Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Mavzu: TURKIY TILLARNING SINTAKTIK
Download 389.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (1)
Mavzu:
TURKIY TILLARNING SINTAKTIK QURILIShI (4 soat) R e j a : 1. Turkiy tillarning sintaktik qurilishi 2. Turkiy tillarda so`z birikmasi 3. Turkiy tillarda gap strukturasi Turkiy tillarda ham sintaksisning tekshirish ob'ekti sintaktik konstruktsiyalardir. Sintaktik konstruktsiyalar mazmuni va fikriy tugalligiga ko`ra ikki xil: 1) nomustaqil yoki ochik konstruktsiya: kanalning qazilishi, kitobning o`qilishi kabi. 2) mustaqil yoki yopiq konstruktsiya: kanal qazildi. Kitob o`qildi. Ochiq konstruktsiyalarda fikr tugallanmagan - ochiq qolgan, yopiq konstruktsiyalarda esa fikr tugallangan bo`ladi. Sintaktik konstruktsiyalarining bu xususiyati ularni ikki aspekt so`z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi aspektida tekshirishni taqozo ztadi. Bu xil sintaktik konstruktsiyalarni farklashda ularni tashkil etgan komponentlarning mikdori emas, balki bu konstruktsiyalarning bajarayotgan funktsiyasi nazarda tutiladi. So`z birikmasi fikr ifodalamaydi, u nominativ funktsiya bajaradi. Gap esa fikr ifodalaydi - kommunikativ funktsiya bajaradi. So`z birikmasi nutq ob'ekti emas, u birmuncha passiv holatda bo`lib, gap arkibida uning materiali sifatida harakat qiladi. Turkiy tillarda so`z birikmasi. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatadigan nominativ xarakterdagi ochiq konstruktsiyalar so`z birikmasi sanaladi. Turkiy tillarda so`z birikmalarining ikki katta guruxi bor. Bulardan birinchisi ot so`z birikmalari bo`lib, uning komponentlari ot, sifat, son, olmosh kabi so`z turkumlaridan xosil bo`ladi. Masalan, ozarbayjon tilida mavi ko - moviy osmon, besh gmz, bu keche; tatar tilida ak at, krk avl - qirq ovul, ain atas; qozoq tilida kok orman, os k'z; oltoy tilida dash ulus - yosh avlod, tun-ikki kecha, onsh bichigi - uning xati; chuvash tilida chapl sho`v - ulkan daryo, ikkemesh uyx - ikkinchi oy, ku tel - bu joy kabi. Ikkinchisi esa fe'l so`z birikmasi bo`lib, uning komponentlari ravish, ravishdosh, sifatdosh va fe'llardan bo`ladi. Masalan, tatar tilida tugan il, tuvin tilida tutkan kiji - to`q odam, o`zbek tilida o`tgan yil, qorachoy-bolkar tilida bishchen yet - pishgan go`sht, shor tilida ushkan agash, yiqilgan daraxt, qoraqalpoq tilida tuvgan bala - tug`ilgan bola, qozoq tilida kelgen kese - kelgan kishi, no`g`oy tilida at'lgan oq - otilgan o`q, xakas tilida atxan ancho` - otgan ovchi kabi. Tobelanish asosidagi birikmaning turkiy tillarda ko`p tarqalgan formalaridan biri aniklovchi-aniklanmish munosabatidir. turkiy tillar aniklovchi-aniklanmish munosabatidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Aniklovchi qaratqich kelishigi formasidagi so`z bo`lganda aniq emish doim egalik affiksi bilan qo`llanadi: bizim kitobo`miz, tatar ilida ano`q atas, qoraqalpoq tilida menen atm, no`g`oy tilida onp soze, turkman tilida menin ishim, oltoy tilida onin bichigi - uning xati. Qaratqich kelishigi paydo bo`lgangacha bu xil birikmaning yoki tilidan kabi modeli (min at - mening otim) ko`llanilgandir (56:250). Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv usuli bilan tobelanadi: qoq orman - yashil urmon (qozoq). ak at (tatar), a:r tanak-ogir chana (shor), xura laja - qora ot (chuvash), dash ulus - yosh avlod (altoy), kuchli ot (o`ebek) kabi. Bu xil birikmalar hamma turkiy tillarda mavjud. Boshqa tip tillarning kuchli ta'siriga uchragan qaraim tilida sifatlovchi bnlan sifatlanmishning o`zaro moslashuvi onda-sonda uchraydi (43:274). Turkiy tillarda aniqlovchili birikmaning izofa turi mavjud. Uning uch tipi bordir: Biriichi tip izofada bosh so`z ot bilan tobe so`z sifat bilan ifodalanadi: zengek ko`k - zangori osmon (tatar), kara deniz (turk). Birinchi tii izofa xar doim ad'ektivatsiyalashgan (boshqa turkumga oil so`zlarning sifatga ko`chishi) bo`ladi. Masalan, ozarbayjon tilida demir gapo`-temir darvoza, tatar tilida agash kashik, qozoq tilida ay jaro`k kabi. Ikkinchi tip ieofada bnrikmaning ikkinchi komponenti uchinchi shaxs egalik affiksini qabul qiladi: avl xo`jalo`go`. - qishloq xo`jaligi (tatar), deniz yalo`so` - dengiz qirg`og`i (turk). Ko`mik, tilida birinchi tip izofa tipik saialsa, chuvash tilida ikkinchi tip ko`iroq ko`llaiiladi. Uchinchi tip izofada birikmaning birinchi komponenti karatqich kelishigi ko`shimchasini qabul qilgan bo`ladi: babano`n yevi (turk), menin kozim qrraqalpoq, bizni yel - bizning el kabi. Xullas, turkiy izofa tashqi ko`rinishidan o`rni almashtirilgan forsiy izofani eslatadi. Ayrim sonlar ot bilan birikma xosil qilib, keyinchalik bir so`z xoliga kelib qolgan: beshta (besh daxa). durtz (to`rt daxa) - qishloq nomi. Formal belgilari bo`lmagan bu tipdagi birikmalar tilning zng qadimgi ko`rinishlaridir (37:16). Bu tip birikmalar Xorazm shevasida keng tarqalgan: yashulli - yoshi ulug`, yashulkan kabi (24:74). Turkiy tillarda gap strukturasi. Turkiy tillarda gap bo`laklari mustaqil so`zlar va so`z birikmalari bilan ifodalanadi. Ganni bo`laklarga ajratishda so`zlarshshg gapdagi funktsiyasi, boshqa so`zlar bilan munosabati, grammatik shpkli kabi xodisalar xisobga odinadi. Bunda intonatsiyani xam roli katta. Masalan, Rais korxona tarixidan gapirib kstdi gapida gapirib ketdi, kssim (harakatning kutilmaganda ro`y berganligi); biroq gapirib so`zidan oldin pauza qilinishi unn (ganirib) xol, keyingi so`zni (ketdi) kesim holatga tushiradi. Yoki aytgani-aytgan, degani-degan formasida takrorlar bir butun cho`ziq intonatsiya bilan aytilsa, bitta bo`lak kesim (harakating davomliligini), ajratuvchi pauza bilan )sa >ga na kesim munosabatiga o`tadi. Yaigi choy damladi gapida xam iki xolat bor: I ) mantikiy urg`u yangi so`ziga tushsa, xol; 2) choy so`ziga tushsa, yangi so`zi aniqlovchi bo`ladi. Bunda yangi va choy so`zlari bir butun intonatsiya bilan aytiladi. Ikki tarkibli gaplarning asosini ega va kesim o`rtasida tobelanishga asoslangan birikma tashkil qiladi. Predikativ aloqa (ega va kesim aloqasi) bayoniy aloqa bo`lib, inkor va tasdiqni o`z ichiga oladi: bular xarakat, xolat, belgi kabi tushunchalarni voqelik va zamon bilan bog`laydi, so`zlovchining ana shu voqelikka bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Masalan, Bola - sho`x gapida predmet va belgi tushunchalari ko`shilib sho`xlik belgisining bolada mavjud ekanligi xukm yo`li bilan tasdiqlangan, voqelik xozirgi zamon bilan bog`langan. Turkiy tillarda ega va kesim moslashuv yo`li bilan aloqaga kirishadi. Kesim egaga mos shakl olib shakllanadi. Bu moslikni kesimdagi shaxs-son affikslari ko`rsatadi: Men o`qiyman. Sen o`qiysan. U o`qiydi. Biz o`qiymiz. Siz o`qiysiz. Ular o`kitdilar. Ega va kesimdagi bu moslik kesimi ot bilan ifodalangan predikativ birikmalarda ham bo`ladi, bunda kesimlik affiksi olib moslashadi: Men o`kuvchiman. Sen o`kuvchisan, biz o`kuvchimiz. Demak ega va kesim shaxs-sonda moslashadi. Ega va kssimning shaxs- sondagi mosligi turkiy tillarda umumiy qoida xisoblansa-da, shaxsdagi moslik mutlaq, sondagi moslik nisbiy sanaladi: Shoir g`azal o`qidi. Mashinalar o`tib turibdi. Otam ishga ketdilar (hurmat ma'nosida) kabi. Biroq ega va kesimning birlik va ko`plikda kelishi farqsiz emas. Masalan, qo`ylar o`tladi gapining kesimi ko`plikda berilsa, odatdagi norma buziladi. Turkiy tillarda gap bo`laklari o`zining muntazam joylashish tartibiga ega. Agar so`zlovchida gap tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko`rsatish maqsadi bo`lmasa, odatda gapning boshida zga o`z sostavi bilan gapning oxirida kesim keladi. O`zbek tilida aniqpovchi va kesimning o`rni boshka bo`laklarga nisbatan qat'iy, turg`un janligini ko`rsatadi. Bu xrlatni xind-evropa tillari oilasiga kiruvchi tillarda uchratmaymiz. Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, bu tillarda ko`shma gapning ergashgan ko`shma gap tipidan tashkari, funktsional va struktural jihatdan boshqa til oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi ravishdosh, sifatdosh oborotlari keng taraqqiy qilgan. Masalan, qozoq tilida Qo`tabo`ga kirletken bala kattn uyaldi -kitobini kirlatgan bola kattiq uyaldi. Men Salimning kecha Moskvadan kelganini eshitdim (o`zbek). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling