Fonemaning varianti (yoki allofoni) — fonemaning bir ko‘rinishi yoki uning muayyan tovushda namoyon bo‘lishi.
Fonemaning fonologik bo‘lmagan (farqlanmagan) belgisi — bir
fonemani ikkinchisidan farqlashga xizmat qiluvchi artikulatsion-akustik belgilar. Masalan: tur — qur da t-q fonemalarining jarangsiz-lik, portlovchilik belgilari fonologik emas.
Fonologik oppozitsiya (yoki fonemalar oppozitsiyasi) — fone-malarni fonologik belgilari asosida qarama-qarshi qo‘yish. Masalan: bir — sir kabi.
Minimal juftlikdagi so‘zlar (kvaziomonimlar) — fonemalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish uchun ishlatiluvchi so‘zlar. Masalan: kel — sel, ber — ter, xol — hoi kabi.
Fonemalar (pozitsiyasi) holati — fonemalarning o‘rni; fonemalarni namoyon etuvchi tovushlarning talaffuz qilinish sharoiti.
Fonemalarning kuchli holati (pozitsiyasi) — fonemalar varianti-ning talaffuzda o‘zgarmaydigan holat. Masalan, unlilar urg‘uli bo‘g‘inda kuchli holatda (pozitsiyada) hisoblanadi.
Fonemalarning kuchsiz holati (pozitsiyasi) — fonema o‘z ayti-lishini o‘zgartira oluvchi o‘rin.
Diftong — bir bo‘g‘indagi ikki unli tovushning birikmasi.
Urg‘u — bo‘g‘in yoki so‘z birikmalarini fonetik vositalar (ovoz-ning ko‘tarilishi, cho‘zib yoki ovoz tonini baland ko‘tarish, ton inten-sivlik) yordamida ajratib ko‘rsatish.
So‘z urg‘usi — so‘zdagi bo‘g‘inga tushgan urg‘u.
Ibora (fraza) urg‘usi (ba’zan gap urg‘usi deyiladi) — nutqda iboralarga (frazalarga), so‘z birikmalariga tushuvchi urg‘u.
Mantiqiy (logik) urg‘u — nutqda biror so‘zni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanuvchi urg‘u.
Dinamik (kuch, ekspirator) urg‘u — talaffuz kuchi bilan bo‘g‘in ajratish. O‘zbek, rus, ingliz, fors tillari shunday urg‘uga ega.
Musiqiy (ton, melodik) urg‘u — ovoz tonining harakati yordamida bo‘g‘in ajratish. Xitoy, yapon, tay, koreys, yapon tillari shunday urg‘uga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |