Turkiy tillar fakulteti


ODIL YOQUBOV HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISHI


Download 121.5 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1351593
1   2   3   4
Bog'liq
M. SHAMURATOVA (2)

ODIL YOQUBOV HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISHI
Odil Yoqubov — oʻzbek sovet adabiyoting yirik vakili, 1926- yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan. Dastlabki asari – „Tengdoshlar“ qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas hislat sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960). Yozuvchining chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ (1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh- inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982) romanida oʻrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, harakterlari ham turlicha boʻlsada, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga oʻxshaydilar. Ular nopok tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir.
O. Yoqubov mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, harakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi harakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. O.Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ (1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar, „Dilbarim“, „Baqor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. O.Yoqubovning „Tengdoshlar“ nomli birinchi qissasi 1951-yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi „Muqaddas“, „Tilla uzuk“, „Bir feleton qissasi“, „Larza“, „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“, „Izlayman“, „Billur qandillar“ kabi pishiq qissalar eʼlon qildi. O. Yoqubovning „Er boshiga ish tushsa...“, „Ulugʻbek xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. O. Yoqubov qalamiga mansub „Chin muhabbat“, „Olma gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“, „Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash asiri“, “Bir koshona sirlari“ kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Odil Yoqubov hayoti davomida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlab, yetuk shogirdlar yetishtirdi. Uning asarlarini o‘quvchilar sevib o‘qiydi. Sahnaga qo‘yilgan komediyalari o‘z muxlislariga ega. Rahmatli Odil Yoqubovni "o'zbek xalqining vijdoni" deb atasak bo'ladi. Sababi, Qissasidami, romanidami xalq boshiga tushgan qiyinchiliklarni o'z davrida haqqoniy ochib bergan. Birgina misol, “Muqaddas” qissasida (1960-yilda yozilgan) Sharifjonning qing'ir yo’llar bilan sevgilisi Muqaddas o’rniga o'qishga kirib qolishi va sevgisidan, sevgilisidan judo bo'lishi bayon qilingan.
“Diyonat” (1977-yil) romanida muallif 70-yillarda hayotda keng ildiz otgan turg’unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo’r ijodiy jasorat va rostgo'ylik bilan ko'rsatgan. Har holda adib asarlari dabdababozlik, maqtovbozlikdan uzoqda, real hayotni tasvirlab yozilgan. Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan “Ulug‘bek xazinasi” romanida (1974) ulug‘ o‘zbek astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rsatib, progressiv va reaktsion kuchlar orasidagi kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan. Boshqa bir yirik asari — «Ko‘hna dunyo» romanida O‘rta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va fojeali taqdiri qalamga olinadi. Ularning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham “Diyonat” (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik polotnolar yaratdi. Agar yozuvchi o‘zining “Diyonat” romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib kelishini ko‘rsatsa, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanida esa turg’unlik davri illatlarini, ildizi va oqibatlarini ro‘yi-rost gavdalantirib beradi. Har ikki holda ham zamondoshlarimizni ma’naviy, axloqiy pokizalikka da’vat etadi. Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida namoyish qilingan “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim” (1956), “Yurak yonmog‘i kerak” (1957), “Olma gullaganda” (1960) va boshqa pyesalarning muallifidir. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov Mehnat Qizil Bayroq ordeni hamda Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan. «Ulug’bek xazinasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ijodkor, muharrir, nosir, Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi vazifalarida xizmat qilib keldi. Shu kunlarda Odil Yoqubov O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi respublika Atamalar komitetiga rahbarlik qildi.



Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling