Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


Ikkilamchi cho‘yan temir-tersak va chiqindilarini vagrankada qayta ishlash


Download 1.66 Mb.
bet7/18
Sana29.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1733414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Metallarresiklingi5-bob

5.3. Ikkilamchi cho‘yan temir-tersak va chiqindilarini vagrankada qayta ishlash
Vagrankaga puflanadigan havoni qizdirish usuli birinchi marta Rossiyada 1812 yilda ishlatildi. Lekin uzoq yillar davomida bu usul sanoat miqyosida o‘z tatbiqini topmadi. Bunga sabab - o‘sha paytda sovuq havo puflab ishlaydigan vagrankalardan olinadigan cho‘yan sifati, talabni qondirar edi, bundan tashqari mustahkam va ishonchli havo qizdirgich konstruksiyalar yo‘q edi. Faqat o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab havoni qizdiradigan ishonchli uskunalar yaratildi va cho‘yan eritishda qizigan havo puflash keng ishlatila boshladi.











































































Eritish agregatlari














































































































































































































































































































To‘xtovsiz ishlaydigan




Davriy ishlaydigan

































































































Qattiq yoqilg‘ili (koks)




Kombinirlangan yoqilg‘ili (gaz-koks)




Gazsimon yoqilg‘ili (tabiiy gaz)




Suyuq yoqilg‘ili (mazut)




Elektroenergiyali




Suyuq yoqilg‘ili
















Nordon qoplama-li




Asosiy qoplama-li




Uzoq ishlovchi vagranka (qoplamasiz)




Nordon qoplama-li




Nordon qopla-mali




Nordon qoplama-li




Induksion tigelli pech (nordon asosli qoplamali)




Induksion kanalli pech (nordon qoplamali)




YOyli pech nordon qop-lamali)




YOyli pech (asosli qop-lamali




Nor-don qopla-mali






















Sovuq Havo puflanadigan vagranka




Issiq Havo puflanadigan vagranka




Sovuq Havo puflanadigan vagranka




Issiq havo puflanadigan vagranka




Sovuq havo puflanadigan vagranka




Issiq havo puflanadigan vagranka




Issiq havo puflanadigan vagranka




Issiq havo puflanadigan vagranka




Sovuq havo puflanadigan vagranka




Vagrqanka




Minorali – olovli pech




Minorali – olovli pech




YUqori chastotali pech




Kombinirlangan chastotali pech




Sanoat chastotali pech




YUqori chastotali




Sanoat chastotali




Elektromagnit aralashtiriladigan pech




Elektromagnit aralashtirilmaydigan pech




Elektromagnit aralashtiriladigan pech




Elektromagnit aralashtirilmaydigan pech




Aylanuvchan pech


5.2-rasm. Ikkilamchi cho‘yanni eritish uchun ishlatiladigan eritish agregatlarining klassifikatsiyasi
Havo berilib qizdirish natijasida - quyish sifati yaxshilanadi va isrofgarchilik kamaytiriladi, hamda vagrankalarni unumdorligi oshiriladi, koksni sarf bo‘lishini kamaytiradi. Cho‘yan haroratini va koksni sarf bo‘lishini, havoni qizdirish haroratiga bog‘liqligi quyidagi 5.3-jadvalda keltirilgan.
5.3-jadval.
Cho‘yan haroratini va koksni sarf bo‘lishini, havoni qizdirish haroratiga bog‘liqligi

Havo


Metall yuklashdagi koksning sarfi, %

Novdagi cho‘yanning o‘rtacha harorati, oС

1

Sovuq

16

1415

2

Qizdirilgan

10

1420

3

Qizdirilgan

12

1430

4

Qizdirilgan

14

1445

5

Qizdirilgan

16

1445

Sovuq havo puflab ishlaganda cho‘yanni haroratini 14150C etkazish uchun 16 % koks sarf bo‘ladi. Bu haroratga qizdirilgan havo puflab ishlatilganda 10-12 % koksni sarf qilib erishish mumkin. Qizdirilgan havo bilan ishlaydigan hamma vagrankalar qizdirish haroratiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: “issiq” havo puflanadigan (havoning harorati 200-3000C) va “qaynoq” havo puflanadigan (havoni harorati 400-6000C).


Issiqlik uzatish usuli bo‘yicha vagranka havo qizdirgichlari regenerativ qaytargichli va regenerativ tiklagichli bo‘ladi. Regenerativ tiklagichli qizdirgichlar - ishlatilgandan keyin ishga yaroqli qilinadi, ya’ni dastlabki xususiyati tiklangan bo‘ladi. Vagranka trubasiga o‘rnatiladigan va vagrankaning ruda, flyus, yoqilg‘i tashlanadigan yuqori qismida paydo bo‘ladigan gaz oqimidan isitiladigan qaytargichlar keng qo‘llanilmoqda. Chunki bunda vagrankani yuqori qismidagi gazlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytargichlarga yuboriladi, natijada hech qanday sarf- harajatsiz va qo‘shimcha mehnatsiz puflanadigan havo qizdiriladi.
Maxsus yoqilg‘ilar bilan qizdiriladigan havo qizdirgichli vagrankalar arzon yoqilg‘i ko‘p bo‘lgan rayonlarda yirik kompleks shaklida qo‘llaniladi. Pechni kislorod bilan boyitib, qizitish issiqlikni isrof bo‘lishini va yoqilg‘ini sarfini kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda vagrankada eritish jarayonini jadallashtirish ishlariga kislorod uch yo‘nalishda yo‘llanilmoqda:
1) vagrankadagi havoni boyitish uchun kislorod havo qirgizgichlaridan yoki kolosha (vagrankaga solinadigan ruda, flyus va yoqilg‘i) aralashtiriladi. Bunda koksni yonish jarayoni tezlashadi va metallni qizdirish jarayoni oshadi. Natijada cho‘yan komponentlarini kuyishini kamaytiradi, vagranka ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
3) cho‘yan aralashmalarini kislorod bilan oksidlanishidan ajralgan issiqlik hisobiga suyuq vagranka cho‘yani vagranka (kopilniki) g‘aladonida kerakli haroratgacha qizdiriladi.
3) vagranka novi (jelob) dan o‘tayotgan cho‘yan kislorod oqimi yuborilib tozalanadi.
Ko‘rib o‘tilgan yo‘nalishlarda kislorodni sarf bo‘lishi, puflanadigan havoni kislorod bilan boyitganga qaraganda 4-5 marta kam bo‘ladi. Vagrankada eritishni jadallashtirish uchun ayrim zavodlarda kalsiy karbid ishlatiladi. CaC2 2 % miqdorda ishlatilishi metall haroratini 40-700C oshiradi. Kalsiy karbidining cho‘yan haroratiga ta’siri 5.4-jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda cho‘yanni eritishda yuqori kaloriyali yoqilg‘i vazifasini tabiiy gaz bajarayapti. Cho‘yanni tabiiy gaz yordamida eritish koks va xohlagan qattiq yoqilg‘i ishlatib eritishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:

  1. yoqilg‘iga bo‘lgan sarf-harajatlarni kamaytiradi;

  2. eritilgan cho‘yan tarkibidagi oltingugurt miqdori kamayadi;

  3. atrof-muhitga cho‘yan eritish natijasida tarqalayotgan zararli chiqindilar kamayadi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling