Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


Download 1.66 Mb.
bet2/18
Sana29.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1733414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Metallarresiklingi5-bob

Cho‘yanlarning tasnifi
Strukturasiga ko‘ra kulrang cho‘yanlar (uglerod plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida bo‘ladi), oq cho‘yan (uglerod sementini yoki temir karbidi tarzida bo‘ladi), bolg‘alanuvchan cho‘yan (oq cho‘yanni qizdirib olinadi, uglerod bodroqsimon, grafit tarzida bo‘ladi) va puxtaligi yuqori cho‘yanlar bo‘ladi.
Kul rang cho‘yan (quyish cho‘yani) larda uglerod erkin holda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Kul rang cho‘yan oquvchan, qotganda hajmi kam qisqaruvchi, suyuqlanish harorati nisbatan past bo‘lgan, yaxshi kesib ishlanuvchi qotishmadir. Lekin bu cho‘yan po‘latlarga qaraganda ancha mo‘rt, shuning uchun uni bolg‘alab yoki prokatlab bo‘lmaydi. Kul rang cho‘yanlar siqilishga, tebranma kuchlarga ayniqsa yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Bu hollarda uning ishlatilish sohalarini yanada kengaytiradi. Kul rang cho‘yanlarning siniq yuzalari kul rang tusda bo‘lganligidan, ular kul rang cho‘yanlar deb ataladi.
Oq cho‘yan (qayta ishlanuvchi cho‘yan) da uglerod temir bilan kimyoviy birikma hosil qilgan holda, ya’ni sementit holida bo‘ladi, shuning uchun u juda qattiqdir. Sanoatda bunday cho‘yanlardan, asosan, po‘lat olinadi. Bu cho‘yan cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‘lganligidan, ular oq cho‘yanlar deb ataladi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yan oq cho‘yan quymasidan uzoq vaqt (3-4 sutka) davomida 900-10000C haroratda yumshatish natijasida olinadi. Bu jarayon natijasida Fe3S perlitga va bodroq nusxa grafitga parchalanadi.Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarning cho‘zilishidan mustahkamlik chegarasi boshqa cho‘yanlarnikiga qaraganda yumshoqroq bo‘lib, u zarb kuchlari ta’siriga va korroziyaga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Bu cho‘yanni bolg‘alab bo‘lmaydi, «bolg‘alanuvchan cho‘yan» degan nom shartli bo‘lib, bu nom uning kul rang cho‘yanga qaraganda bir oz plastik bo‘lgani uchun berilgan. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarning ba’zi markalari va ularning mexanik xossalari 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarning ba’zi markalari

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling