amorat va siyodatim elga ravshan, asolat va najobatim ulusg’a mubarham balki ul jihatdan bu xonadong’a siyodat saodati intiqol qilib, amoratlari siyodat tashrifig’a musharraf bo’lmish erdi”, - deb Umarxon bilan bog’liq kechinmalari yozadi.Manbalarida shoiraning Amir Umarxonga muhabbati haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi: “ Sof qalblik vafodor sohib diyonatm, karam daryosining duri ziyrak va donish davlat bargohining jonkuyari bo’lgan bu ulug’ xonim falakning jabru jafosi haddan ziyoda vafo degan muborak nom anqoga shafi odamgarchilik va muruvvat va amirliklar davrida o’z umr yo’ldoshi Amiriyga umrining oxirigacha vafodor va chin sadoqatli bo’lib qoldi”.
Uvaysiy o’z vaqtida Nodira va Umarxon o’rtasidagi bir-biriga bo’lgan muhabbatini quyidagicha ta’riflagan:
Ul Yusuf edi, budur Zulayho,
Ul Vomiq edi, bu erdi Uzro.
Birisi Layli , birisi Majnun,
Bir-birining muhabbatiga mamnun.
M.Qodirovning yozishicha, ikki ijokor o’rtasidagi mehr- muhabbat tuyg’ulari o’z aksini topgan:
Agarchi xush diydorda g’olib o’ldi ko’ngul,
Jununi ishqu muhabbatig’a o’ldi ko’ngul,
Shuhud bazmida paymonai muhabbat ichib,
Mudom sog’ari sahbog’a tolib o’ldi ko’ngul .
A.Abdug’afurovning qaydlariga ko’ra: “Nodira va Amiriy” ijodiy munosabatlari haqida so’z borganda shun ham mavjud. Ularning yaratilishi va keng tarqalishi bejiz emas. Masalan, shunday rivoyatlarning birida Amiriyning Qoshinga tekizmagil qalamni Bir harf bila buzmag’il raqamni – kabi o’ynoqi va ravon misralar bilan boshlanuvchi bevosita Nodirabegimga xitoba bitilgandur....”.
Olim yana : “Nodira asarlarida Umarxon asosan uch qiyofada:
1)suyukli yor , ruhan komil, jismonan go’zal inson;
2) yetuk ijodkor;
3)odil hukmron;”-deydi.
Keltirilgan iqtiboslardan shoiraning xon bilan hayoti doimo ko’ngildagidek bo’lgan degan xulosani chiqarib bo’lmaydi. Xususan Mohlaroyimning she’rlari orasida hijron azobi, yorning bevafoligi shafqatsizligi jafokorligi kabi motivlarni ham uchratamiz. Shunday bo’lsa-da, mazkur mavzusidagi she’rlarining aksaridan mualifning ichki tug’yonlari , his tuyg’ulari, voqealikka munosabati sezilib turadi.
Shoiraning Umarxonga Bag’ishlangan she’rlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin:

  1. Xonni vasf etuvchi.

  2. Hijron , ayriliq va bevafolikka ayblov.

  3. Davlatni boshqarishga oid.

  4. Firoqnoma.

Shoiraning mashhur g’azallaridan sanalmish “ Doda keldim...” g’azali ham aynan o’z yori, ya’ni Umarxonga bag’ishlab yozilgan.



Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling