«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 1.21 Mb.
bet25/109
Sana12.09.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1676246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Sodda gap ko‘rinishlari
Sodda gapda sintaktik munosabatning ifodalanishi. Sodda gapning ifoda maqsadiga va ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra turlari


Qo‘shma gap turlari
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning teng va tobe bog‘lanishi. Sodda gaplarni bog‘lovchi vositalar. Qo‘shma gap tasnifi.


Turkiy tillarda so‘z yasalishi
So‘z yasash usullari: affiksatsiya va kompozitsiya. Semantik usulda so‘z yasash. So‘z yasovchi qo‘shimchalar.So‘z yasovchi affikslar tarkibidagi o‘zgarishlar. Sodda va murakkab affikslar.
Ot yasalishi. Sifat yasovchi qo‘shimchalar. Fe’l yasalishi. Ravishlarning shakkllanishi.Ot,sifat,olmosh turkumiga oid so‘zlarning ravishga ko‘chishi.
So‘z turkumlarida ko‘chish hodisasi. Turkum sinkretizmi.


Turkiy tillarning leksik xususiyatlari
Turkiy tillarning lug‘at boyligi. O‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam.
Lug‘aviy ma’no taraqqiyoti: semantik kengayish va torayish. Hozirgi turkiy tillar leksikasining qiyosiy tahlili.


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulot talabalarni turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasiga doir ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, turkiy tillarni o‘zaro qiyoslash nuqtai nazaridan tahlil qilishga va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar to‘plagan bilimlarini dars vaqtida munozara yoki ma’ruza ko‘rinishida himoya qiladi.Amaliy mashg‘ulotlardaturkiy tillar oilasi, ularning morfologik-sintaktik, leksik xususiyatlari, turkiy tillarning umumtaraqqiyot hamda xususiy taraqqiyot bosqichiga xos jihatlarni o‘rganadilar.


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va qo‘llanmalar asosida talablar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali bilimni oshirish, matn ustida ishlash, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar, test savollari tuzish tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha:

  1. Turkiy tillar haqida umumiy ma’lumot.”Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” kursining asosiy masalalari.

  2. Turkiy tillar tasnifi.

  3. Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari.

  4. Turkiy tillarda unlilar tizimi. Singarmonizm hodisasi. Ikkilamchi cho‘ziqlik.

  5. Undoshlar tizimi.

  6. Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari. Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati.

  7. Grammatik ko‘plik tushunchasining ifodalanishi.

  8. Turkiy tillarda kelishiklar tizimi.

10.Turkiy tillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish mezonlari.
11.Ot turkumiga xos grammatik kategoriyalar.
12.Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari.
13.Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari.
14.Turkiy tillarning umumiy grammatik xususiyatlari.
15.Turkiy tillarda affiksal morfemalar taraqqiyoti. Affikslar tarkibidagi o‘zgarishlar. Sodda va murakkab affikslar.Affikslarning monofunksional xarakteri.
16.Turkiy tillarning leksik taraqqiyoti.
17.Turkiy tillar taraqqiyotidagi leksik-semantik o‘zgarishlar.
18.Turkiy tillar leksikasining iste’mol doirasiga ko‘ra tasnifi.
19.Iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar. Terminologiya masalalari.
Izoh:Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling