Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kredit muomalalarini hisobga olish mavzuning maqsadi
-mashq. Turli debitor va kreditor bilan hisob-kitoblar hisobi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish
Download 47.5 Kb.
|
14 мавзу бўйича амалий машғулотлар топшириқлари 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Summasi, so‘m Schyotlar bog‘lanishi
- 13.1-mashq. Turli debitor bilan hisob-kitoblar bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish
- 1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiya lar i
13.1-mashq. Turli debitor va kreditor bilan hisob-kitoblar hisobi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish
Topshiriq: 1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining «Xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish daftari»da xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring. 2. Fermer xo‘jaliklarida asosiy vositalarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering. 13.1-mashq. Turli debitor bilan hisob-kitoblar bo‘yicha boshlang‘ich balansni tuzish, xo‘jalik operatsiyalariga provodka berish, oborot qaydnomasinini to‘ldirish 1.1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi aktivlari va passivlari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot Asosiy vositalar 213200 ming so‘m, asosiy vositalarning eskirishi 21200 ming so‘m, xom-ashyo va materiallar 101552 ming so‘m, yoqilg‘i 14150 ming so‘m, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 11000 ming so‘m, tayyor mahsulotlar 26825 ming so‘m, xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar 47500 ming so‘m, kassadagi pul mablag‘lari 1000 ming so‘m, hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari 274475 ming so‘m, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar 159202 ming so‘m, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 18200 ming so‘m, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar 13400 ming so‘m, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar 42500 ming so‘m, qisqa muddatli bank krediti 120000 ming so‘m, ustav kapitali 220000 ming so‘m, rezerv kapitali 28700 ming so‘m, hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 40000 ming so‘m, tayyor mahsulotlarni sotishdan daromad 84000 ming so‘m, undirilgan jarima, peniya va ustamalar 675 ming so‘m, sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi 58175 ming so‘mni tashkil qiladi. 1.2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligida hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari 1. Fermer xo‘jaligi «Kamalak» fermer xo‘jaligiga «Klass» rusumli traktorni 6 oy muddatga foydalanish uchun qisqa muddatli ijara shartnomasini tuzgan holda ijaraga berdi. Ijara shartnomasiga ko‘ra ijara qiymati 7000 ming so‘m qilib belgilandi hamda ijara to‘lovi to‘liq shu kunning o‘zida xo‘jalik hisob-kitob schotiga kelib tushdi. 2. Fermer xo‘jaligining «G‘alla alteg» AJ dan oladigan 24450 ming so‘m debitor qarzi mavjud edi. «G‘alla alteg» AJ mazkur qarzdorlikni 4 oyga yillik 20 % veksel berish bilan so‘ndirdi. Fermer xo‘jaligi birinchi oy uchun foiz hisobladi. 3. Fermer xo‘jaligi texnikalari bilan aholiga ham xizmat ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaligi «T-4» rusumli traktori bilan aholiga jami 8900 ming so‘mlik xizmatlarni ko‘rsatdi. Aholiga xizmat ko‘rsatish orqali xo‘jalik kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari hisob-kitob schotiga topshirildi. Topshiriq: 1. Schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy boshiga qoldiqlarini to‘ldiring. 2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining «Xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish daftari»da xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring. 3. Xo‘jalik operatsiyalarini guruhlashtirish jadvalini to‘ldiring. 4. Xo‘jalik opreatsiyalari natijasida schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasining oy oxiriga qoldiqlarini to‘ldiring. 5. Fermer xo‘jaliklarida turli debitorlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olishning normativ-huquqiy tartibga solinishini tushuntirib bering. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling