Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet10/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Sаvol va topshiriqlar:
1.М.Кошғарийнинг туркологияга қўшган ҳиссаси ҳақида гапиринг
2. Қайси асарлар турк-уйғур ёзувида тартиб қилинган?
3. Туркий халқлар қандай ёзувлардан қойдаланган?
4. Рун ёзуви ёдгорликлари неча турга бўлинади?
5.Уйғур ёзуви ёдгорликлари туркий тиллар тараққиётида қандай ўрин тутган?
6.Қадимги туркий ёдгорликларга қайсилар киради?
4- modul: Turkiy tillarni tasniflash muammolari.
Reja:
1.Turkiy tillarni tasniflashdagi o’ziga xos xususiyatlar.
2. M.Koshg‘ariy tasnifi
3. A.Remyuza tomonidan amalga oshirilgan tasnif
4. A. Myuller tasnifi
5.V.V.Radlov tasnifi
6. F.Y.Korsh tasnifi
7. N.V. Baskakov tasnifi.
Tayanch so’z va iboralar: turkiy tillar, tasniflash tamoyillari, tarixiylik, sharqiy turkey tillar, g’arbiy turkey tillar,fonetik xususiyatlar, morfologik xususiyatlar.
Tillarning taraqqiyot tarixini o‘rganishdagi eng muhim masalardan biri-tasniflashdir. N.V.Baskakovning aytishicha, tasnif ma’lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki, tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslaniladi.
Turkiy tillarni birinchi marta M.Koshg‘ariy tasnif etgan. Unadan so‘ng XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan turkiy tillarni tasnif qilishga qiziqish ortdi. Natijada, turkiy tillar tasnifi muammosi bilan I. N. Berezin, F.Ye. Korsh, A. N. Samaylovich, V. A. Bagoroditskiy, V.V. Radlov, N. A. Baskakov, N. F. Katanov, V. Shott, G. Ramsted, G.Vamberi kabi olimlar shug‘ullandilar.
M.Koshg’ariydan so‘ng ahamiyatli bo‘lgan tasnif 1820- yil A.Remyuza tomonidan amalga oshirilgan. U turkiy tillarni besh guruhga bo‘lib tasnif etadi; 1) yoqut tili; 2) uyg‘ur tili (chig‘atoy, turkman tillari); 3) no‘g‘oy tili (Qrim, Astraxan); 4) qirg‘iz tili; 5) turk tili (chuvash tilini kiritgan).
1887-yil A. Myuller yoqut va chuvash tillaridan boshqa turkiy tillarni uch guruhga bo‘ladi: 1) shimoliy turk tillari; 2) sharqiy turk tillari (qashqar, o‘zbek, Buxoro, Xiva; Qrim-tatar Qozon tatarlari tili); 3) g‘arbiy turk tillari (Azarbayjon, Eron turklari, usmonli turk va turkman tillari).

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling