Turkiy tillar fakulteti
ODIL YOQUBOVNING “ ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANINING O‘RGANILISHI VA QIYOSIY TAHLILI
Download 121.5 Kb.
|
M. SHAMURATOVA (2)
ODIL YOQUBOVNING “ ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANINING O‘RGANILISHI VA QIYOSIY TAHLILI
“Ulug‘bek xazinasi” mana oradan qariyb 650 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda Mirzo Ulug‘bek siymosi ulug‘lanibkelinmoqda. Uni butun dunyo faqatgina shoh yoki sarkarda deb emas shu bilan birgalikda tarixchi, olim va buyuk munajjim sifatida ham yaxshi biladi. Ulug‘bek 1394-yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyani katta qiziqish o‘rganagan. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazgan va buning zamirida butun dunyoni hayratda qoldiradigan darajada kashfiyotlar qilib samolarni eng birinchilardan bo‘lib o‘rgandi. Temuriylar davri hali hamon dunyo adabiyoti, tarixi, madaniyati va san`ati muxlislarining diqqat-e’tiborida bo‘lib turibdi. Hanuzgacha asarlari, tadqiqotlari qo‘llanma sifatida foydalaniladigan Mirzo Ulug‘bekning shaxsiyati, u yashagan g‘oyat murakkab tarixiy davr, o‘sha zamon ziddiyatlari, an’ana va qarashlar, munosabatlar kitobxonni qiziqtirib keladi. Ayni paytda “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy romanida asar muallifi tarixiy qahramonlarni gapirtirgan. Bu esa oson va jo‘ngina kechadigan ijodiy jarayon emas. Tarixiy personajlarning o‘z davriga, o‘z qarashi, e’tiqodiga monand tilga kirgizish yozuvchidan ulkan bilim, mahorat, iste`dod talab etadi. Ehtimol shuning uchun ham “Ulug‘bek xazinasi” romani AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘plab davlatlarda nashr etilgan. Har qanday mukammal asar oradan necha yillar o‘tsa hamki, dunyoning istalgan chekkasidan o‘z o‘quvchisini baribir topar ekan. Suhbatimiz avvalida aytganimdek, otam - O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov xalq, millat, Vatan dardi bilan yonib yashadi, yonib ijod qildi. Uning asarlari esa endilikda nainki xalqimiz, balki jahon kitobxonlarning ma`naviy xazinasiga aylangani shubhasiz. Ulug‘bek kuchli xotira, aql va zehnga ega bo‘lgani bois taxtni ham erta egallaydi. Shohrux to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411-yili Movarunnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlaydi. Ulug‘bek 17 yoshida hokim bo‘lib, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmas, ko‘proq ilm-fanga moyil edi. U salatanatni marifatparvarlik bilan uzoq yil boshqaradi. Bu davr mobaynida madrasalar, masjidlar honaqohlar, va yana ko‘plab obidalar qo‘rilishiga bosh-qosh bo‘ladi. Eng kattasi va haligacha butun dunyo katta qiziqish bilan o‘rganadigan dargoh bu shubxasiz Ulug‘bek qo‘rgan va ko‘plab izlanishlar olib borgan rasadxonadir. U o‘zining rasadxonasida 1018 ta yulduz joylashuvini va astronomik yil uzunligini 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya aniqlashga muvofaq bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda Ulug‘bek davlat rivoji, tarix va ilm ma’rifat yuksalishi uchun ulkan hissa qo‘shdi. Ulug‘bek mana shunday yuksak darajaga erishishi va yetuk inson bo‘lib yetishishida uning ustozlaring o‘rni beqiyos, albatta.Afsuski, Ulug‘bekning boshlang‘ich ma’lumoti va murabbiy hamda ustozlari haqida aniq ma’lumot saqlanmagan. Lekin Ulug‘bek bolalik yillarida buvisi Saroymulk xonim tarbiyasida bo‘lgan. Bundan tashqari, Ulug‘bekning ustozlaridan biri munajjim Mavlono Ahmad bo‘lganligi ham tarixdan ma’lum. Bu kishi Temurning saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari bo‘lmish “Zij”ida Qozizoda Rumiyni ham “ustozim” deb ataydi va hurmat bajo keltiradi. Albatta Ulug‘bekning bunday ustoziga sodiqlik, hurmat va ehtirom ko‘rsatishi xozirgi yosh avlod uchun shak-shubhasis chinakkam namuna bo‘lib xizmat qiladi. U naqadar buyuk va insonparvar shaxs bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘li qo‘lida jon beradi. Taxt uchun kurashda o‘g‘il o‘z otasini o‘ldirib padarkushga aylanadi, lekin uning bu urunishlari uzoq bormagan, uni huddi otasi Ulug‘bekni o‘ldirgani kabi taxtdan mahrum etishadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Ulug‘bek men uchun o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og‘ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo‘lganligi uchun ham ulug‘dir. Buyuk olim, davlat arbobi Ulug‘bek hayotiga ko‘p adiblar murojaat etganlar. XULOSA Odil Yoqubov xoh tarixiy, xoh zamonaviy obraz yaratmasin, muallif nutqi orqali inson ruhiy holatini yoritib bera olgan. Muallif qahramonlarining ruhiy holatlarini qabartirib, kuchaytirib, yuz mimikalarini so‘zga moslab, voqealarni sharoitga bog‘lab ko‘rsatib bera olgan. U “Ulug‘bek xazinasi” romanida tarixiy qahramonlar tilining “kalitini” topa olgan. Bu kalit–qahramonlarning ichki monologidir. Shu kalit bilan yozuvchi har bir qahramonining ichiga kirib boradi. Adib yaratgan monologlarda muallifning ovozi eshitilib turadi. Inson qalbi sirlarining poyoniga yetib bo‘lmaydi. Negaki, davrlar osha insonning ongi va tushunchasi o‘sib, o‘zgarib borgani kabi, qalbi ham o‘sib boradi. Ijtimoiy hodisalarning tasvirida o‘sha davr kishilari ma`naviy – ruhiy dunyosining talqini hal etuvchi ahamiyatga ega. “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”, “Bir koshona sirlari” asarlari qahramonlari olovqalb odamlardir, ular bamisoli ko‘z o‘ngingizda yonib, o‘zgalarni kuydirib, yondirib ko‘ngil o‘kinchlari, armonlari, faryodlar bilan o‘quvchi tomoshabin qalbiga o‘t soluvchi otash, taftiga dosh berish mushkul alanganing o‘zginasidir. Odil Yoqubov mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib aktual ma’no bag’ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo‘yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko‘rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o‘tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo‘ladi. U tarixga bugungi nuqtayi nazaridan qaraydi” Bu so‘zlarda “Ko‘hna dunyo” romanining tub mohiyati ochib berilgan. Darhaqiqat, bu roman, avvalo, ulug’ allomalar Ibn Sino va Beruniy taqdiri, ular yashagan davr haqida bahs etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Karimov I.A Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – Eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015. 235-b. Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor. Toshkent: O‘zbekiston, 2009. D. Usmonova “ Yuqori sinflarda O.Yoqubov hayoti va ijodini o‘rganish.” << Til va adabiyot ta’limi>> jurnali 2002. Y. 1-son Болтабоев, Ҳ. (1992). Наср ва услуб. Тошкент: «Фан», Ёқубов, О. (1980). Улуғбек хазинаси. Тошкет: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашириёти. 111 бет. Солижонов, Й. (2002). Нутқ ва услуб. Тошкент: «Чўлпон», Қўшжонов, М. (1982). Сайланма. Икки жилдлик. Биринчи жилд. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашириёти. ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH. Azmiddin Nosirov «Sharq yulduzi» jurnali, 1986. Foziluv N. U stozlar davrasida. — Т.: «Yosh gvardiva». 1988 Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Дўстқораев Б. Ўзбекистон журналистикаси тарихи. Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2009. Жабборов Н. Маърифат надир. Т.: “Маънавият”, 2010. Жабборов Н. Миллий уйғониш адабиётида Соҳибқирон образи. //Sohibqiron yulduzi, 2010, 2-сон Ziyo.uz Saviya.uz X.Davron kutubxonasi. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling