Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kredit muomalalarini hisobga olish mavzuning maqsadi
-mashq. Kredit muomalalari bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish
Download 47.5 Kb.
|
14 мавзу бўйича амалий машғулотлар топшириқлари 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiya lari
13.3-mashq. Kredit muomalalari bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish
1.1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi aktivlari va passivlari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot Asosiy vositalar 213200 ming so‘m, asosiy vositalarning eskirishi 21200 ming so‘m, xom-ashyo va materiallar 101552 ming so‘m, yoqilg‘i 14150 ming so‘m, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 11000 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 26825 ming so‘m, xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar 23050 ming so‘m, olingan veksellar 24450 ming so‘m, olinadigan foizlar 407,5 ming so‘m, kassadagi pul mablag‘lari 150 ming so‘m, hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari 285935 ming so‘m, mol yetkazib beuvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan shotlar 159202 ming so‘m, boshqa kechiktirilgan daromadlar 7000 ming so‘m, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 18200 ming so‘m, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar 13400 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar 42500 ming so‘m, qisqa muddatli bank krediti 120000 ming so‘m, ustav kapitali 220000 ming so‘m, rezerv kapitali 28700 ming so‘m, hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 40000 ming so‘m, tayyor mahsulotlarni sotishdan daromad 84000 ming so‘m, undirilgan jarima, peniya va ustamalar 675 ming so‘m, foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 407,5 ming so‘m, boshqa operatsion daromadlar 8900 ming so‘m, sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi 58175 ming so‘m, foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar 990 ming so‘m, boshqa operatsion xarajatlar 1200 ming so‘m, sotish xarajatlari 1100 ming so‘m, to‘lanadigan moliyaviy ijara 15750 ming so‘m, hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz 250 ming so‘m, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar 18000 ming so‘mni tashkil qiladi. 1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari 1. Fermer xo‘jaligi 9 oy muddatga davlat buyurtmalari bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun shartnoma asosida 55000 ming so‘mlik 7 foizli imtiyozli qisqa muddatli kredit oldi. Shartnomaga ko‘ra kreditga hisoblangan foizlar har oyda qaytariladi. Birinchi oyga foiz hisoblandi va to‘lab berildi. 2. Shu bilan birga, fermer xo‘jaligi 3 yil muddatga 22 foizli 175000 ming so‘mlik uzoq muddatli kredit oldi. Shartnomaga ko‘ra kreditga hisoblangan foizlar har oyda qaytariladi. Kreditning asosiy summasi esa teng ulushlarda har chorakda qaytariladi. Birinchi oyga foiz hisoblandi va to‘lab berildi. Birinchi chorakda qaytariladigan summa hisoblandi va o‘tkazib berildi. 3. Fermer xo‘jaligi hisobot davri oxiriga moliyaviy natijalarini aniqladi va barcha daromadlar va xarajatlar schotlarini yopdi. Yakuniy moliyaviy natija aniqlandi. Topshiriq: 1. Schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy boshiga qoldiqlarini to‘ldiring. 2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining «Xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish daftari»da xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring. 3. Xo‘jalik operatsiyalarini guruhlashtirish jadvalini to‘ldiring. 4. Xo‘jalik opreatsiyalari natijasida schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy oxiriga qoldiqlarini to‘ldiring. 5. Fermer xo‘jaliklarida kredit muomalalarini hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling