“Тurkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”
fanining maruza matniga
Т А Q R I Z
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani o‘zbek
filologiyasining
bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu
fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish,
turkiy tillarning tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish,
turkiy tillarning
taraqqiyotdarajasini belgilash, turkiy tillarni tasniflashdagi
asosiy mezonlarni
aniqlash kabi masalalarni mukammal yoritib bergan.
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani “Turkologiyaga kirish”,
“Tilshunos tili tarixi”, “qadimgi turkiy til”, “O‘zbektikasi”, “O‘zbek tili
dialektologiyasi”, “hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi bir qator fanlar bilan
aloqadorligini misollarda ko’rsatib bergan.
Qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish til
haqidagi bilimlarni yanada
mukammallashishiga, tillararo umumiy va xususiy o‘ziga xosliklarni aniqlashga,
hamda mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etilishga zamin yaratadi. Ushbu fan bir-
biriga genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning o‘ziga
xos fonetik,
leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy-tarixiy usul asosida tadqiq
etish va tahlil qilishni ko’rsatib o’tgan. Turkiy tillarni bunday tarzda o‘rganish
hozirgi o‘zbek adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti hamda bugungi kundagi takomilini
chuqur tushunishga yordam beradi. Negaki hozirgi o‘zbek
adabiy tilining
dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq guruhi tillari bilan bog‘liqligi
izohlangan.
Маvzular to’liq yoritilgan hamda talab darajasida yoritilgan.
ADU O`zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchi:
O.Tursunova