«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va


Download 1.21 Mb.
bet23/109
Sana12.09.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1676246
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar

Fanni o‘rganish an’anaviy va ilg‘or ta’lim berish usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi: tezkor – so‘rov-test sinovlari, dasturiy ta’lim, davra suhbatlari, ishchanlik o‘yinlari, kollokviumlar, muammoli o‘qitish metodi, va boshqa usullar hamda texnik vositalardan foydalaniladi.Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi”, “Aqliy hujum”,“Keys-stadi”singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari asosida o‘tkaziladi.




Asosiy qism
Fanning nazariymashg‘ulotlari mazmuni
Turkiy tillar haqida umumiy ma’lumot
Turkiy tillar oilasi. Turkiy tillar tasnifi. V.V.Radlov, A.Samoylovich, N.Baskakov tasniflari. Turkiy tillarni tasniflash mezonlari. Turkiy tillarning oltoy tillari orasida tutgan o‘rni. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning joylashish hududlari.


Turkiy tillar fonetikasi
Vokalizm. Unli va undoshlar tizimi. Unlilar tasnifi. Unlilarda variantlilik. Anlautda diftonglashuv. Birlamchi va ikkilamchi cho‘ziqlik hodisasi. Konvergensiya va divergensiya hodisalari. Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan unli fonemalar. Turkiy tillarda urg‘u. Leksik urg‘u. Logik Urg‘u. Bo‘g‘in.
Undoshlar tizimi. Undoshlar tasnifi. Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan undosh fonemalar.
Turkiy tillarda singarmonizm. Singarmonizmning hozirgi turkiy tillarda saqlanish darajasi.
Tovush o‘zgarishlari: tovush almashuvi, tovush tushishi, tovush ortishi, tovush ikkilanishi, tovush moslashuvi. Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari.

Turkiy tillar morfologiyasi
Turkiy tillarning asosiy grammatik xususiyatlari.
Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari. Morfologik ko‘rsatkichlar. Elementar morfologik birliklar. Kompleks morfologik birliklar.
Grammatik ma’no. Turkiy tillarda grammatik ma’no ifodalashning asosiy yo‘llari: sintetik, analitik usullar, takror va juft qo‘llash. Agglyutinatsiya turkiy tillarning asosiy tipologik xususiyati sifatida. O‘zak morfema. O‘zak morfema tarkibidagi tarixiy o‘zgarishlar. Affiksatsiya va uning mazmuni. Affiksal morfema tiplari. O‘zak va affiksal morfema tarkibidagi tarixiy o‘zgarishlar. Affiksal morfemalarning tarixiy shakllanishi. Morfologik qayta bo‘linish.


So‘z turkumlari
Turkiy tillarda so‘z turkumlarining umumiy xususiyatlari. Turkumga ajratish mezonlari.
Mustaqil so‘z turkumlari. Ot. Turlanish. Son kategoriyasi. Birlik va ko‘plik munosabati. Grammatik ko‘plik tushunchasini ifodalash. Ko‘plik qo‘shimchalari va ularning tarixiy shakllari, genezisi. Kelishiklar paradigmasi. Kelishik qo‘shimchalari. Kelishik qo‘shimchalarining ko‘p variantliligi. O‘zbek tilida otlarning vazifaviy shakllari sifatida qaraluvchi ifodalarning boshqa turkiy tillardagi tavsifi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling