Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash
Download 1.66 Mb.
|
Metallarresiklingi5-bob
Cho‘yanning mashinasozlikda keng ishlatilishi, uning ko‘pgina qimmatli xususiyatlariga bog‘lanadi. Cho‘yanning ijobiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: quyma olish texnologik jarayonining nisbatan oddiyligi, yaxshi quyuluvchanligi va ishqalanishning kamaytirish (antifriksion) xususiyati, eyilishga chidamliligi, davriy qovushqoqlik va toliqishdan mustahkamlik ko‘rsatgichlarining yuqoriligi, ishlov berishni osonligi, tebranishni yutish xususiyati, quyushning nisbatan arzonligi. Hozirgi vaqtda cho‘yanni ikkilamchi eritish uchun turli xil eritish agregatlari qo‘llanilmoqda. Bu eritish agregatlarining tasnifi 5.2-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, cho‘yanni asosiy qismi vagrankalarda eritiladi. Vagrankalar konstuksiyasini oddiyligi, ishlatishni qulayligi, turli xil markadagi cho‘yanlarni kerakli miqdorda olish mumkinligi; eritishni to‘xtovsizligi va boshqa bir qancha yutuqlari sababli cho‘yan ishlab chiqarishni asosiy agregati hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, yirik mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va boshqa korxonalarda ishlab chiqarish unumdorligi turli xil bo‘lgan cho‘yanni qayta eritadigan minglab vagrankalar o‘rnatilgan. Yuqori sifatli, mexanik xususiyatlari oshirilgan, strukturasi va oquvchanligi yaxshi bo‘lgan cho‘yan olishni asosiy omili cho‘yanni o‘ta qizdirishdir. Bunga 1480-15000C haroratda erishiladi va vagrankaga havo purkab yuborilishi kerak. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling