1.1Leksikologiya – tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi soha
Dars rejasi:
1. Turk tiliso‘z boyligining ma’no bilimi, morfologik va sintaktik nuqtayi
nazardan tadqiqi.
2. Leksik birliklarning turlari.
3. Til lug‘at tarkibining taraqqiyot omillari.
4. So‘z – tilning asosiy birligi.
Tayanch tushunchalar: leksikologiya (sözcükbilim,ilm-i maâni, anlam bilimi),
leksika (kelime bilimi), til lug‘at tarkibi, leksik birlik, leksik ma’no va b.
Tilshunoslikning so‘z va uning ma’nosini o‘rganuvchi bo‘limi turk tilida
sözcükbilim (leksikologiya)deyiladi (yunoncha lexikos – “so‘z”, logos – “fan”,
“ta’limot”). Sözcükbilim turk tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda leksikoloji,
ba’zilarida esa kelime bilimi yoki kelime anlamı(so‘zma-so‘z tarjimasi: so‘z
2
Hengirmen M., Türkçe Dilbilgisi, Engin Yayınevi. –Ankara, 1998, –S.382.
6
ma’nosi) deb beriladi. Ushbu fan usmonli turk tilida ilmü’l-lüga(so‘z ilmi)deb
nomlangan.
Umuman olganda, turk tilshunosligida bir tilning so‘z boyligini morfologik,
sintaktik va ma’no bilimi (leksika) nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi, so‘z, ba’zi
birikmalar, qoliplashgan shakllar, ibora va maqollar, o‘zlashmalarni tadqiq etuvchi,
birliklarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, eskilik va yangilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar va ularning ishlatilish doirasiga ko‘ra turlari kabi
masalalarni o‘rganuvchi soha sözcükbilim deb nomlanadi.
Til lug‘at tarkibining quyidagi aspektlari leksikologiyaning tadqiqot ob’ekti
hisoblanadi:
- so‘z - tilning asosiy birligi sifatida;
- leksik birliklarning tip (tur)lari;
- til lug‘at tarkibining tuzilishi;
- leksik birliklarning vazifa bajarishi;
- lug‘at tarkibining to‘lib borishi va taraqqiy etishi.
Leksik birliklarning yuqorida sanab o‘tilgan aspektlar orasidagi munosabatlar
ichidagi o‘ziga xos jihatlari leksikologik kategoriyalarda aks etadi.
Leksikologiyaning bir sohasi bo‘lgan etimologiya esa tildagi so‘z zahirasini
tarixiy, ya’ni so‘zlarning kelib chiqishi va shakllanishi nuqtayi nazaridan
o‘rganadi. Ushbu bo‘limda sof turkiy leksika o‘zlashgan, ya’ni uzoq tarix
davomida boshqa tillardan turk tiliga kirib qolgan leksikadan alohida holda ko‘rib
chiqiladi.
Leksikologiyada turk tilidagi zamonaviy matnlarda muhim o‘ringa tutgan
Do'stlaringiz bilan baham: |