Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kredit muomalalarini hisobga olish mavzuning maqsadi


-mashq. Turli kreditor bilan hisob-kitoblar bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish


Download 47.5 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1563274
1   2   3   4
Bog'liq
14 мавзу бўйича амалий машғулотлар топшириқлари 2

13.2-mashq. Turli kreditor bilan hisob-kitoblar bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish


1.1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi aktivlari va passivlari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot
Asosiy vositalar 213200 ming so‘m, asosiy vositalarning eskirishi 21200 ming so‘m, xom-ashyo va materiallar 101552 ming so‘m, yoqilg‘i 14150 ming so‘m, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 11000 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 26825 ming so‘m, xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar 23050 ming so‘m, olingan veksellar 24450 ming so‘m, olinadigan foizlar 407,5 ming so‘m, kassadagi pul mablag‘lari 1000 ming so‘m, hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari 290375 ming so‘m, mol yetkazib beuvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar 159202 ming so‘m, boshqa kechiktirilgan daromadlar 7000 ming so‘m, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 18200 ming so‘m, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar 13400 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar 42500 ming so‘m, qisqa muddatli bank krediti 120000 ming so‘m, ustav kapitali 220000 ming so‘m, rezerv kapitali 28700 ming so‘m, hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 40000 ming so‘m, tayyor mahsulotlarni sotishdan daromad 84000 ming so‘m, undirilgan jarima, peniya va ustamalar 675 ming so‘m, foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 407,5 ming so‘m, boshqa operatsion daromadlar 8900 ming so‘m, sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi 58175 ming so‘mni tashkil qiladi.


1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari
1. Fermer xo‘jaligi 2 yilga yillik foiz stavkasi 22 % bo‘lgan 18000 ming so‘mlik sut sog‘ish uskunasini «O‘zMashLizing» korxonasidan moliyaviy ijara shartnomasi orqali oldi. Ijara shartnomasiga ko‘ra asosiy qarz har chorakda teng ulushlarda qaytariladi. Asosiy qarz bilan birgalikda hisoblangan foizlar ham qaytariladi. Fermer xo‘jaligi birinchi chorak uchun foiz hisobladi va asosiy qarz bilan birgalikda to‘lab berdi.
2. «Sharif-shirin» xususiy korxonasiga fermer xo‘jaligi o‘z vaqtida mahsulot yetkazib bera olmagani uchun 1200 ming so‘m da’vo qo‘zg‘atdi va xo‘jalik da’voni hisobga oldi. Shundan so‘ng qo‘zg‘atilgan da’vo summasi «Sharif-shirin» xususiy korxonasiga to‘lab berildi.
3. Fermer xo‘jalik xodimi R.Karimov xizmat safariga yuborildi va unga 850 ming so‘m kassadan naqd pul berildi. R.Karimov xizmat safaridan kelib hisobotini topshirgan paytda «O‘zbekiston Respublikasidagi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma bo‘yicha o‘z hisobidan 250 ming so‘m ishlatganligi ma’lum bo‘ldi. R.Karimovga o‘z hisobidan ishlatilgan pul mablag‘i oylik ish haqini to‘lash davrida to‘lab berilishi kelishib olindi. Xizmat safari bo‘yicha xarajatlar sotish xarajatlariga olib borildi.


Topshiriq:
1. Schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy boshiga qoldiqlarini to‘ldiring.
2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining «Xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish daftari»da xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring.
3. Xo‘jalik operatsiyalarini guruhlashtirish jadvalini to‘ldiring.
4. Xo‘jalik opreatsiyalari natijasida schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy oxiriga qoldiqlarini to‘ldiring.
5. Fermer xo‘jaliklarida turli kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling