Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Mavzu: TURKIY TILLARDA YORDAMChI SO`ZLAR
Download 389.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (1)
Mavzu:
TURKIY TILLARDA YORDAMChI SO`ZLAR (2 soat) R e j a : 1. Turkiy tillarda ko`makchilar 2. Turkiy tillarda bog`lovchilar 3. Turkiy tillarda yuklamalar Leksik ma'no ifodalamay, mustaqil so`zlar orasidagi grammatik munosabatni ifodalaydigan, ba'zan so`zga qo`shimcha ma'no qo`shadigan so`zlar yordamchi so`zlar sanaladi. Turkiy tillarda o`rin kelishigi ma'nosini ifodalovchi ko`shimchalar yetarli emas. Shuning uchun yordamchi so`zlardan xam foydalanadilar. Yordamchi so`zlar vositasida turli xil makon, zamon, maydon munosabatlarini ifodalaganlar. Barcha turkiy tillarda yordamchi so`zlar galda, odatda, gap bo`lagi vazifasini byajarmaydi. Turkiy tillarda yordamchi so`zlar kuyidagi turlarga bo`linadi: 1. Ko`makchilar 2. Bog`lovchilar 3. Yuklamalar Ba'zi ishlarda yordamchi so`zlar qatoriga modal so`zlar, undov na taqlidlar (2:184), boshqasida ravishlar ham (56:250) kiritiladi. Ot yoki otlashgan so`zning boshqa bir so`zga (ko`proq fe'lga) tobelanishini ko`rsatuvchi yordamchi so`z ko`makchi hisoblanadi. Ko`makchilar qaysi mustaqil so`zdan o`sib chiqkanligiga qarab, sof ko`makchilar va ko`makchi vazifasida ko`llanuvchi so`zlarga bo`liiadi. Turkiy tillarda qadimgi ko`makchilar ham mavjud. Ular eng qadimgi turkiy til davrida ham bor edi: Arko`lo`g` sifati asosida ko`pchilik turkiy tillarda ko`makchi shakllangan: arql (tatar), arql (qozoq). arqilu (qirgiz), arqal (qoraqalpok), arqali (turkman), orqali (o`zbek), ural < arlo` (chuvash). Kashqa ko`makchisi bash va jo`nalish kelishngi ko`shimchasini ko`shish orqali shakllangan bo`lib, ko`pchilik turkiy tillarda ko`llaniladi: boshqa (o`zbek), bashqa (tatar, boshqird), basqa (qozoq), bashga (oearbayjon), bashxa (qorachoy- bolqor). Berli ko`makchisi o`zbek tilida beri xuddi shu shaklda ko`llanish turk, no`g`oy, uyg`ur, gagauz, kirg`iz tillarida mavjud. Birlen ko`makchisi turkiy tillarda kuyidagicha: belep (tatar), bilen (turkman), bilsn (uyg`ur), bilan (o`zbek), -ila, -la, -lch (ozarbayjon, turkman), psrle (chuvash), menen (qirg`iz, qorakdlpoq), -man, -men (no`goy). Dog`ru ko`makchining turkiy tillarda kuyidagi variantlari mavjud: to`g`ri (o`zbek), dog`ru (ozarbayjon, turkman), do:ru (gagauz), turnda (tatar), turannda (boshqird). Karo`sho` ko`makchisi turkiy tillarda kuyidagicha farklanadi: qarish (o`zbek), qarshn, qarsh (qorachoy-bolqor, uyg`ur, turk, tatar, boshqirt), qars (qozoq, no`g`oy, qorakalpoq), garsho` (ozarbayjon, turkman), xirk (chuvash). Kebik ko`makchisining kuyidagi variantlari bor: kabi (o`zbek). kibi (gagauz), kibik (qorachoy-bolqor), kzvek (boshqirt), kebek (totor), kimi (ozarbayjon, turkman). Kezin ko`makchisi barcha turkiy tillarda keyin shaklida ishlatiladi. Tarixan kez (oxiri, biror narsaning orqa qismi va jo`nalish kelishigining -n shakli asosida paydo bo`lgan. Kere ko`makchisi turk, turkman gagauz (gore) tillaridan boshka barcha turkiy tillarda ko`ra shaklida ko`llaniladi. Sayo`n ko`makchisi say fe'liga ravishdoshning -sh affiksini ko`shish orkali yasalgan bo`lib, u sayin shaklidp barcha turkiy tillarda ishlatiladi. Taba, taban ko`makchisi totor (toba), no`g`oy (t; bag`an) tillaridan boshqa tillarda tomon shaklining turli fonetik variantlarida ko`llaniladi. Teg`ri ko`makchisi hozirgi turkiy tillarda deri (chuvash), tegi (uyg`ur), deri (qorachoy-bolqor), (ozarbayjon, turk). Ko`makchi teg (tegmok) fe'lidan yasa Uchun ko`makchisi qozoq (yoshen), boshqirt (yoshon) tillaridan boshqa turkiy tillarda uchun tarzida ishlatiladi. so`ziga kelishik shaklini ko`shish orqali yasalgan. Barcha turkiy tillarda ald, ara, arqa, art, ast. orsh, son, ust so`zlarining turli kelishiklar bsh. ko`makchi vazifasini bajaradi. Sof ko`makchilarga nisbatan so`zlar kelishik vazifasini bajaradi. Shuning uchun xam kelishik o`rnida ishlatiladi. Qadimgi yozma obidalarda ko`llanilgan teng (-day, kabi), tegi (-gacha, to), uchun, utru (shuning uchun), birla (bilan), tapa (tomon), ora, osha kabi ko`makchilarning juda ko`pligi ayrim fonetik o`zgarishlarga uchragan xolda hozirgi turkiy tillarda ham aktiv ishlatiladi (4:233-235). Xozirgi turkiy tillarda tarixiy tarakqiyot jarayonida mustaqil ma'noli so`zlardan yangi ko`makchilar kam paydo bo`lgan. Masalan. tatar tilida kebek(no`g`oy), teri dieri (yoqut), dek yasalgan, totar (yoshen) . Ko`makchi uchku, ich, yon, orta, i kelishi orqali ushbu yordamchi (kabi), tosle (kabi. lay), bo`tan (boshka), borsh (burui), kumiqtilida go`ro (ko`ra), son (so`ng). Yuklamalar. So`zlar yoki gap mazmuni qo`shimcha ma'no ko`shadigan yordamchi so`z yuklama sanaladi. Turli turkiy tillarda yuklamalar juda ko`p. Umumturkiy xarakterga ega bo`lgan yuklamalar kuyidagilardan iborat: So`roq yuklamasi ba, be, bo`, bi ko`pchilik turkin tillarda ma, ms, my, mo` shaklida ishlagkladi. Kuchaytiruv yuklamasi ta, te ko`pchilik hozirgi turkiy tillarda da shaklida ko`llaniladi. Kuchaytiruv yuklamasi oq, ok ko`pchilik turkiy tillarda ki, ku yuklamalariga mosdir. Kuchaytiruvchi yuklamasi la, yae oyatoy, shor, turkman, xakas, totor, tillaridagina ko`llaniladi. Kuchaytiruv yuklamasi na, ne xakas, turkman, totor tillarida max,suldor. Kuchaytiruv, ba'zan so`roq yuklamasi a, e ko`pchilik turkiy tillarda max,suldor ishlatiladi. Turkiy tillarda kuchaytiruv ma'nosini -m, en, »ng yuklamasi orqali ifodalaydilar. Bu narsa totor, boshqirt, ozarbayjon, turk, qirg`iz, oltom. qozoqtillarida maqsuldor. Buyruq mayli 2-shaxs ma'nosida cha, ch.) yuklamasi amrim turkii tillarda she (totor), chp (o`zbek, qrrachoy-bolkrr), se (boshqirt), shi (no`goy, qozoq) shaklida ishlatiladi. Xullas, yuklamalar turkiy tillarda so`z holida va qo`shimcha shaklida ko`llaniladi. Bog`lovchilar. Eng kddimgi turkiy tmlda bog`lovchnlar bo`lmagai. Ergash gapli ko`shma gaplarning taraqqiyoti bilan turkiy tillarda bog`lovilar ham shakllangan. Sof turkiy bog`lovchilarning turli usullar bilan paydo bo`lishida kuyidagi usullari mavjud. 1. Kuchaytiruv emfatik, ekspressiv yuklamalar bog`lovchiga aylangan, ana shu jarayon asosida da, ki bog`lovchilari paydo bo`lgan. 2. Ba'zi ravishdosh shakllarining bog`lovchm safiga o`tish usuli bilan hosil bo`lgan. Masalan, dep, dip, deb, ni ifodalaydi. 3. Shart mayli shakllari bog`lovchi safiga o`tishi orqali hosil bo`ladi. Masalan, esa, desa kabi. 4. So`roq olmoshlarining bog`lovchi vazifasida ishlatilishi natijasida hosil bo`lgan. Masalan, qaerda, qayda, kachon, qaysi kabilar. Download 389.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling