Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi
«VASL UYIN OBOD QILDIM...» G
Download 147 Kb.
|
Bekchanova Umida 3-A. Kurs ishi
«VASL UYIN OBOD QILDIM...» G‘AZALI
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat, Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat. Qildi choki piyrahan dog‘i dilimni oshkor, Qolmadi ko‘nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat. Ahd-u paymonlar qilib erdi: «Vafo qilg‘um», - debon, Ayladi tarki vafo ul ahdi yolg‘on oqibat. Orzu qildim: «Tutarmen», - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma’zur tut, Yor ko‘yida na bo’ldi Shayx San’on oqibat? Baski, qon bo’ldi yurokim gavhari ashk o‘rniga, Qatra-qatra ko‘zlarimdin tomdi marjon oqibat. Ohkim, bo’ldi yana subhi nashotim shomi g‘am, Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat. Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida, Poymoli xayli mo‘r o’ldi Sulaymon oqibat. Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim, Navbahor o’tti, xazon o‘ldi guliston oqibat. Bu g‘azal - to‘qqiz baytdan iborat. Vazni - oldingi g‘azaldagi kabi, o‘zbek mumtoz she’riyati uchun an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun foilotun foiloun foilun (yoki foilon). Taqte’si: - V — / -V — / -V — / - V - (yoki - V G‘azaldagi ikkinchi baytning birinchi misrasi «oshkor» so‘zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo’g’in o‘ta cho’ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (-V--/-V--/-V--/-V~ ) vaznida bitilgan. G‘azalda «oqibat» so‘zi radifga olingan. Bu so‘z har bir bayt mazmunini boshqarib turadi. G‘azal ishqiy mavzuda bitilgan. Unda hijron iztiroblari tasviri asosiy o‘rin tutadi. Lirik qahramon yor vasliga yetolmagani oqibatida chekkan dard-u g‘amlarini turli-turli badiiy tasvirlar orqali bayon etadi. Baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: Vasl uyini obod qildim, (ammo) hijron oqibatda (uni) buzdi, Oxir-oqibatda g‘am selidan bu imorat vayron bo‘ldi (matla’). Ко ‘ylagimning choki dilimning dog‘ini oshkor qildi, Oqibatda kо‘nglimdagi ishq уarasi pinhon qolmadi (2-bayt). «Vafo qilaman», - deb ahd-u paymonlar qilgan edi, (Ammo) vafoni tark etdi, oqibatda uning ahdi yolg‘on bo‘lib chiqdi (3-bayt). «Visoli etagini tutarman», - deb orzu qilgan edim, Oqibatda hajr qo‘lida yoqa bo‘lak-bo‘lak bo‘ldi (4-bayt). Ey zohid, ishq-u muhabbat ahlini kechir, (Axir), yor kо‘yida oqibatda Shayx San’on nima bo‘ldi? (5-bayt). Bus, kо‘z yoshi gavhari о‘rniga yuragim qon bo‘ldi, Oqibatda kо‘zlarimdan qatra-qatra marjondek yosh tomdi (6-bayt). Oh kim, xursandligim tongi yana g‘am shomi bo‘ldi, Oqibatda u porloq quyosh yuzini yashirdi (7-bayt). Garchi devlar farmoniga bo‘ysungan bo‘lsa ham, Oqibatda (oxirida) Sulaymon chumolilar to‘dasi oyog‘i ostida qoldi (8 - bayt) Nodira, bidbid kabi to nolamni yozib ulgurganimga qadar Oqibatda navbahor о‘tib, guliston xazon bo‘ldi (maqta’). Tazod g‘azaldagi eng muhim badiiy san’atlardan biri sifatida namoyon bo‘lgan. «Vasl uyi» bilan «hijron», «obod qildim» bilan «buzdi» va «vayron» (matla’), «oshkor» bilan «pinhon» (2-bayt), «ahd-u paymonlar» bilan «tarki vafo», «vafo qilg‘um» bilan «yolg‘on» (3-bayt), «Orzu qildim: «Tutarmen», - deb visoli domanin» bilan «Роrа bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat» (4-bayt), «qon» bilan «gavhari ashk» (ko‘z yoshi gavhari, 6-bayt), «subhi nashotim» bilan «shomi g‘am» (7-bayt), «devlar» bilan «xayli mo‘r» (chumolilar to‘dasi, 8-bayt), «navbahor» bilan «xazon» (maqta’) o‘rtasidagi qarama-qarshi ma’no fikrni teranlashtirish, bevosita ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. G‘azalda talmeh san’atining yorqin namunalari ham uchraydi. Fors-tojik shoiri Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» hamda uning ta’sirida Alisher Navoiy bitgan «Lison ut-tayr» dostonlarida tarso (xristian) qizga ishqi tasvirlangan Shayx San’on (5-bayt), shuningdek, Sulaymon payg‘ambar (a.s., 8-bayt) tilga olinishida o‘quvchiga oldindan tanish qahramonlar va ular bilan bog‘liq voqealarga ishora mavjud. Shoira she’riyati mazmun jihatdan ham, badiiylik jihatidan ham barkamol asarlardir. U fikrlarini o‘ziga xos, yangi topilmalar, qiyoslar bilan ifodalashga intilgan. Kuzatishlariga ayollarga xos noziklik va sinchkovlik bilan muqoyasalar topa olgan. Natijada, tazod, tajohul ul-orif, talmeh, husni ta’lil, tashbeh kabi badiiy san’atlar bilan muzayyan yangicha talqinlar, yangicha obrazlar, yangicha ifodalar yaratishga erishgan: Yuz chok soching hasratidin shona yurogi Mashshota1 erur turrai2 tarroringa3 mushtoq, yoki: Ul yuz nazzorasidin bo‘ldi safosi moni’, Xurshidni ko‘rarg‘a bo’lmish ziyosi moni’, yoki: Seni, ey nozanin, bazm ichra topmay, Qilur faryodu afg‘on nay bila daf. XULOSA Nodiraning adabiy merosi o‘zbek she’riyatining go‘zal sahifalarini tashkil etadi. Uning o‘zbek va fors tillarida bitilgan devonlari, shoira she’rlari kiritilgan bayozlar bizgacha yetib kelganki, ularda mumtoz qalam sohibining 10 ming misradan ko‘p lirik asarlari jamlangan. U mumtoz poeziyamizning asosan g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band, tarkibband, firoqnoma kabi janrlarida qalam tebratdi. Nodira Hofiz, Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Bedil, Huvaydo kabi sharq adabiyotining ulug‘ siymolari an’analaridan ayol qalbining nozik tuyg‘ularini aks ettirishda samarali foydalandi. Nodira g‘azallarida vafo, muruvat, odamiylik, poklik, sadoqat tuyg‘ulari ulug‘landi. Uning lirik qahramoni nomus va hayoni yuksak darajada qadrlagan, sevgida, insoniy muomalada iffat, odob va andisha saqlashga ahd qilgan sadoqatli ayol, vafodor do‘stdir. Nodiraning ishqiy g‘azallari Shashmaqom yo‘llarining boy bir qismini tashkil etadi. Bu g‘azal-qo‘shiqlar inson qalbini ilitadi, unda go‘zallik va nafosatga nisbatan muhabbat uyg‘otadi, aqli, xulqi va badiiy didini boyitadi. Shu ma’noda, uni rok muhabbat, sadoqat va vafodorlik kuychisi sifatida qadrlaymiz. Uning mana bu g‘azali zamirida qanchalik chuqur ma’no, dard, hikmatga moyil badiiylik yotganligiga ishonch hosil qila olamiz. Nodira muhabbat tasvirining haqiqiy ustasidir. Uningcha, odam muhabbat ixtiyor etganidagina chinakam komil inson bo’la oladi. Nodirada insonning insonga bo’lgan muhabbati, ya’ni ishqi majoz ramziy ma’noga ega. U — ishqi ilohiyning ramzi. Chunki insoniy ishqni kuylashdan maqsad ilohiy ishqni ulug‘lashdir. Majoziy ishq Haq muhabbatini qozonish yo‘lidagi bir bosqich bo’lib, solik ishqi haqiqiyga Shu bosqich orqali yo’l topgan. Nodira talqinicha, ishq-muhabbat oshiqning din-u mazhabiga aylansagina, u kamolot qozonadi. Umarxonning vafotidan keyin Nodiraning vafosi o‘zbek qizlarimizga namuna sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Shoiraning hayoti quvonch va shodlikka to‘laligini ko’rishimiz mumkin. Uning g‘azallarida o‘zbek ayollariga xos vafo va sadoqat, zamonaning adolatsizligi, dunyoning beshafqatligi, Nodiraning g‘azallarida yaqqol ifoda etilgan. U o‘zining boshidan o‘tgan qiyinchiliklarni mana shu g‘azallarida yoritgan. Umarxon lirikasida badiiy tasvir mahorati, tamsillarning originalligi, ko‘p funksiyaliligi shoirning o‘ziga xosligini ta’minlaydigan omillardirki, ular ijodkorni bugunga ham, kelajakka ham oshno qiladi Umarxon ham shoir , ham davlat boshlig‘i bo’lib katta ishlarni olib bordi. Nodira ham unga atab yozgan g‘azalida ham mana shu haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Fuqaro holig‘a gar boqmasa har shoh , anga Hashmat – u, saltanat-u, rif’at-u, shon, barcha abas Shoh uldurki, raiyyatga tarahhum qilsa, Yo‘q esa, qoidai amnu amon, barcha abas Demak, xalq ahvoli hamisha shohning diqqat markazida turishi kerak. Agar shoh fuqaro holiga boqmasa, uning hashamati-yu saltanati, shon-u shuhratining hech kimga keragi yo‘q. Shoh xalqqa mehribonlik ko‘rsatmasa, amnu omonlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu xil fikrlar uning ijtimoiy- siyosiy qarashlar tizimiga alohida salmoq bag‘ishlaydi. Dilbar shaxsiyati, samimiy va ta’sirchan she’riyati sababli Nodira va Umarxon xalq qalbidan chuqur joy olganlar. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling